Respublikasi


Tovar moddiy zaxiralari inventarizatsiyasi natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish



Yüklə 158,39 Kb.
səhifə11/21
tarix05.07.2023
ölçüsü158,39 Kb.
#119285
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21

Tovar moddiy zaxiralari inventarizatsiyasi natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish.


Korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisoboti malumotlarining to’g’riligi ularning ishlab chiqarish zaxiralari inventarizasiya qilish bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizasiya qilish “Inventarizasiyani tashkil etish va o’tkazish” nomli 19-son BHMS va “Tovar- moddiy zaxiralar” nomli 4-son BHMSlar bilan tartibga solinadi.
Inventarizasiyadan ko’zlangan asosiy maqsad – ishlab chiqarish zaxiralarining natura va qiymat ko’rinishida amalda mavjud ekanligina aniqlashdan iborat. Inventarizasiya qilish natijasida boyliklarning to’g’ri
saqlanishi va berilishi, tarozi va o’lchov asboblarinng, hisob yuritish tartibi va boshqalar tekshiriladi.
Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizasiya qilish bir yilda kamida bir marta hisobotini tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1oktyabridan keyin amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralarining saqlanishini, ularni saqlash shart-sharoitlarini va omborda hisobga olish ahvolini nazorat qilish uchun inventarizasiyalar o’rtasidagi davrda muntazam tekshirishlar va materiallarni tanlab inventarizasiyalash o’tkazilishi kerak.
Tekshirish ko’lamiga ko’ra inventarizasiya yoppasiga yoki tanlab o’tkaziladigan, o’tkazish vaqti bo’yicha rejalashtirilgan yoki to’satdan o’tkaziladigan inventarizasiyalarga bo’linishi mumkin.
Inventarizasiyani o’tkazishga korxona rahbari va bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarni inventarizasiya qilish inventarizasiya qiluvchi ishchi komissiyalar tomonidan moddiy javobgar shaxs ishtrokida amalga oshiriladi.
Inventarlash davrida moddiy boyliklarning mavjudligi tarozida tortish, o’lchash usuli bilan aniqlanadi va ro’yxatda rasmiylashtiriladi. Ro’yxatni moddiy javobgar shaxs imzolaydi.
Inventarizasiya natijalari korxona rahbari, bosh buxgalteri va inventarizasiya komissiyasi raisi tomonidan imzolanadigan "Inventarizasiya jarayonida aniqlangan natijalar vedomosti"da umumlashtiriladi. Ushbu vedomostda mol-mulkning har bir turi bo’yicha inventarizasiya natijasida aniqlangan farqlar kamomad va ortiqchalar summalari va shuningdek aniqlangan kamomadlar summasini olib borish tartibi: turli sortlar bo’yicha o’zaro qoplash, tabiiy kamayish me'yorlari miqdorida hisobdan chiqarish, aybdor shaxslar hisobiga olib borish va boshqa operasion xarajatlarga hisobdan chiqarish tartibi to’g’risidagi ma'lumotlar aks ettiriladi.
O’rtacha oylik ish haqi hajmidan ortiq bo’lmagan miqdorda yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirilishi ish beruvchining farmoyishiga
muvofiq amalga oshiriladi. Bunday farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi numkin.
Bunda yetkazilgan zarar qiymati inventarizasiya o’tkazilgan davrda mazkur joyda amal qilayotgan bozor narxlari bo’yicha hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim bo’lgan yetkazilgan zarar summasi uning o’rtacha oylik ish haqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o’tgan bo’lsa, yetkazilgan zararning undirilishi sud orqali amalga oshiriladi.
Ish beruvchining mol-mulki o’g’irlanganda, kam chiqqanda, qasddan yo’qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda yetkazilgan zarar qiymati bozor bahosi bo’yicha hisoblanadi.
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor bahosini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish numkin:

  1. ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dillerlaridan, tovar xom-ashyo, ko’chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to’g’risidagi ma'lumotlar;

  2. Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffisientini qo’llagan holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda) mol-mulklarning erkin konvertasiyalanadigan valyuta (EKV)dagi qiymati to’g’risidagi ma'lumotlar;

v) tegishli davlat idoralarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi to’g’risidagi ma'lumotlar;
g) inventarizasiya o’tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e'lon qilingan narx darajalari to’g’risidagi ma'lumotlar;

  1. tegishli mol-mulkning qiymati to’g’risida baholovchining ekspert xulosasi.

Quyidagi holatlarda inventarizasiya muddatidan oldin o’tkazilishi shart:

    • Korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, shuningdek davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog’ida;

    • Tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;

    • Moddiy javobgar shaxs o’zgarganida;

    • Talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan bog’lik faktlar aniqlanganda;

    • Yong’in yoki tabiiy ofatlar sodir bo’lganda;

    • Korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda.

Inventarizasiya qilish natijasida materiallar bo’yicha hujjatlardagi ma’lumotlar va haqiqiy qoldiqlar orasida farq solishtiruv qaydnomasida rasmiylashtiradi.
Ishlab chiqarish zaxiralarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
tasdiqlangan me’yorlar doirasida tabiiy kamayishi, korxona rahbari ko’rsatmasi bo’yicha tegishli ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga o’tkaziladi. Suiiste’mol qilishlar oqibatida yo’l qo’yilgan kamomad va yo’qotishlar aniqlangan taqdirda tegishli hujjatlar kamomad aniqlangandan so’ng 5 kun ichida tergov organlariga oshirilishi lozim, aniqlangan kamomad summasiga esa fuqarolik da'vosi qo’zg’atiladi.
Aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklar bo’yicha ko’rilgan zararlar foyda solig’i bo’yicha soliqqa tortiladigan bazaga “Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom” ning 1 – ilovasiga binoan kiritiladi.
Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizasiya qilish natijasida ortiqcha mol-mulk mavjudligi aniqlansa, u moliyaviy natijalarga kirim qilinadi.
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralarining kamomadi haqiqiy (balans) qiymati bo’yicha hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar" schyoti;
kredit ''Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar'' (1000-2900). Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati
(undiriladigan summa) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan yuqori bo’lsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 "Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi" schyoti – aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar" schyoti
- kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga;
kredit 9320 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda" schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqqan tovar-moddiyzaxir larining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy balans qiymati o’rtasidagi farqiga.
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati (undirladigan summa) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan past bo’lsa, ko’rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 "Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi" schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga;
debet 9430 "Boshqa operasion xarajatlar" schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymati o’rtasidagi farqiga;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar" schyoti
- kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga.
Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo’lmagan hollarda, kam chiqqan tovar- moddiy zaxiralarining kamomadidan ko’rilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 "Boshqa operasion xarajatlar" schyoti;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar" schyoti.
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan (ortiqcha) tovar-moddiy zaxiralari aniqlangan sanadagi aynan shunga o’xshash tovar- moddiy zaxiralarining bozor qiymati bo’yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet ''Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar'' (1000-2900); kredit 9390 "Boshqa operasion daromadlar" schyoti.
Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan kamomad summaning undirib olinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet ''Pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar'' (5000, 5200, 5600,5700) yoki ''Mehnat haqi bo’yicha xodim hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar'' (6700), yoki boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4730 "Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi" schyoti.

Yüklə 158,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə