Respublikasi


Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti



Yüklə 158,39 Kb.
səhifə2/21
tarix05.07.2023
ölçüsü158,39 Kb.
#119285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi “Bunyodkor Qurilish-Montaj” mas’uliyati cheklangan jamiyati.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobini nazariy jihatdan keng yoritish, amaliy jihatidan hozirgi holatini o’rganish va ularning harakatini tahlil qilishni amalga oshirishdan iboratdir.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishining vazifalari shakllanadi. Bu bo’yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish mumkin:

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish tartibini o’rganish;

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslarini o’rganish;

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy faoliyatini tahlili, uning iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’rganish;

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olishni yaxshilash yo’llari va uni joriy etishning mexanizimlarini aniqlash;

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tovar-moddiy zaxiralaridan samarali foydalanish yo’llarini chuqurroq yoritishdan iboratdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tovar-moddiy zaxiralar hisobini yaxshilash yo’llarini o’rganib chiqishdan iborat.
Tadqiqot predmeti bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobini uslubiy asoslari, moliyaviy hisobni, jumladan, tovar-moddiy zaxiralar hisobini yaxshilash yo’llarini aniqlash, hamda milliy va xalqaro tajribalari asosida bozor iqtisodiyotiga moslashtirish hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, asarlari va ko’rsatmalari hisoblanadi.
Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Nizomlari va yo’riqnomalari, hamda Moliya Vazirligi tomondan qabul qilingan Buxgalteriya hisobi milliy standartlari, shuningdek, mamalakatimiz yetakchi olimlari va mutaxassislarining ushbu muammoga oid ilmiy-tadqiqot natijalari hisoblanadi.

Yüklə 158,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə