Resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix23.09.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#122851
1   2   3   4   5   6   7   8
QISHLOQ XO’JALIGIDA YER RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

 
Ona zamin tabiatan
 
cheklangan, uning maydonini inson 
kengaytira olmaydi. Chunki u tabiat mahsuli hisoblanadi. Boshqa asosiy 
vositalarni, masalan traktorlarni, mashinalarni talabni qondirish 
maqsadida ko’plab ishlab chiqarish mumkin;
d)
yer – qishloq xo’jaligining abadiy ishlab chiqarish vositasidir.
Respublika hududida mavjud bo’lgan yerlardan qishloq xo’jalik 
mahsulotlari yetishtirishda bizdan oldingi avlodlar foydalangan, hozirgi 
davrda biz foydalanmoqdamiz, kelajakda esa avlodlarimiz foydalanadi. 


Jamiyat rivojlanishi natijasida ayrim ishlab chiqarish vositalari 
takomillashtirilishi natijasida o’z o’rnini boshqasiga bo’shatib beradi. 
Masalan, bir paytlar yerni shudgorlashda qoramollar va omochdan 
foydalanilgan bo’lsa, keyinchalik fan-texnika taraqqiyoti natijasida 
qudratli traktorlar va pluglar ularning o’rnini egalladi. Lekin yer qishloq 
xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida abadiy qolaveradi, chunki 
uni boshqa vosita bilan almashtirib bo’lmaydi;
e)
yerni qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida bir 
joydan ikkinchi joyga ko’chirib bo’lmasligi. Yerdan joylashgan o’rnida 
oqilona foydalanish mumkin. Lekin ishlab chiqarish vositalari bo’lgan 
mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib borib, turli xildagi 
ishlarni amalga oshirish, bino-inshootlarni ham talab etilgan joyga 
qurish mumkin;
f)
yerning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligining 
mavjudligi. Asrlar davomida tashqi ta’sirlar, ya’ni quyosh nuri, 
yog’ingarchilik, chirindilar tushishi va boshqalar ta’sirida yerning tabiiy 
unumdorligi shakllanadi. Tuproqning tabiiy unumdorligi - tabiat 
mahsulidir. U tabiatning ta’siri natijasida uzoq yillar mobaynida 
shakllanadi. Uning holati quyosh nuri hamda yog’ingarchilik miqdoriga, 
shamol va suvlarning ta’siriga bog’liqdir. Sayyoramizdagi yerlarning 
tabiiy unumdorlik darajasi turlicha bo’ladi. Agar tuproqqa vaqtida ishlov 
berilsa, o’g’itlansa, uning unumdorlik darajasi ortib borish xususiyatiga 
ega. Lekin boshqa asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashishi oqibatida jismoniy jihatdan eskiradi. Ular vaqt o’tishi bilan 
fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Lekin 
yerdan oqilona, samarali foydlanilsa, u yaroqsiz holga kelmaydi, 


unumdorligi oshib borishi mumkin. Ammo bu, uning unumdorligi 
cheksiz oshib borishini anglatmaydi. Shunday ekan, yerning 
unumdorligidan tadbirkorlik bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Yer Kodeksining 8-moddasiga 
ko’ra O’zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning 
belgilangan asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi:
1)
qishloq хo’jaligiga mo’ljallangan yerlar - qishloq хo’jaligi 
ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. 
Qishloq 
хo’jaligiga 
mo’ljallangan 
yerlar 
sug’oriladigan 
va 
sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar
yaylovlar, ko’p yillik mevali dov-daraхtlar va tokzorlar egallagan 
yerlarga bo’linadi;
2)
aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi 
punktlarining) yerlari - shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq 
aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
3)
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga 
mo’ljallangan yerlar - ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun 
yuridik shaхslarga berilgan yerlar;
4)
tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsiya 
maqsadlariga mo’ljallangan yerlar - alohida muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, 
shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan 
yerlar;
5)
tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tariхiy-madaniy 
yodgorliklar joylashgan yerlar;


6)
o’rmon fondi yerlari - o’rmon bilan qoplangan, shuningdek 
o’rmon bilan qoplanmagan bo’lsa ham, o’rmon хo’jaligi ehtiyojlari 
uchun berilgan yerlar;
7)
suv fondi yerlari - suv obyektlari, suv хo’jaligi inshootlari 
egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg’oqlari bo’ylab ajratilgan 
mintaqadagi yerlar;
8)
zahira yerlar.
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi yer maydoni 
44896,9 ming gektarni tashkil qiladi. 2020-yil 1-yanvar holatiga qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchilar ixtiyoridagi yer 
maydoni 20761,6 ming gektarni tashkil etgan (1jadval).
1-jadval 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə