Respublikasi



Yüklə 158,39 Kb.
səhifə4/21
tarix05.07.2023
ölçüsü158,39 Kb.
#119285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

Tovar-moddiy zaxiralar





Xom-ashyo va materiallar, jumladan butlovchi buyumlar va yoqilg’i
Tayyorlash jarayonida turgan tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar
Tayyor mahsulotlar va tovarlar



  1. chizma. Tovar-moddiy zaxiralar turlari.2



Tovar-moddiy zaxiralar
Tovar-moddiy zaxiralar o’z maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi. (2- chizma.)

  1. chizma. Maqsadiga qarab tovar-moddiy zaxiralarning toifalari. 3





2 Haydarov Sh. Tuxsanov H.Tovar moddiy zaxiralarning tasnifi va ularning buxgalteriya hisobi uslubiy asoslari// Soliq solish va buxgalteriya hisobi. – Toshkent, 2006. - №4. – 6 b.
3 Haydarov Sh. Tuxsanov H.Tovar moddiy zaxiralarning tasnifi va ularning buxgalteriya hisobi uslubiy asoslari// Soliq solish va buxgalteriya hisobi. – Toshkent, 2006. - №4. – 6 b.

me'yoriy manbalarda turlicha ta'riflangan. Jumladan, 4-sonli "Tovar-moddiy zaxiralar" nomli BHMSga muvofiq: "tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo’lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar"4
Tovar-moddiy zaxiralar 4-sonli "Tovar-moddiy zaxiralar" nomli BHMSga muvofiq tashkilotlarda quyidagilar ko’rinishida bo’lishi mumkin:

    1. mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish, ma'muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun mo’ljallangan xom ashyo va materiallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg’i, idish va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xo’jalik anjomlari, boshqa materiallar zaxiralari;

    2. boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan (boquvga qo’yilmasdan) katta yoshdagi qoramollar, sotish uchun chetdan qabul qilingan qoramollar;

v) detallar, uzellar, buyumlarning tugallanmagan ishlov berilishi va yiqilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar ko’rinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar ko’rsatadigan tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish ular bo’yicha qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad tan olinmagan tugallanmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga doir xarajatlardan tashkil topadi;
g) tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish siklining pirovard natijasi - sotish uchun mo’ljallangan va qonun hujjatlari bilan belgilangan hollarda shartnomada yoki boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan



4 O’zbekiston Respublikasining Buxgalteriya Hisobi Milliy standartlari O’zBAMA nashriyot-axborot markazi, - Toshkent, 2007. - 198 b
texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);
d) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatdagi faoliyati davomida qo’shimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun mo’ljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar ob'ektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo’lib hisoblanishi mumkin.
“Inventar va xo’jalik anjomlari tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan aktivlar kiritiladi:”5

  1. xizmat muddati bir yildan oshmaydigan;

  2. qiymati bir birlik (komplekt) uchun xizmat muddatidan qat'i nazar, O’zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda bo’lgan buyumlar. Tashkilot rahbari hisob siyosatida ularni inventar va xo’jalik anjomlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining bundan past chegarasini belgilash huquqiga egadir.

Xizmat muddati va qiymatidan qat'i nazar inventar va xo’jalik anjomlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  1. maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo’ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar);

  2. maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal;

v) ko’rpa-to’shaklar;
g) yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo’yiladigan asboblar va hokazo);

  1. oshxona inventari, shuningdek sochiq-dasturxonlar;




5 BHMS № 4 «Tovar-moddiy zaxiralar». O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2006- yil 17-iyulda ro’yxatga olingan, № 1595.

  1. ularni barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (titulda bo’lmagan) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;

j) foydalanish muddati bir yildan kam bo’lgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ovlash qurollari (trallar, yoyma to’rlar, to’rlar, anjomlar, matraplar va hokazo).
Tovar-moddiy zaxiralar hisobini to’g’ri va to’laqonli tashkil etish maqsadida ularni ilmiy asoslangan tasnifi va baholanishi muhim ahamiyatga ega.
Egalik qilish xususiyatiga muvofiq, moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari tashkilotga egalik huquqi hamda xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi bo’yicha tegishli (xususiy) va unga ushbu huquqlar bo’yicha tegishli bo’lmagan (xususiy bo’lmagan) boyliklarga bo’linadi (3-chizma).
Tashkilotlarga tegishli bo’lgan tovar-moddiy boyliklarga u tomondan tayyorlangan, sotib olingan yoki boshqa shaklda olingan boyliklar kiritilib, ular omborda yoki ishlab chiqarish jarayonida joylashgan bo’ladi.
Tashkilotga egalik huquqi va boshqa shunga o’xshash huquq bo’yicha tegishli bo’lmagan, biroq shartnoma shartlari bo’yicha uning ixtiyoridagi tovar- moddiy boyliklar kiritilib, ular alohida turlari bo’yicha balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
Yuqorida keltirgan ta'rif va tavsiflarni o’rganish natijasida tovar-moddiy zaxiralarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining faoliyatiga xos quyidagi ta'rifni taklif etamiz.
Tovar-moddiy zaxiralar - bu kapital doiraviy aylanishining birinchi bosqichidagi moddiy aktivlar, ya'ni hali ishlab chiqarish jarayoniga berilmagan va o’zlarining natural-moddiy shaklini to’liq, saqlab turgan ishlab chiqarish zaxiralari; asosiy podaga o’tkazish yoki sotish maqsadida o’stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari; ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar; sotish uchun mo’ljallangan tovarlar; tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarishdagi brakdan iborat.
Tovar-moddiy zaxiralar egalik qilish xususiyatiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi. (3-chizma)

TMZlarning egalik qilish xususiyati bo’yicha bo’linishi




Xususiy (egalik huquqi hamda xo’jalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqi bo’yicha)
Xususiy bo’lim


Qabul qilinadigan yo’ldagi boyliklar, agarda yetkazib berish shartnomasiga muvofiq egalik huquqi tashkilotga o’tgan bo’lsa
Tashkilotga tegishli bo’lgan, boshqa tashkilotlarga qayta ishlashga hamda sotish uchun, shu jumladan komissiya shartlari bo’yicha egalik huquqi xaridorga o’tguncha, berilgan boyliklar
O’rnatilgan tartibda mol yetkazib beruvchilar schotlarini to’lashdan bosh tortish hollarda mas’ul saqlashga qabul qilingan hamda mol yetkazib beruvchilar
schotlarini to’lashdan oldin sarflanishi taqiqlangan
Qiymati to’lovsiz qayta ishlashga qabul qilingan boyliklar (sheriklik asosidagi xom-ashyo)


Garovda hisoblangan tashkilotning omborida yoki garov oluvchida saqlash uchun berilgan, ammo tashkilotga tegishli boyliklar

Komissiya (konsignatsiya) shartlarida sotish uchun mol yetkazib beruvchilardan qabul qilingan boyliklar





  1. chizma. Egalik qilish xususiyati bo’yicha tovar-moddiy zaxiralarni tasniflash6







6 Haydarov Sh. Tuxsanov H.Tovar moddiy zaxiralarning tasnifi va ularning buxgalteriya hisobi uslubiy asoslari// Soliq solish va buxgalteriya hisobi. – Toshkent, 2006. - №4. – 10 b.

Tovar-moddiy zaxiralarni ishlatilish tartibiga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin. (4- chizma)


Ishlatilish tartibiga ko’ra tovar-moddiy boyliklarning bo’linishi

Ishlab chiqarishdagi ishlatiladigan boyliklar
Sotishga mo’ljallangan boyliklar
Mehnat vositalari sifatida ishlatiladigan boyliklar
Montaj qilinganidan so’ng vosita tarkibida amal qiladigan
boyliklar



Mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonini amalga oshirish uchun
mo’ljallangan xom-ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar,yoqilg'i, qurilish- konstruksiyalari va jihozlari, ehtiyot qismlar va agregatlar, shinalar, yem-xashaklar,
mineral o’g’itlar, zaxarli ximikatlar, biopreparatlar va dori-darmonlar, idishlar va boshqa shunga o’xshash boyliklar
  1. chizma. Tovar-moddiy zaxiralarni ishlatilish tartibiga qarab tasniflash7


Tovar-moddiy zaxiralari bo’yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Tovar-moddiy zaxiralarini ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish;

  • Tovar-moddiy zaxiralarini to’g’ri turkumlash va guruhlarga ajratish;

  • Tovar-moddiy zaxiralarini to’g’ri baholash;

  • Tovar-moddiy zaxiralariga qilingan qo’shimcha xarajatlarni (tashib keltirish, boj va soliq to’lovlari, kurs o’rtasidagi farqlar, ustamalar,




7 Haydarov Sh. Tuxsanov H.Tovar moddiy zaxiralarning tasnifi va ularning buxgalteriya hisobi uslubiy asoslari// Soliq solish va buxgalteriya hisobi. – Toshkent, 2006. - №4. – 11 b.

sertifikatsiyalash va boshqalar) to’g’ri hisobga olish, ularni o’z vaqtida sotib olingan zaxiralar tannarxiga (qiymatiga) yoki korxona xarajatlariga kiritish;

  • Tovar-moddiy zaxiralari holati va harakatini to’g’ri,o’z vaqtida va tegishli boshlang’ich hujjatlar bilan rasmiylashtirib hisobga olish;

  • Tovar-moddiy zaxiralariga moddiy javobgarlikni ta’minlash, moddiy javobgar shaxslar tomonidan hisobotlarning to’g’ri va o’z vaqtida tuzilishi, taqdim etilishini nazorat qilish;

  • Tovar-moddiy zaxiralarining holati va harakati bo’yicha moddiy javobgar shaxslarning hisobot ma’lumotlari va hisob ma’lumotlarining to’liq uyg’unligini ta’minlash;

  • Tovar-moddiy zaxiralarining butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda qayta ro’yxatdan o’tkazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to’g’ri aniqlash va hisobga olish;

  • Mavjud tovar-moddiy zaxiralaridan unumli foydalanish, buning uchun omborlarda me’yoridan ortiq zaxiralarni saqlamaslik, ularni qo’shimcha nobudgarchiliklariga yo’l qo’ymaslik, keraksiz materiallarni sotish va uning natijalarini to’g’ri hisobga olish;

  • Tovar-moddiy zaxiralarini asosli ravishda qayta baholash va uning natijalarini hisobda to’g’ri aks ettirish;

  • Arzon baholi buyumlarning eskirishini to’g’ri hisoblash, to’liq eskirgan buyumlarni o’z vaqtida hisobdan chiqarish, ularni balans qiymatini hisobotda

to’g’ri aks ettirish;

  • Moddiy-texnika ta'minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib borish;

  • Materiallarning ishlab chiqarishga to’g’ri berilishi va ularni sarflash me'yoriga rioya qilish ustidan nazorat olib borish;

  • Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan TMZlarni kalkulyasiya ob'ektlarida to’g’ri taqsimlash.


Yüklə 158,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə