Resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix23.09.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#122851
1   2   3   4   5   6   7   8
QISHLOQ XO’JALIGIDA YER RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

 
 
3. Yer to’g’risidagi me'yoriy hujjatlar. Yer monitoringi va davlat 
yer kadastri. 


O’zbekistonda amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlar 
natijasida 
bozor 
tamoyillariga 
asoslangan 
yer 
munosabatlari 
shakllanmoqda. Uning asosiy qoidalari qonunchilik hujjatlarida o’z 
ifodasini topgan. Bosh qomusimiz hisoblangan O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti 
boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy 
zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va 
ular davlat muhofazasidadir” - deb belgilab qo’yilgan. Mamlakatimiz 
qishloq xo’jaligida yerdan foydalanish ijara usuliga asoslangan bo’lib, 
yer ijara mexanizmi orqali bozor munosabatlariga kiritiladi. Shuni 
ta’kidlash zarurki, agrar islohotlar jarayonida qishloqda turli toifadagi 
yerdan foydalanuvchilar soni keskin ko’paydi va bu hozir ham davom 
etmoqda. Shu bilan birga, har yili qishloq xo’jaligi yerlari noqishloq 
xo’jalik maqsadlari uchun ajratilishi davom etmoqda. Ushbu 
vaziyatlarda davlatning yer resurslaridan foydalanishni boshqarish 
mexanizmlarini takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Bunda 
rivojlangan xorij davlatlarida to’plangan tajribalarni hisobga olish 
samarali yo’llardan biridir.
1998-yil 30-aprelda O’zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi 
qabul qilingan. Ushbu Kodeks 14 bob, 91 moddadan iborat bo’lib, yer 
resursining toifalari va undan faydalanish bo’yicha barcha qoidalar 
yoritib berilgan. Ushbu Kodeksning 1-moddasida “Yer umummilliy 
boylikdir, O’zbekiston Respublikasi хalqi hayoti, faoliyati va 
farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u 
davlat tomonidan muhofaza qilinadi” - deb ta’kidlangan.


Respublikamizda ekin maydonlarining aholiga shaxsiy tomorqa 
xo’jaligi va turar joylarni qurish uchun, sanoat, sug’orish inshootlarini 
barpo etish uchun ajratilishi oqibatida ekin ekiladigan maydon 
kamaymoqda. Bu obyektiv jarayon kelajakda ham davom etadi. Shuning 
uchun mavjud yerlardan yil davomida oqilona, samarali foydalanish 
zarur. Respublikamizning jami ekin maydoni 2019-yilda 2016-yilga 
nisbatan 397,3 ming gektarga qisqargan. Shu davrda donli ekinlar 
maydoni 111,1 ming gektarga, shundan bug’doy maydoni 130,0 ming 
gektarga, g’o’za maydoni esa 214,5 ming gektarga kamaygan. Ayrim 
ekin turlari bo’yicha ekin maydonlari ko’payganini ko’rishimiz mumkin. 
Jumladan, dukkakli don maydoni 25,5 ming gektarga, sabzavotlar ekin 
maydoni 14 ming gektarga ko’paygan. Shu davrda ozuqa ekinlari 
ekiladigan maydon esa 65,9 ming gektarga qisqargan. Ozuqa ekinlari 
maydonlarining qisqartirilishi o’z navbatida almashlab ekish tizimining 
buzilishiga olib keldi hamda chorvachilikning mustahkam ozuqa 
bazasini barpo etishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu bois kelajakda 
yerdan foydalanish samaradorligini yuksaltirish uchun almashlab ekishni 
joriy etishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan aholini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan to’liq ta’minlash, eksport hajmini oshirish, 
tarmoqda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash maqsadida qishloq 
xo’jaligidagi 
ekin 
maydonlarini 
optimallashtirishga 
e’tiborni 
kuchaytirmoqda.
2008-yil 20-oktabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni 
yetishtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4041-sonli 


Farmoni e’lon qilindi va unga ko’ra mamlakatimizda oziq-ovqat 
mahsulotlarini yetishtirishni ko’paytirish maqsadida paxta ekib 
kelinayotgan maydonlarning bir qismi g’alla va boshqa ekinlar uchun 
ajratib berildi. Ushbu farmon ijrosini ta’minlash bo’yicha Surxondaryo 
viloyati Hokimining 2008-yil 23-oktabrda 169-sonli qarori qabul 
qilingan va ushbu qarorda 2009-yil hosili uchun avval paxta ekib 
kelingan 3400 gektar yerning 3000 gektariga g’alla, 115 gektariga 
sabzavot, 30 gektariga kartoshka va 255 gektariga moyli ekinlar ekish 
rejalashtirilgan edi.
Ekinlar ekiladigan yerlardan to’liq va samarali foydalanishga barcha 
xo’jaliklar alohida e’tibor bermoqdalar. Bu harakat ijobiy natijalar 
bermoqda va so’nggi yillarda barcha turdagi ekinlarning hosildorlik 
darajasi ortib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligining suv resurslariga 
bo’lgan talabi so’nggi yillarda 49,4 mlrd. m
3
ni tashkil etmoqda. Suv 
resurslaridan unumli foydalangan holda xo’jaliklar g’alla, paxta ekilgan 
maydonlardan yuqori hosil olib, yerdan samarali foydalanmoqdalar. 
Buning uchun ular ekin ekiladigan yerlarni vaqtida sifatli haydab, sara 
urug’larni yangi texnologiyalar asosida ekib, parvarishlashga aloqador 
boshqa tadbirlarni e’tibor bilan o’tkazmoqdalar. Ekinlarga agrotexnik 
muddatlarda suv, o’g’it berish, yetishtirilgan hosilni qisqa muddatda 
sifatli qilib yig’ishtirib olishga e’tibor bermoqdalar. Bu jarayonda 
xo’jalik rahbarlari, mutaxassislari barcha imkoniyatlardan to’liq va 
samarali foydalanmoqdalar.
Hozirgi davrda fermer va dehqon xo’jaliklarida yerlardan 
foydalanish samaradorligi yil sayin yaxshilanmoqda. Bunga asosan mulk 


va unga egalikning o’zgarishi, ya’ni manfaatdorlikning ortishi ta’sir 
ko’rsatgan. Qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining oshishi yerdan 
foydalanish samaradorligi yuksalishini ta’minlaydi. Lekin erishilgan 
natijalar o’sib borayotgan talab darajasida emas. Yer va suv 
resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun 
bir qancha tashkiliy, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish lozim. 
Yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashni ta’minlovchi 
tadbirlarni kompleks amalga oshirishni rivojlantirish juda muhim 
hisoblanadi. 2020-yilning 1-oktabr holatiga sug’oriladigan yerlarning 
44,7 foizi turli darajada, jumladan, 31,0 foizi kuchsiz, 11,9 foizi o’rtacha 
va 1,9 foizi esa kuchli darajada sho’rlangan, 24,4 foiz maydonda esa yer 
osti suv sathi 2 metr va undan yuqorida joylashgan. Yerlarning 
sho’rlanish darajasiga ayrim joylarda irrigatsiya tizimining yaroqsiz 
holga kelganligi, suvdan tejab-tergab samarali foydalanish qoidalarining 
buzilishi, ekinlarni sug’orish texnologiyasining takomillashmaganligi, 
yerdan foydalanuvchi subyektlar sonining ko’payishi, ularga ijaraga 
berilayotgan yer uchastkalarining maydalashib ketganligi va ularning 
meliorativ tadbirlarni amalga oshirishga mablag’lari yetishmasligi sabab 
bo’lmoqda.
Bu muammoni yechishda davlatning bevosita ko’magi lozim. Bu 
muhim tadbirni qishloq xo’jalik korxonalarining o’zlari bajara olmasligi 
mumkin, chunki ularning texnik-iqtisodiy quvvati yetmaydi. Shu sabali 
mamlakatimiz hukumati tomonidan ushbu masalaga alohida e’tibor 
qaratib kelinmoqda. Mazkur soha bo’yicha amalga oshirilishi lozim 
bo’lgan ishlarning huquqiy asoslari yaratilgan bo’lib, ular jumlasiga 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi 


“Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-3932 sonli Farmoni, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 31-oktabrdagi 
“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug’oriladigan 
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi faoliyatini tashkil 
etish to’g’risida”gi PQ-718 sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi “O’zmeliomashlizing” 
davlat lizing kompaniyasini tashkil etish to’g’risida”gi 266-sonli Qarori, 
O’zbekistоn Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-martdagi 
“20082012-yillarda sug’оriladigan yerlarning meliоrativ hоlatini 
yaхshilash Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-817-sоnli Qarоri va 
boshqalarni kiritish mumkin.
Bundan tashqari “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat 
dasturida belgilab berilgan chora tadbirlarning to’rtinchi yonalishi 
-
2008-2012-yillarda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilash davlat dasturida ko’zda tutilgan chora-tadbirlar tizimining 
izshil amalga oshirilishiga, ya’ni ekin maydonlarining meliorativ 
ahvolini yaxshilash, faoliyat ko’rsatayotgan irrigatsiya-melioratsiya 
obyektlarining tegishli texnik holatini ta’minlash, ixtisoslashgan suv 
xo’jaligi, qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlarining moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnika bilan jihozlash 
masalalariga alohida e’tibor qaratishdir. Bundan tashqari mazkur 
dasturda sug’orishning tejamli usullarini, jumladan, tomchilatib 
sug’orishni joriy qilishga ham alohida e’tibor qaratilgan edi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə