Respublikasi konstitutsiyasi asosiy



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/8
tarix09.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#109350
1   2   3   4   5   6   7   8
konstitutsiya

Suverenitet — davlatning eng muhim ajralmas belgilaridan biridir. Suverenitet ikkita o‘zaro bog‘liq shaklga ega bo‘lib, ular xalq (millat) va davlat suverenitetidan iborat.
Xalq suvereniteti va davlat suvereniteti to‘g‘risidagi g‘oyalar shakllanishi va rivojlanishi o‘z tarixiga ega. Bu masalada umuminsoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk shaxslar: Aflotun, al-Farobiy, Amir Temur, A. Navoiy va shu kabi mutafakkirlar qarashlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ular bu tushunchalarga turlicha munosabat bildirganlar.
Xalq suvereniteti haqidagi g‘oyani XIV asrda yashagan yevropalik mutafakkir Marsiliy Paduanskiy keng ma'noda asoslab, uning jamiyat hayotidagi ahamiyati to‘g‘risidagi qimmatli fikrlarni ilgari surgan edi. Keyinchalik bu g‘oya nazariy jihatdan yanada rivojlantirilib va mazmunan boyitildi.
Xalq suvereniteti davlatning asosi va manbai xalq (millat) ekanligini anglatadi hamda xalqning to‘la hokimiyati va xalq boshqaruvi ma'nosini bildiradi. Ko‘pchilik davlatlarning Konstitutsiyalarida xalq suvereniteti g‘oyasi o‘z aksini topdi. Masalan, Fransiya Konstitutsiyasining 3-moddasida, Italiya Konstitutsiyasining 1-moddasida xalq suvereniteti g‘oyasi mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 7-moddasida xalq suvereniteti g‘oyasi to‘la o‘z ifodasini topgan. Hozirgi paytda xalq suvereniteti prinsipi va millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi xalqaro huquq tomonidan tan olingan.
Davlat suvereniteti — xalqning suveren irodasini ifoda etuvchi davlat hokimiyatining ichki ishlarda va xalqaro munosabatlarda butunlay mustaqil ekanligini bildiradi. Ya'ni, mamlakat hududida davlat hokimiyati ustun va boshqa davlatlar bilan qanday munosabatda bo‘lishini o‘zi belgilaydi, uning ishlariga boshqa davlatlar aralashish huquqiga ega emas, deganidir. Davlat suvereniteti haqidagi g‘oyani XVI asrda fransiyalik mutafakkir Jon Boden ilgari surgan edi. Uning fikricha suverenitet davlatning muhim belgisi bo‘lib, suveren bo‘lmagan davlat, davlat emas. J.Boden davlat suvereniteti deganda, mutloq, bo‘linmas oliy hokimiyatni tasavvur qiladi. Davlat suvereniteti g‘oyasi ham bir qator davlatlar Konstitutsiyalari mazmunida, xalqaro huquq hujjatlarida asosiy o‘rinni egallaydi.
Jahondagi davlatlarni biri-biridan farqlovchi o‘z nomlari bo‘ladi. Bizning davlatimiz Konstitutsiyasining 1-moddasiga binoan — suveren demokratik respublika bo‘lib, «0'zbekiston» yoki «O'zbekiston Respublikasi» degan nomlar bilan ataladi, mazkur atamalar bir ma'noni bildiradi. O‘zbekiston davlatining nomi va uning ramzlari xalqaro shartnomalarda, davlat idoralarining muhrlarida, xizmat hujjatlari va guvohnomalarida ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ajralmas sifatlari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Res-publikasi suvereniteti uning butun hududida amalda bo‘lishi, o‘z ichki va tashqi siyosatini mustaqil belgilashi, butun hududda ustunlikka ega konstitutsiya va qonunlarni qabul qilishi, o‘z hududining yaxlitligi va daxlsizligini ta'minlash huquqini bildiradi.
Davlat mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, nishon yoki timsollar davlat ramzlari deb ataladi. Har bir O‘zbekistonlik uchun muqaddas bo‘lgan davlat ramzlari Konstitutsiyaning 5-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Bular — davlat bayrog‘i, davlat gerbi va davlat madhiyasi. Davlat ramzlari o‘zbek xalqining tuyg‘ularini, uning erk va ozodlikka, baxt-saodatga intilishini tarannum etadi. Shuning uchun ham siz yoshlar har kuni o‘qishni davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlaysizlar. Bu odat o‘tmishga hurmat va kelajakka bo‘lgan ishonch tuyg‘ularimizni mustahkamlaydi. Respublikamizda davlat ramzlari qonun bilan muhofaza qilinadi. 1994-yilning 22-sentabrida tasdiqlangan va 1995-yil 1-aprelidan kuchga kiritilgan Jinoyat Kodeksining 215-moddasiga ko‘ra davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat deb ta'riflanib, unga jazo belgilangan.
Jahondagi demokratik davlatlarning konstitusiyalari «butun hokimiyat xalqqa tegishli» yoki «butun hokimiyat xalq tomonidan amalga oshiriladi» degan formulani o‘zida mujassamlashtirgan. Mustaqillik Konstitutsiyasida ham xalq hokimiyatchiligi asosiy prinsiplardan biri hisoblanadi. Xalq, xalq hokimiyati g‘oyasi butun Konstitutsiyaga singib, uning mohiyatini tashkil etadi. Konstitutsiyaning 2-bobida «xalq hokimiyatchiligi» atamasi «hokimiyat manbai» degan atama bilan uzviy bog‘langan. Asosiy Qonunimizning 7-moddasida xalq hokimiyatchiligi prinsipini ifoda etuvchi qoida mustahkamlangan. Ya'ni, bu qoidaga ko‘ra, O‘zbekistonda davlat hokimiyatining birdan-bir manbai xalq bo‘lib, davlat xalq irodasini ifodalaydi, uning manfaatlariga xizmat qiladi.
Xalq hokimiyatchiligi prinsipi demokratik jamiyat bunyod etishning huquqiy asosini tashkil etadi. Shu bois demokratiya bugun yer yuzida inson hayotining uzviy shartiga aylandi. Demokratiyaning asl mohiyati xalqning o'z-o‘zini boshqarishi, o'z hayotini o'z xohishidan kelib chiqib qurishi va buning oqibati uchun mas'uliyatni ham o‘ziga olishdir.
Konstitutsiyaning 3-bobida huquqiy davlatning muhim belgisi bo‘lgan Konstitutsiya va qonunning ustuvorligini ta'minlash prinsipi mustahkamlangan. Bu birinchidan, barcha joriy qonunlar va huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosi-da va unga muvofiq bo‘lishini, ikkinchidan, qonun oldida hammaning barobarligini, uchinchidan, hayotning barcha sohalarida qonunning hukmronligini anglatadi. Biror bir fuqaro, davlat idorasi, jamoat tashkiloti, mansabdor shaxsning qonunga bo‘ysunish majburiyatidan holi bo‘lishi mumkin emas. Jamiyatdagi barcha munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi. Shu munosabatlarni belgilovchi normalarni buzganlar hech bir istisnpsiz javobgar bo‘ladi.
Jamiyat hayotida qonun ustuvorligini ta'minlash huquqiy davlat bunyod etishning zarur shartidir. Buning ma'nosi shuki, Konstitutsiya va qonunlar hamma narsadan ugtun turmog‘i va hamma uchun majburiy bo‘lmog‘idir. Demak, huquqiy davlat barcha fuqarolarning qonunga bo‘ysinib va qat’iy amal qilib yashashini talab etadi. Faqat qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatdagina rivojlanish va taraqqiyot hukm suradi.
Shuni aytish kerakki, Konstitutsiya va qonunlarga so‘zsiz rioya qilib yashashni turmushimizning ajralmas qis-miga aylantirish uchun har birimiz qonun harfi va ruhiga, ulardagi insonparvar qoidalarga o‘zimizda hurmat bilan qarash tuyg‘umizni tarbiyalab borishimiz kerak. Chunki unda Sizning va hammamizning ezgu-intilishlarimiz jo bo‘lgan.
Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari sirasiga tashqi siyosat masalasi ham kiritilgan. O‘zbekiston tashqi siyosa-tining asosiy qoidalari Konstitutsiyaning 17-moddasida bayon etilgan. Asosiy qoidalar: davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralaming daxlsizligi, nizolarni tinch yo 7 bilan hal etish, boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik. Bu qoidalar xalqaro huquqning tan olingan qoidalari talablari zaminiga qurilgan. Tashqi siyosatning asosiy prinsiplari mohiyati: mafkuraviy qarashlardan qafiy nazar tashqi munosabatda oshkoralik, teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik, o‘zaro manfaatli aloqalarda to‘la ishonch, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tashqi aloqalar o‘rnatish va rivojlantirishga asoslanadi. Bu prinsiplar tinchliksevar davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash imkonini berdi va keng tashqi aloqalaryo‘lga qo‘yildi.
Konstitutsiya va xalqaro huquq.


Konstitutsiyadagi qoidalar xalqaro huquq qoidalari va talablariga to‘la monand keladi. Ya'ni, O‘zbekiston xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga sodiqligini Konstitutsiyada to‘la ifoda etdi. Bu esa o‘z navbatida davlatimizning xalqaro tashkilotlarga to‘la huquqli a'zo bo‘lishiga va xalqaro aloqalarning faol ishtirokchilaridan biriga aylanishiga zamin yaratib berdi. Konstitutsiyada xalqaro huquqning quyidagi ustuvor prinsiplari va me'yorlari mujassam bo‘lgan, ya'ni yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, inson huquqlariga sodiqlik, demokratik g‘oyalarga sadoqat, fuqarolar tinchligi, milliy va millatlararo totuvlik, barcha davlatlarning suverenitetini tan olish, ularning chegaralari buzilmasligini s o'zsiz e'tirof etish, kuch ishlatmaslik va ichki ishlarga aralashmaslik va boshqalar.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib aytadigan bo‘lsak, Konstitutsiya eng ilg‘or g‘oyalarni jamuljam etgan hamda demokratik an'analar va umuminsoniy huquqiy qadriyatlar asosida yaratilgan hujjatdir. U siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga molik hujjat sifatida iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va ma'naviy hayotda chuqur islohotlarni o‘tkazish uchun huquqiy poydevor bo‘lib qoladi.
Konstitutsiya haqida xorijliklar ham o‘z baholarini berganlar. Fransuz professori O.Shmidt O‘zbekiston va Fransiya Respublikalari Konstitutsiyalarini qiyosiy tahlil qilib, shunday degan edi: «O'zbekiston Konstitutsiyasi mutlaqo mustaqil va aynan xalqingiz va jamiyatingiz talablariga hamda an'analariga javob beradi... Konstitutsiyangiz davlat hamda fuqaro jamiyati Konstitutsiyasi hisoblanadi, chunki ana shu ikki muhim huquqiy sohani tartibga soladi».
Konstitutsiya va qonunlarga amal qilgan holda Vatan manfaati bilan yashash va uning ravnaqi uchun mehnat qilish, Vatan oldidagi o‘z majburiyatlarimizni vijdonan bajarishimiz zarur. Vatan manfaati yo‘lida birdamlik va hamjihatlik bo‘lishini Konstitutsiya o‘z mazmunida mujassam etadi. Konstitutsiya xalqimiz ongida O‘zbekiston yagona Vatan degan tuyg‘uni shakllantiradi va uning istiqboli bilan hamnafas yashashga har birimizni undaydi.


2-§ O’zbekistonda shaxs va davlat munosabati

Shaxs va davlatning o’zaro munosabati tushunchasi




Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va burchlar orqali uzviy bog‘liqdir. Bu bog‘liqlik shaxs va davlat munosabati tushunchasi mohiyatidir. Shaxs bilan davlat o‘rtasidagi huquqiy aloqa fuqarolikni anglatadi. Shaxs, jamiyat va davlat — bu uchchala asosiy qadriyat Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan. Ular o‘rtasida hayotda turli sohalarda yuzaga keladigan barcha munosabatlarning huquqiy tartibi Konstitutsiya qoidalarida o‘z ifodasini topgan. Shaxs — fuqarolik jamiyatining erkin, ongli, mustaqil tarkibiy qismidir. Fuqarolik jamiyati esa, o‘z-o‘zini tashkillashtirgan xalq — har qanday hokimiyatning haqiqiy manbai va yetakchisidir. Fuqarolik jamiyati insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga yordam beradi hamda shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari ro‘yobga chiqishiga ko‘mak lashadi. Davlat — jamiyat va shaxs manfaatlari va huquqlarining mustaqil, xalqchil, huquqiy himoyachisidir. Shu ma'noda Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas'ulligi g‘oyasiga asoslanadi.
Shaxs va davlat munosabati haqidagi konstitutsiyaviy qoidalar.


Konstitutsiyaviy qoidalar shaxs va davlatning o‘zaro munosabatlari qanday shakllanishi lozimligi va bu inson hayotida qanday muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunib olishda yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shaxs va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar huquqiy tartibini belgilab beradi. Bunga ko’ra xalq, jamiyat, shaxs huquqi va manfaati birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Agarda shaxs va davlat munosabatida davlat o‘rniga e'tibor berilsa, davlat manfaati mohiyati zaminida ham inson huquqi va erki himoyasi yotadi. Biz bunyod etayotgan davlatning insonparvarlik va xalqparvarlik mohiyati shunda aks etadi. Ya'ni davlat faoliyatining asosiy maqsadi insonga xizmat qilish ekanligi to‘la e'tirof etiladi. Shaxs va davlat munosabatiga taalluqli barcha konstitutsiyaviy qoidalarni o‘rganganimizda bunga to‘la amin bo‘lamiz. Asosiy Qonunimizda shaxs va davlatning o‘zaro munosabatlarida shaxsning huquqiy o‘rni ham qat’iy mustahkamlangan. Shaxsning davlat oldidagi mas'ulligi va majburiyatlari ham konstitutsiyaviy qoidalar mazmuniga singdirilgan. Ya'ni konstitutsiyaviy qoidalar shaxsning davlat bilan yuzaga keladigan munosabatlari huquqiy me'yori va tartibini aniq va ravshan tarzda belgilab beradi va bajarilishini talab etadi. Fuqaro sifatida shaxs bilan davlat o‘rtasida boshqacha munosabat shakllanadi. Fuqaro davlat oldida qonun bilan belgilangan majburiyatlarni bajaradi. Shaxs fuqaro sifatida Konstitutsiyaviy huquqlarga ega bo‘lib, ularning amalga oshishi uchun davlat zarur shart-sharoitlarni ta'minlash majburiyatini oladi. Shu asnoda fuqaro va davlat o‘zaro huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Agarda shaxs davlat oldidagi mas'uliyatini va majburiyatini anglab yetsa, unga vijdonan amal qilib borsa, davlat rivoji va ravnaqi ta'minlanib boradi.
Shaxs va davlatning o‘zaro majburiyatlari


Istiqlol sharofati bilan har bir inson hayoti, uning huquqkari va erkinlikkari to’la amalgam oshirilishi davlat himoyasiga ahamiyatga molik huquqiy huquqlarini barcha qonuniy vositalar bilan himoya qilish davlat va jamiyatning burchiga aylandi. Huquq va erkinliklarni amalga oshirish davlatni va jamiyatni demokratlashtirishning ajralmas jihatidir. Bugungi kunda inson huquqlari buzilishiga olib keluvchi u yoki bu g‘oyalar yoxud muayyan kuchlardan xalqimizni himoyalash davlatimizning ustuvor vazifalari sirasiga kiradi. Davlat qonun doirasida insonlarga munosib hayot kechirishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berish tadbirlarini amalga oshiradi.
Shuni aytish kerakki, Sho‘ro istibdodi davrida davlat tizimlariga inson qaramligi holati mavjud edi. Ya'ni shaxsning davlat oldidagi majburiyati shunchalik kuchaytirilgan ediki, shaxs o‘z erki asosida ish olib borish imkoniyati chegaralangan edi. Boshqacha qilib aytganda, inson davlat uchun yaralgandek edi va davlat oldida inson qadri ko‘zga ko‘rinmas edi. Huquqsiz inson, erksiz mehnat qilishga majbur bo‘ladi. U o‘zidagi iste'dod va qobiliyatni namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. U erksiz bo‘lganligi uchun o‘ziga munosib hayot tarzini yarata olmaydi. Aynan ana shunday holatlarga chek qo‘yish, ya'ni insonning huquqlari va erkinliklari ustidan davlatning hukmronlik qilishiga yo'1 qo‘ymaslik maqsadida Konstitutsiyada davlat organlari va mansabdor shaxslaraing jamiyat va fuqaro oldidagi majburiyati belgilab qo‘yildi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə