Respublikasi



Yüklə 158,39 Kb.
səhifə1/21
tarix05.07.2023
ölçüsü158,39 Kb.
#119285
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21






O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


«HISOB VA AUDIT» FAKULTETI


«BUXGALTERIYA HISOBI» KAFEDRASI


BEKPO’LATOV BOBUR BAHODIROVICH
«TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR INVENTARIZATSIYASI, UNING NATIJALARI HISOBI HAMDA AUDITI»

5340900 -“Buxgalteriya hisobi va audit”- ta’lim yunalishi bo’yicha bakalavr darajasini ýolish uchun yozilgan




BITIRUV MALAKAVIY ISHI
«HIMOYAGA RUXSAT ETILDI»
«Buxgalteriya hisobi» kafedrasi mudiri
i.f.n., dots. B.O.Bolibekov
(imzosi)
« » 2013y.
Ilmiy rahbar: dots. D.E.Norbekov
(imzosi)


« » 2013y.
TOSHKENT 2013

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatini qo’llab- quvvatlash, hamda ularning ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) faoliyatini takomillashtirib borish dolzarb masala hisoblanadi. Chunki xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy jihatdan rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligining ortishi bevosita iqtisodiyotning taraqqiy ettirishining muhim omili hisoblanadi. Oxirgi yillarda yalpi ichki mahsulotda xususiy sektorning ulushi doimiy ravishda ortib kelmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarasi o’laroq bugungi kunda jamiyatimizning barcha sohalarida tub burilishlar, yangilanishlar, kundan-kunga keng quloch yozmoqda. So’ngi yillarda jahonning yetakchi davlatlari iqtisodiyotiga moliyaviy-iqtisodiy bo’hron o’z salbiy ta’sirini sezilarli tarzda ko’rsatdi. Ammo, O’zbekistonni bu inqiroz chetlab o’tdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Sababi, bizning davlatimiz rahbari uzoqni juda yaxshi ko’ra bilgan, yurt taqdirini barcha narsadan ustun qo’yib, oqilona siyosat yuritishi natijasida moliyaviy inqirozdan aziyat chekmadi. Aksincha, dunyoda ko’pgina davlatlar inqirozni qanday bartaraf qilish chorasini qidirayotganda, respublikamiz yalpi ichki mahsulotida o’sish, byudjet ijrosi ijobiy profitsit bilan yakunlandi. Iqtisodiy islohotlarning eng ustuvor jihatlaridan biri sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e’tibor qaratildi. Buning natijasida YAIM tarkibida aynan shu sohaning ulushi va unda mehnat qilayotganlar soni yildan yilga o’sib, oshib bormoqda. Buning isbotini 2012 yilda respublikamiz iqtisodiyotida amalga oshirilgan islohotlardan anglab olish qiyin emas, Prezidentimiz I.A. Karimov 2012 yil ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2013-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishdagi nutqida “Global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2012-yilda O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni
ta’minladi, dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamladi. Bu davrda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,2 foizga o‘sdi, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,7 foizga, qishloq xo‘jaligi 7 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 13,9 foizga oshdi.
Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi ta’minlandi. Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6 foizga o‘sdi, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo bo‘lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million dollardan oshdi. Inflyatsiya darajasining o‘sish sur’ati prognoz ko‘rsatkichlari doirasida saqlab qolindi va 7 foizdan oshmadi. 2012-yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o‘rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Shularga qaramasdan, davlat byudjetining daromadlar qismi bo‘yicha ko‘rsatkichlari to‘liq bajarildi, erishilgan profitsit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi. Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizdan ortig‘i ta’lim, 14,5 foizdan ko‘prog‘i sog‘liqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo‘naltirildi”.1

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan tovar-moddiy zaxiralari hisobini to‘g‘ri yuritish, ularning tannarxini to‘g‘ri shakllantirish, xom-ashyo va materiallarni xarajat moddalari bo‘yicha to‘g‘ri tasniflash, tayyor mahsulot va tovarlarni yuqori foydalilik darajasida sotish yo‘llarini izlash, ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan muomalalarning to‘g‘ri, aniq va qonuniyligini auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazish, shuningdek moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish yordamida ichki foydalanilmayotgan
1 Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi nutqi
rezervlarni qidirib topish hamda ularni ishlab chiqarishga safarbar etish kabi bir qancha masalalar shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo'lib hisoblanadi. Chunki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va pirovardida, mahsulot tannarxini kamaytirish orqali yuqori samaradorlikka hamda moliyaviy barqarorlikka erishish mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlatilayotgan tovar-moddiy zaxiralarining holati, ularni hisobda aks ettirish tartibi va tarmoq xususiyatdan kelib chiqqan holda audit tekshiruvlarini o‘tkazish hamda ularni takomillashtirish kabi masalalar bitiruv malakaviy ishi mavzusining asosiy mazmunini tashkil qiladi.

Yüklə 158,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə