Respublikasi konstitutsiyasi asosiy



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/8
tarix09.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#109350
1   2   3   4   5   6   7   8
konstitutsiya

Shaxs va davlatning o 'zaro munosabatida davlatning o 'rni muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 2-moddasida shunday deyilgan: «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar». Ushbu konstitutsiyaviy qoida Asosiy Qonunimizning eng muhim xususiyati bo‘lib, davlat oldida shaxs qadrini tikladi. Bu qoida mazmuni jamiyat va fuqarolar oldida davlatning javobgarligi qonunan mustahkamlanganligi va kafolatlanganligini anglatadi. Shu bilan birga bu qoidada davlatning ijtimoiy ahamiyatiga e'tibor qaratilib, uning mohiyati xalq manfaatlari asosiga qurilgan. Konstitutsiyaning bu normasi Respublikadagi barcha mansabdor shaxslarning mas'ulligini va davlat taraqqiyotidagi vazifalarini ham belgilaydi. Mansabdor shaxslarning mas'ulligi va ularning javobgarligini oshirish davlatni mustahkamlaydi va jamiyat hayotida huquq ustuvorligini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Davlatning mas'ulligi prinsipi O‘zbekistonning konstitutsiyaviy rivojlanish tarixida ilk marotaba mustahkamlab qo‘yildi. Fuqarolar oldida davlat mas'ulligi belgilab qo‘yilishi huquqiy davlatga xos prinsipdir. Bu prinsip fuqarolik jamiyati uchun ahamiyatga ega bo‘lib, mansabdor shaxslarning tajovuzlaridan himoya qilishning huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga jamiyat ishlarini boshqarish hamda shaxsni boshqa shaxslar, organlar va tashkilotlar o‘zboshimchaligidan himoya qilishda davlatning o‘rnini mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir jihati alohida diqqatga sazovorki, unda davlat faoliyatini amalga oshirishning mezonlari belgilangan. O‘zbekiston Konstitutsiyasi 14-moddasidagi qoidaga asosan «Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi». Bu qoidadagi ijtimoiy adolat va qonuniylik mezoni davlatning ikki qanotidir. Ularni hayotda to‘la qaror toptirish nafaqat davlat faoliyatini mukammallashtiradi, balki shaxs hayotining farovon bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 19-moddasidagi qoidada O’zbekiston Respublikasining fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas», deyiladi. Shu bilan davlat fuqarolarning konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi. Har bir fuqaroga o‘zining huquq va erkinliklarini sud yo‘li bilan himoya etishi kafolatlanadi. Shuni aytish kerakki, davlat fuqarolarga huquqni in'om etmaydi, balki fuqaro erkinlik tufayli o‘ziga tegishli ajralmas huquqlar majmuidan ongli ravishda va mas'uliyat bilan foydalanadi. Bu degani huquq va erkinliklar inson tabiatining o‘zidan kelib chiqadi, ular insonga tabiiy xosdir.
O‘zbekiston davlati xalq manfaatlarini o‘zining islohotchilik faoliyatida ayniqsa himoya qilmoqda. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy jarayonlarni boshqarishda beboshlikka yo'1 qo‘ymaslik, aholining ijtimoiy jihatidan himoyalanmagan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash davlat tomonidan keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Shaxs va davlatning o‘zaro munosabatida shaxsning o‘rnini alohida ko‘rsatib o‘tish zarur. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 20-moddasidagi qoidaga ko‘ra, «Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasligi shart». Bu qoida bevosita shaxsning jamiyat va davlat oldidagi javob-garligini belgilaydi Bu qoida shaxsning konstitutsiyada belgilangan majburiyatlari mohiyatining o‘zagini tashkil qiladi. Shaxs o‘zining konstitutsiyaviy huquq va erkinligini amalga oshirish jarayonida boshqa shaxslarning huquqlarini ustuvor deb bilib, ularni hurmat qilishlari zarur. Chunki, fuqarolar o‘rtasida teng huquqlilik qonunda belgilab qo‘yilgan. Teng huquqlilik — bu barcha uchun barobar huquqiy imkoniyatdir. Agarda shaxs o‘z manfaatini ustun qo‘yib, boshqalarning huquqlarini kamsitsa yoki konstitutsiyaviy qoidalarga zid ravishda noqonuniy ishlar orqali o‘z shaxsiy manfaatiga erishish yo‘lida turli xil harakatlar qilsa, javobgarlikka tortiladi.
Shaxs shu bilan birgalikda davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklariga ham putur yetkazmasligi zarur. Bu Konstitutsiyaning shaxs oldiga qo‘ygan talabidir. Agar biz shu talabning mazmuniga yanada chuqurroq kirib borsak, shu talabning mohiyati yanada oydinlashadi. Mohiyat esa, shaxs o‘z manfaatini davlat va jamiyat manfaatlari bilan uyg‘un va aloqadorlikda deb bilishi lozimligini ko‘rsatadi. Ya'ni, davlat va jamiyat huquqi amalga oshirilishida shaxsning faol qatnashuvini anglatadi. Davlatimiz maqsadi mazmunida barcha fuqarolar va jamiyat manfaatlari mujassam bo‘lib, ularni amalga oshirishda ishtirok etish shaxs manfaatining ro‘yobga chiqishini ham ta'minlaydi. Shunday ekan, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini hurmat qilishni har birimiz yuksak majburiyat sifatida e'tirof etib, buni chuqur anglab yashash hayotiy burchimizga aylanmog‘i kerak.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə