Respublikasi konstitutsiyasi asosiy



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə7/8
tarix09.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#109350
1   2   3   4   5   6   7   8
konstitutsiya

Islom KARIMOV

O’zbekiston: davlatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo’lida




Istiqlol xalqimizga o‘z Vatanida o‘zini erkin his qilish, chinakam o‘z milliy qadriyatlarini tiklash, o‘z milliy davlatchiligini shakllantirish imkonini berdi. O‘zbekiston milliy davlatchiligi murakkab sharoitda qaror topishiga sabab bo‘ldi. Chunki sobiq sho‘roning davlatchilik illatlarini tugatish muammolari ko‘ndalang turar edi. Sababi sho‘ro davridagi Konstitutsiyalarda inson manfaatlaridan davlat manfaatlari ustunligi belgilab qo‘yilgan edi. Turkiston ASSRning 1918, 1920-yillarda, Xorazm va Buxoro Respublikalarining 1920—21-yilda, shuningdek, O‘zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra haqiqiy mustaqil davlatning qonuni emas edi.
Ushbu sho‘ro Konstitutsiyalarida inson huquqidan ko‘ra davlat huquqi hukmron edi. Shu bilan birga milliy manfaat masalasi ham o‘z yechimini topmagan edi.
Respublika hududida 28 ittifoq va 17 respublika ittifoqining vazirlik va boshqaruvlari mavjud bo‘lib, ular iqtisod va siyosat hamda tarbiyaga oid sohalarni o‘zining ta'sir doirasida ushlab turgan. Ular respublika mulki va milliy boyligining asosiy qismiga ega bo‘lib, ular ustidan iqtisodiy va siyosiy jihatdan o‘z hukmronliklarini o‘tkazganlar. Mustaqillikning dastlabki yillarida bu holatga barham berish zarur edi. Jamiyatni tanazzulga yetaklayotgan muammolarni bartaraf etish yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirildi. Eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va unga mos bo‘lgan hokimiyat va boshqaruv organlari barham toptirildi. Siyosiy va iqtisodiy boshqarish hamda tartibga solishning ko‘pgina tuzilmalari tugatildi. Chunki ular inson huquqlariga va mustaqillikka rahna soluvchi ma'muriy-buyruqbozlik tizimining ustunlari edi. 1990-yil 24-martda Respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasi muhim tarixiy qaror qabul qilib, O‘zbekiston Prezidenti lavozimini ta'sis etdi. O‘zbekiston tarixida ilk marotaba joriy etilgan Respublika Prezidenti lavozimi yangi O‘zbekiston davlat hokimiyati organlari tizimida markaziy o‘rinni egalladi. U siyosiy tizimning o‘zagi bo‘lib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1990-yil 1-noyabrda «Ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish to'g‘risida» Qonun qabul qilib, sobiq hukumat — Ministrlar Sovetini tugatib, Prezident hu-zuridagi Vazirlar Mahkamasini vujudga keltirdi. Mazkur tarixiy qadam tufayli prezidentlik hokimiyati bilan awal-gi hukumat timsolidagi ijro-boshqaruv hokimiyati bir-lashtirildi.
Konstitutsiya suveren davlatni shakllantirishning asosiy poydevori, mustaqil davlatchiligimizning tamal toshi bo‘ldi. Konstitutsiyaning 11-moddasiga muvofiq qonun chiqaruv-chi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipiga asoslangan tizim yaratildi. Ularning har biri faoliyatida huquqiy asosda avtoritarizm va totalitarizmning xurujlarini istisno etadigan chinakam demokratik me'yorlar va yo'1-yo‘riqlar qaror toptirildi. Konstitutsiyada hokimiyat taqsim-lanish prinsipi — hokimiyatning uchta tarmog‘i: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati o‘rtasida muvozanat saqlanishining oqilona tizimi yaratilganligini bildiradi. O‘zbekiston Oliy Kengashi O‘zbekistonning mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo‘lidan bordi. 1990—1994-yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun, 500 dan ziyod qaror qabul qildi. Konstitutsiyaga muvofiq ilk marotaba Respublika Parlamenti — Oliy Majlis tashkil etildi. Davlat hokimiyatining Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy kengashlaridan iborat vakillik idoralari tarmog‘i vujudga keltirildi. Oliy Majlis qonunlarni yaratish va amalga kiritish sohasida samarali ishlab turibdi.
Asosiy Qonunning negizida Respublika sud tizimi mustaqil hokimiyat sifatida qaror toptirildi. Sud hokimiyatining yangi tuzilmalari yuzaga keldi. Sudning huquq doirasi kengaydi.
Mamlakat mudofaasini ta'minlashda yangi tizim barpo etildi. Milliy armiya — O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi milliy davlatchilik qaror topishi yo‘lida muhim yutuq bo‘ldi.
Tashqi aloqalarni ta'minlaydigan tuzilmalar: Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (1992-yil 21-fevral), Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (1991-yil 7-sentyabr) tuzildi va boshqa ixtisoslashgan muassasalarning butun boshli tarmog‘i vujudga keltirildi.
O‘zbekistonda ijroiya hokimiyati davlat hokimiyatining tarkibiy qismi sifatida mukammallik, yuqoridan pastga tomon mantiqiy davomiyligi huquqiy jihatdan konstitutsiyada mustahkamlangan. Respublikada mahalliy hokimlik tizimining joriy etilishi tufayli joylarda ham mas'uliyat hissi ortdi, davlat tadbirlari, intizom, huquqiy tartib va qonuniylikka rioya qilish samarali bo‘lmoqda. Boshqaruv va hokimiyat idoralari o‘rtasidagi munosabatlar konstitutsiyaviy asosda tartibga solinib, mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirildi. Boshqamv tizimidagi nuqsonlarga, ayniqsa bir idora funksiyasining boshqa idoralar tomonidan takrorlanishiga barham berildi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish sohasida noyob mexanizm tuzildiki, uning ildizlari tarixan tarkib topgan jamoa munosabatlari — mahallaga borib taqaladi. Shaharlar, qishloqlar, mahallalar fuqarolarning yig‘ini fuqarolarga davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirishga yordam beradi. Ular o‘z hududidagi ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini hal qilish uchun uyushtiradigan organ sifatida tan olindi.
Shu bilan davlat mohiyati tubdan o‘zgardi. Davlat islohotlarning bosh tashabbuskori va yo‘naltiruvchisi, ijtimoiy hayotdagi yangi g‘oyalarni asosiy amalga oshiruvchi bo‘lib qoldi. Davlatning ichki va tashqi siyosati yo‘nalishlari pirovard maqsadi chinakam mustaqil O‘zbekistonni barpo etishdir. Bosh vazifa xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etishga qaratilgan. Bu maqsad va vazifani amalga oshirish yo‘lida islohotlar olib borilib, bu borada bir qator yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. O‘zbekistonning jahondagi nufuzi yanada oshib bormoqda.
XX asr oxirlariga kelib, O‘zbekistonni suveren davlat sifatida dunyoning 180 mamlakati tan olgani va jahon ham-jamiyatining 60 davlati u bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgani respublikaning ulkan nufuzini ko‘rsatadi. 1997-yilga kelib Toshkentda 35 mamlakat elchixonalarining faoliyat ko‘rsatishi ham diqqatga sazovor. Shu bilan birga 88 ta chet davlat vakolatxonalarining ro‘yxatdan o‘tganligi, 24 ta hukumatlararo tashkilot va 13 ta nodavlat tashkilotining ishlab turganligi ahamiyatga molikdir.
1999-yil ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 130 dan ortiq davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar o‘rnatgan. O‘zbekistonda 15 mingdan ortiq eksport-import operatsiyalari o‘tkazadigan korxonalar ro‘yxatga olingan. 3500 dan ziyod xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxona tuzilgan. Bular xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining chet el diplomatik vakolatxonalari AQSh, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Misr va boshqa davlatlarda faoliyat ko‘rsatib turibdi.
Dunyoda o‘ziga xos boy madaniy va ma'naviy qadriyatlariga ega bo‘lgan 1600 dan ortiq etnik guruh yashaydi. Ularning ko‘pchiligi o‘z milliy davlatchiligiga ega emas. Bugungi kunda dunyo siyosiy xaritasida ikki yuzdan ortiq davlat bor. Ana shu davlatlar orasida O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida tarix sahnasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, xalqaro miqyosda nufuzi ortib bormoqda.
O‘zbek milliy davlatchiligi tarixiy ildizlari qadimiy bo‘lib, hatto dunyoda ilk davlatchilik yuzaga kelgan o‘lkalar bilan davlatchilik shakllanish va rivojlanish tarixi bo‘yicha bellasha oladi. Chunki biz yashab turgan o‘lka qadimiy sivilizatsiya o‘choqlaridan biri bo‘lgan. Davlatchilik 2500 yil muqaddam ilgari shu zaminda qaror topgan. Buyuk Xorazm, Baqtriya davlat birlashmalari o‘zbek davlatchiligining ibtidosidir. O‘zbekiston zaminida yashayotganligimizdan va shu yurt farzandi ekanligimizdan qalbimiz faxr-iftixorga to‘ladi.
Mustaqil O‘zbekiston davlati taraqqiyotiga tahdidlar yo‘q emas. Bu tahdidlardan Konstitutsiya qudratli kuch sifatida himoya qila oladi. Har qanday tahdiddan ogoh bo‘lishga undaydi va ularga qarshi kurasha olish yo‘lini ko‘rsatib beradi. Davlat mustaqilligiga va mamlakatimiz xavfsizligiga rahna soluvchi tahdidlar quyidagilardir: mintaqaviy mojarolar; diniy ekstremizm va fundamentalizm; buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik; etnik va millatlararo ziddiyatlar; korrupsiya va jinoyatchilik; mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik; ekologik muammolardir. Bu tahdidlar jamiyatni tanazzulga yetaklaydi va inson huquqlari buzilishiga olib keladi. Shuning uchun Konstitutsiyada bu tahdidlardan bimoyalanish tizimining barcha huquqiy jihatlari mustahkamlab qo‘yilgan.
O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi


Sizlar maktabda «Davlat va huquq asoslari» fanini o‘qigan vaqtlaringizda davlat shakllari: davlat tuzilishi va davlat boshqaruvi, davlat siyosiy rejimi tushunchalarining mohiyatini o‘rgangansizlar. Davlat tuzilishi shakli uch turda: unitar (oddiy), konfederativ va federativ (murakkab) shakllarda bo‘ladi.
O‘zbekiston o‘zining davlat shaklini aniqlashda respublikamizning o‘ziga xos sharoitlari, tarixiy tajriba va an'analarini, milliy mentaliteti, ya'ni xalqimizning fikr yuirtish, jamiyat hayotini anglash va talqin qilish sohasidagi hamda davlat qurilishi borasidagi jahon amaliyoti yutuqlari inobatga olinib, davlat tuzilishining eng mukammal shakli tanlandi. O‘zbekiston Respublikasiga davlat tuzilishining unitar shakli xosdir. Biroq, O‘zbekiston davlati tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Uning tuzilish tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham mavjud. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda federativ davlat tuzilishiga xos ba'zi elementlarni davlatchiligimiz o‘z mazmunida mujassam etadi. O‘zbekiston yagona hudud, yagona fuqarolik, yagona qonuniylik, yagona Oliy davlat hokimiyatiga ega markazlashgan unitar davlatdir. Unitar davlatlarga Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Fransiya, Italiya va shu kabilar kiradi. Unitar davlatdan federativ davlatning farqi shundan iboratki, federativ davlat bir necha mustaqil davlatlar yoki alohida hududlarning birlashishi natijasida yuzaga keladi. Federativ davlatlarga AQSh, Germaniya, Hindiston, Rossiya misol bo‘la oladi. Federativ davlat federal hokimiyat tizimiga, federal qonunchilikka, federatsiya sub'ektlarining tengligiga va ularning o‘ziga xos mustaqillik belgilariga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘zbek davlatchiligi tarixiy tajribalarini asosli yo‘sinda aks ettirib, bu jihat milliy davlat va ma'muriy-hududiy birliklar hamda hokimiyat va boshqamv organlari tuzilishida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 3-moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan «O'zbekiston Respublikasi o‘zining milliy davlat va ma‘muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatni antalga oshiradi». Bu norma O‘zbekiston davlat sifatida o‘zining milliy davlat va ma'muriy-hududi tuzilishini o‘zi belgilab, mustaqil siyosatini olib borishini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi huquqiy asoslari Konstitutsiyaning 4-bo'limi 68—75-moddalaridagi qoidalarda berilgan. O‘zbekiston Respublikasi o‘z ichki hududiy tuzilishiga ega. Konstitutsiyaning 68-moddasidagi qoidaga muvofiq «O'zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat» bo‘lib, bular O‘zbekiston hududining tarkibiy bo‘g‘inlaridir. Bunday bo‘linish idora etishning davlat organlariga aholining yaqin ho‘lishini, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. 67-moddaga binoan «Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi». O‘zbekiston Respublikasi tarkibini: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat, 163 ta tuman, 119 ta shahar, 115 ta shaharchalar tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining davlatning yaxlitligi, davlat organlari tuzilishining yagonaligi va shu kabi prinsiplari mayjud. O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining o‘ziga xos belgilari tizimi quyidagilardan iborat: suverenitetning butun hududda amal qilishi, konstitutsiya va qonunlar, davlat hokimiyati organlari, davlat hududi, yagona fuqarolik, davlat tili, yagona qurolli kuchlar, O‘zbekiston davlati ramzlari, poytaxti va shu kabilar.
O‘zbekiston Respublikasi davlat tuziiishining muhim belgilari: hudud, aholi, hakimiyat va suverenitetdir.
O‘zbekiston Respublikasi hududi: 447,4 ming kv. km. ni tashkil qiladi. Davlat hududi chegaralarini va davlat suvereniteti amal qilishini belgilovchi chiziq — davlat chegarasi deb ataladi. Davlat chegarasi ma'lum davlatni boshqa davlatlar hududidan yoki xalqaro hududlardan ajratib turadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi munosabatlar «O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to'g‘risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu Qonunning 3-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi besh mustaqil davlat — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston davlatlari bilan chegaradosh. Davlatimiz chegaralarining umumiy uzunligi 6221 kilometrni tashkil etadi. Jumladan, Afg‘oniston bilan chegara — 137 km, Qozog‘iston — 2203 km, Qirg‘iziston — 1099 km, Tojikiston — 1161 km, Turkmaniston bilan 1621 km dan iborat.
Har bir davlat o‘z chegaralari doirasida joylashgan hududiga ega. Davlat hududi tushunchasi — yer sharining ma'lum davlat chegaralariga tegishli bo‘lgan qismini bildiradi. Chegaradosh davlatlarning hududlari bir-biridan davlat chegaralari bilan ajratiladi. Elchixonalar, konsulliklar va O‘zbekiston Respublikasining boshqa xorijiy vakolatxonalari ham mamlakatimizning davlat hududi hisoblanadi. Davlatning hududiy hukmronligi uning o‘z hududida to‘la va beistisno mustaqilligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududi va iqtisodiy qudrati bo‘linmas, uning chegaralari esa daxlsiz bo‘lib, davlat himoyasidadir. Bu prinsip konstitutsiyada ham belgilab qo‘yilgan. Mamlakat hududining yaxlitligi va chegaralarining daxlsizligi har qanday davlatning muhim belgisi va hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy prinsiplaridandir.
«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g‘risida»gi Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, «O'zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas». Hududning yaxlitligi va daxlsizligi davlat xavfsizligining asosiy elementi bo‘lib, ularni himoya qilish va ta'minlash davlatning asosiy vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston davlat chegarasini qo‘riqlash vazifasini Respublika Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari amalga oshiradi. O‘zbekiston chegarasi bilan bog‘liq masalalar chegaradosh davlatlar bilan shartnoma va kelishuvlar asosida hamda umum e'tirof etilgan xalqaro me'yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi. Davlat chegarasi masalasida O‘zbekiston izchil ravishda hozirgi zamon siyosiy tamoyillariga monand yo‘ldan bormoqda.
O’zbekiston xalqi


O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etadi. Bu konstitutsiyaning 8-moddasida qayd etilgan. O‘zbekiston aholisi 23,7 million kishi (1997-yil). O‘zbek millati aholining taxminan 78 foizini tashkil etadi. Ayni vaqtda O‘zbekiston hududida o‘z madaniyatiga va an'analariga ega bo‘lgan millat vakillari yashaydi. O‘zbekiston hududida 130 millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Millat vakillarining tarkibiga agar e'tibor bersak: ruslar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, ozarboyjonlar, uyg‘urlar, tatarlar, dunganlar, gruzinlar, moldavanlar, arman, yahudiy va boshqa milliy guruhlar yashab mehnat qilishadi.
Respublikada istiqomat qiluvchi barcha millatlarning milliy madaniyatlari, urf-odatlari, an'analari va tillariga o‘zaro hurmatda bo‘lish konstitutsiyaviy talablardan biridir. Konstitutsiyaning 4-moddasida bu masala o‘z aksini topgan: «O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi». Konstitutsiya O‘zbekiston fuqarosi deb hisoblangan barcha shaxslarni, ularning millati, tili, urf-odatlari va milliy an'analaridan qat’i nazar, hurmat qilinishini huquqiy jihatdan kafolatlaydi. Shu bois har bir insonning o‘zini erkin va teng huquqli deb his qilish imkonini beradigan munosabatlar o‘rnatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining joriy yillarida Respublikada 100 ta milliy-madaniy Markaz ta'sis etildi va ular millatlararo hamjihatlikni ta'minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Ularning tashkil topishi bilan millat vakillarida o‘z urf-odatlari, an'analari va tilini qayta tiklash uchun imkoniyatlar yaratildi. Milliy-madaniy Markazlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar millatlar o‘rtasida aloqalarning yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dinga e'tiqod erkinligi ham huquqiy jihatdan ta'minlangan. Bugungi kunda mamlakatimizda ko‘p millatlilik sharoitida 15 ta diniy konfessiya birlashmalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVII bobida Qoraqalpog‘iston Respublikasining maqomi va uning suvereniteti muhofaza etilishi mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro muriosabatlarning huquqiy asoslari Konstitutsiyaning 70—75-moddalarida keng yoritilgan. Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Bunday holat O‘zbekistonning va Qoraqalpog‘istonning umumiy mushtarak manfaatlariga monand keladi. Qoraqalpog‘iston suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar va bitimlar bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining konstitutsiyaviy belgilari: o‘z konstitutsiyasiga egaligi, respublika parlamenti mavjudligi, respublika maqomining O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi tomonidan belgilanishi tashkil etadi. 1993-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu esa o‘zbeklar bilan qoraqalpoqlarning abadiy birligi va qon-qardoshligini to‘la tasdiqlaydi.
O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi


Boshqaruv har qanday jamiyatning ichki ehtiyojidir. Mehnat jarayoni va umuman har qanday faoliyat jarayonini tashkil etish ehtiyoji boshqaruvni keltirib chiqaradi. Boshqaruv — ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Jamiyat maxsus boshqaruv tizimisiz mavjud bo‘la olmaydi. Jamiyat hayotidagi tartib jamiyat nomidan ish yurituvchi maxsus davlat boshqaruv tizimi va mustaqil shaxs hamda jamoalarning ijtimoiy o‘z-o‘zini boshqaruvi tizimi asosiga qurilgandir. Lekin davlatgina jamiyatning yaxlit boshqaruv tizimi bo‘lib xizmat qila oladi. Davlat boshqaruvining o‘ziga xos tizimi shundaki, u davlat qonunlarining hamma fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan kuchiga, jamiyatga va uning a'zolariga taalluqli bo‘lgan ommaviy hokimiyatga tayanadi. Davlat boshqaruvining samaradorligi uning hokimiyati uyushqoqligi bilan kafolatlanadi. Ijtimoiy boshqarav tizimida davlat asosiy bo‘g‘inni tashkil etadi. Buni davlat tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruvni anglatgani uchun «Davlat boshqaravi» deb atash mumkin. Davlat boshqarnv tizimi — ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi ido-ralar tizimi, ya'ni ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tizimidan iborat.
O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimi quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — respublika ijro hokimiyatining boshlig‘i sifatida;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligidagi Vazirlar Mahkamasi — respublika hukumati;

  • O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari;

  • O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalari; o‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat boshqaruvi idoralari va ularning joylardagi mahalliy organlari;

  • viloyat, shahar, tuman hokimliklari hamda ularning bo‘lim va boshqarmalari.

Davlat boshqaruvi tizimining yuqoridagi tarmoq va yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va har bir sohaga tegishli qonun hujjatlariga tayanib ish ko‘radilar.
Davlatning boshqaruv shaklini aniqlashda eng muhim belgilardan biri davlat boshlig‘ining huquqiy maqomi qandayligi, u davlat boshiga qanday yo'l bilan kelishi hisoblanadi. Hozirgi dunyodagi mamlakatlar boshqaruv tizimi shakl jihatdan turlichadir. Dunyo davlatchiligi taraqqiyotida boshqaruvning asosan ikki shakli — respublika va monarxiya shakli keng tarqalgan.
Respublika xalq hokimiyati demakdir. Respublika tushunchasi huquqiy qadriyat sifatida — davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlaming saylab qo 'yilishini, ovoz beruvchilarning xohish-irodasi hisobga olinishini bildiradi. Bu jihatlar Respublika tushunchasining ajralmas belgilaridir.
Respublika o‘z navbatida Prezidentlik Respublikasi, Parlamentar Respublika va aralash respublika shaklida bo‘ladi. Prezidentlik Respublikaning Parlamentar respublikadan farqi shundaki, prezident xalq tomonidan saylanadi, u davlat va ijro hokimiyatning boshlig‘i hisoblanadi, hukumat prezident tomonidan tuziladi va unga hisobot beradi.
Parlamentar respublikada esa parlament, ya'ni Oliy vakillik, qonun chiqaruvchi idora, prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi. Parlament saylovlarida g‘alaba qilgan partiya rahbarlari hukumatni tuzadilar. Hukumat boshlig‘i bosh vazir bo‘lib, real hokimiyat uning qo‘lida bo‘ladi. Parlament hukumat qarorlariga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Butun hukumat yoki uning ayrim a'zolarini iste'foga jo‘natadi. Hukumat parlament oldida hisob beradi. Davlat boshqaruvining parlamentar respublika shakli hozirgi davrda Olmoniya Federativ Respublikasi, Italiya, Hindiston, Avstriya, Polsha, Ruminiya, Turkiya kabi mamlakatlarda o‘rnatilgan.
Aralash respublikada prezidentlik va parlamentar respublikaning asosiy xususiyatlari aralashgan holda o‘z aksini topadi. Bunda prezident bevosita xalq tomonidan ma'lum muddatga saylanadi. U bevosita hukumatga rahbarlik qilmaydi. Hukumatni bosh vazir boshqaradi. Prezident Konstitutsiyaga binoan parlament yoki uni quyi palatasini tarqatib yuborish huquqiga ega. Qonun bilan belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng, xalq tomonidan saylangan hokimiyat organlarining vakolati tugatiladi va ularga qaytadan saylov o‘tkaziladi. Aralash respublika shakli hozirgi davrda Fransiya va Rossiya Federatsiyasi uchun xosdir.
Davlat boshqaruvining prezidentlik respublikasi shakli — davlat boshqaruvining samarali shakli bo‘lib, davlatni boshqarish san'ati nazariyoti va amaliyotining taraqqiyoti natijasida tarixiy tajriba asosida tanlab olingan yo‘Uardan biri. Bu boshqaruv shaklida davlatni boshqarishda Parlamentga nisbatan Prezidentning huquqlari ustuvorligi ta'minlangan bo‘ladi.
Prezidentlik respublikasi hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan davlat boshqaruv shakli hisoblanadi. 1995-yilgi ma'lumotga ko‘ra BMTga a'zo 186 davlatdan 140 tasida prezident lavozimi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati prezidentlik respublikasidir. Bular AQSh, Argentina, Braziliya, Meksika, Gonduras, Zambiya, Urugvay va boshqalardir.
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakatda davlatni idora etishning zamonaviy hamda samarali shakli — prezidentlik shakli tizimi qaror toptirildi. Ya'ni, O‘zbekistonda davlat boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi shakli o‘rnatilgan. Prezidentlik Respublikasi shakli xalqning ma'naviy qadriyatlari, xohish-istaklari va ruhiga mos keladi. Kuchli Prezidentlik Respublika boshqaruvi — kuchli ijroiya, idora qiluvchi hokimiyatdir. Ya'ni Respublika Parlamenti va xalqi oldida O‘zbekiston kelajagini, fuqarolarning siyosiy erkinligini ta'minlashga qaratilgan kuchli ijroiya hokimiyatidir.
Prezidentlik Respublikasida eng muhimi — hokimiyat bo‘linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoni bor. Ya'ni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati bir-biridan mustaqil holda ish olib boradi. Prezidentlik Respublikasida ijro hokimiyati Prezident qo‘lida bo‘ladi. O‘zbekiston nima uchun davlat boshqaruvining aynan shu usulini tanladi? Buning sabablari bor. Birinchidan — sharqda demokratiyaga keng imkoniyat yaratilishi bilan birga kuchli hokimiyat mavjud bo‘lgan. Davlat boshlig‘i talabchan, qat’iyatli, tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Ikkinchidan — boshqaruvning parlamentar respublika usulida prezident parlament yig‘ilishida uning a'zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik Respublikasida esa, u umumxalq saylovi yo‘li bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi bilan saylanadi. Bunda prezident o‘z vakolatini parlamentning sanoqli a'zolaridangina emas, bevosita keng xalq ommasidan oladi. Qolaversa, buning siyosiy, huquqiy, ma'naviy va demokratik mazmuni ham bor. Demak, jamiyatni boshqarishda davlat boshliqlarini saylash tartibi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Prezidentning xalq tomonidan saylanishi, o‘z vakolatini xalqdan olishi boshqaruvning samarali amalga oshirilishiga ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun boshqaruvning Prezidentlik Respublika shakli davlat boshqaruvining eng maqbul shaklidir.
Prezidentlik Respublika boshqaruvi Prezidentga qafiy, dadil va jasurlik bilan faoliyat ko‘rsatishi uchun imkon yaratadi. Prezident davlat va ijroiya hokimiyatining boshlig‘i sifatida chinakam xalq yo‘lboshchisi, tadbirkor va tashkilotchilik sifatlariga ega bo‘lishi zarur. Respublika Prezidenti Islom Karimov faoliyatida ana shunday sifatlar yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Prezidentning demokratik qarashlari, qadriyatlarga tayanishi, rivojlanishni oldindan seza bilishi, yuz berayotgan jarayonlarga ilmiy asosda yondoshishi, yechimlarni izlashda ommaga tayanishi, asoslangan rejalami hayotga tadbiq etishi, siyosatda tadbirkorlik va oqillik kabi fazilatlarini keltirish o‘rinlidir.
Boshqaruvning Prezidentlik Respublikasi shakli mamlakatda demokratik siyosiy tuzumni kafolatlaydigan demokratik tashkiliy davlat hokimiyatini ifoda etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda «Respublika» tushunchasi «demokratiya» tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini tashkil etish va amalga oshirish usul va vositasi demokratik asosga qurilgan. Bilasizki, davlat siyosiy rejimining demokratik, totalitar, avtoritar turlari mavjud. O‘zbekistonda hokimiyatni amalga oshirishda demokratik yo'1 maqbul topilgan. Kuchli va ta'sirchan demokratik davlat hokimiyati bilan totalitarizm, avtoritarizm, diktatura o‘rtasida hech qanday mushtaraklik yo‘q. Faqat demokratiya ustuvor bo‘lgan davlatgina xalqni baxt-saodatga eltib boradi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə