Resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi


Yerdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix23.09.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#122851
1   2   3   4   5   6   7   8
QISHLOQ XO’JALIGIDA YER RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

2. Yerdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. 
Yerning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi ahamiyatini inobatga 
olib, ulardan foydalanishning holati va samaradorligi ustidan nazorat 
qilib borish zarur. Bunda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish 
mumkin:
a) umumiy yer fondidan foydalanish koeffitsiyenti. Uning darajasini 
aniqlash uchun qishloq xo’jaligida haqiqatda foydalanilgan yer 
maydonini foydalanish mumkin bo’lgan yer maydoniga taqsimlash 
lozim. Buni quyidagi tenglik yordamida aniqlash mumkin:
Bunda: 
YFK 
- umumiy yer fondidan foydalanish koeffitsiyenti 
(foizi);
 
FY 
- qishloq xo’jaligida foydalanilgan yer maydoni, ga; 
FMY

foydalanilishi mumkin bo’lgan yer maydoni, ga.
Bu ko’rsatkichni aniqlash natijasida yerdan foydalanishning to’liqlik 
darajasi aniqlanadi. Uning darajasi 1 dan ortiq bo’lmaydi, imkon qadar 1 


ga teng yoki 1 ga yaqin bo’lishi maqsadga muvofiq. Bu ko’rsatkichni 
aniqlash natijasida tarmoqda (xo’jalikda) qancha yerdan foydalanilgan 
va qanchasidan foydalanilmaganligi aniqlanadi. Shundan so’ng bunday 
holning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choratadbirlari ishlab 
chiqiladi.
b) yer maydonidan foydalanishlar soni
.
Uni aniqlash uchun haqiqatda 
urug’ ekilgan maydonni mavjud ekin maydoniga taqsimlanadi. Bunda 
quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
UEM
YFS 


Bunda: 
YFS
- yerdan foydalanishlar soni, ya’ni xo’jalikda mavjud yer 
maydonlaridan foydalanishlar soni;
UEM 
- bir yil mobaynida urug’ ekilgan maydon, ga;
UM 
- umumiy ekin maydoni, ga;
Bu ko’rsatkich yordamida bir maydonga necha marta ekin ekib, 
foydalanilganlik darajasi, ya’ni soni aniqlanadi. Demak, uning soni 
birdan ko’p bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun mavjud 
bo’lgan yerlardan bir necha marta ekin ekib, hosil olishga intilish lozim.
d) ekin maydonlarining mahsuldorligi
.
Bu ko’rsatkich asosan ekin 
turlari hamda umumiy maydon bo’yicha, natura va qiymat 
ko’rinishlarida aniqlanadi, ya’ni ular yordamida 1 gektar foydalanilgan 
maydondan qancha miqdorda (sentner, tonna) hamda necha so’mlik 
mahsulot yoki foyda olinganligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi 
tenglikdan foydalanish mumkin:


Bunda: 
EMM
- ekin maydonlarining mahsuldorligi, sentner/ga.
 YH
- ekin maydonidan olingan yalpi hosil miqdori, sentner yoki 
tonnada;
 EM 
- ekin ekilgan haqiqiy maydon, ga.
Bu ko’rsatkich yordamida 1 gektar ekin ekilgan maydondan qancha 
miqdorda hosil olinganligi ekin turlari bo’yicha alohidaalohida 
aniqlanadi. Jami ekin maydonlari mahsuldorligini aniqlashda quyidagi 
qiymat ko’rsatkichlaridan ham foydalanish mumkin:
YMQ 
YD 
SF
YM 



QXY 
QXY QXY
Bunda: 
YM 
- foydalanilgan yerlarning mahsuldorligi, ya’ni, bir 
gektar qishloq xo’jalik yer maydonidan necha so’mlik yalpi mahsulot,
yalpi daromad hamda sof foyda olinganligi aniqlanadi;
YMQ
- olingan yalpi mahsulot qiymati, ming so’mda;
 QXY
- qishloq xo’jalik yerlari, ga;
YD
- olingan yalpi daromad summasi, ming so’mda; 
SF
- olingan 
sof foyda summasi, ming so’mda.
Yer mahsuldorligi ko’rsatkichi muhim ahamiyatga ega bo’lib, agrar 
sohani intensiv rivojlantirish uchun ushbu ko’rsatkichga alohida e’tibor 
berish lozim.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə