Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   295
Informatika To\'plam12

 
13-MA’RUZA 
MS Accessda jadvallarni o’zaro bog’lash. 
 
Reja: 
1. MS Accessda jadvallar hosil qilish. 
2. MS Accessda jadvallarni bog‘lash usullari. 


3. MS Accessning Конструктор таблиц bo‘limi haqida 
Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib 
borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni 
o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma’lumotlarni 
saqlash uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish
so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib kelmoqda. 
Ma’lumotlar bazasi-bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar 
majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar 
o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi. 
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash 
va undan oqilona foydalanish juda muhim rol’ o’ynaydi. Sababi: jamiyat 
taraqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni 
olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni 
tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan 
muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi. 
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli 
ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday 
tashkil qilar edilar-ki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har 
bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilanar va bu hol 
yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. SHuni qayd qilish lozimki, 
MBni yaratishda ikkita muhm shartni hisobga olmoq zarur: 
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga 
bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki 
ma’lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim. 
Ikkinchidan MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur 
tuzishga‚ hojat qolmasin. 
SHuning uchun‚ ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga 
amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, 
ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda 
aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. 
Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri 
esa hozirgi zamon komp’yuterlaridir. Komp’yuterlarda saqlanadigan MB bu 


maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Komp’yuter 
xotirasida har bir fayl, yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat 
bo’ladi. Yozuv-o’zaro bog’langan ma’lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar 
soni, qaralayotgan ma’lumotning o’lchoviga bog’liq. Har bir yoeuv esa maydon 
deb ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning, imkoni 
boricha, qisqa to’plamidan iborat bo’lishi lozim. Har bir maydon, o’zi ifodalaydigan 
ma’lumotlariga ko’ra, biror nomga ega bo’ladi. Fikrimizni misol bilan ifodalashga 
harakat qilamiz. 
Masalan, biror Oliy o’quv yurtining aniq fakul’tetida tahsil olayotgan biror 
gurux talabalari to’g’risidagi ma’lumotlar bitilgan quyidagi jadvalni ko’raylik: 
Familiyas

Ismi 
Tug’ilgan 
sanasi 
Guruxi 
Turar 
joyi 
Qizq
qan 
fani 
Ochilov 
Alisher 
2.05,1
978 
5— 

TS-1,15 
Mate
m. 
Qobulo

Farxod 
2.12.1982 
6—

I.Sino,1 
Adabiyot 
Aminov 
San’a

3.6.19
80 
5— m 
TS—2,12 
Tari

Toliev 
Jasur 
24.51979 
6—

Beruki,2 
Bu misolda 4ta yozuv bo’lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. 
Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda «familiyasi», «ismi» «Tug’ilgan 
sanasi», «Guruxi», «Turar joyi va qiziqan fani» deb nomlangan. Demak, 
yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma’lumotlar hajmiga bog’liq. 
Fayldagi bu yozuvlar birlamchi hisoblanadi. CHunki biror yozuvdagi ixtiyoriy 
ma’lumotni boshqa yozuvdagi ma’lumotlar bilan taqqoslab aniqlash mumkin 
emas. SHuning uchun xam bizga kerakli bo’ladigan ikkalamchi yozuvlarni esa 
faqat amaliy dasturlar yordamila olish mumkin bo’ladi. Modomiki shunday ekan, 
MB tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MBdan 
foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan dasturlar zarur bo’ladi. 
Bunday dasturlar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deb 


yuritiladi. Aniroq qilib aytganda, MBBT-bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan 
MBni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni birgalikda 
ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmuidir. MBBTning tarkibida asosiy 
komponenti-bu ma’lumotlar bo’lsa, boshqa komponenti foydalanunchilar
Hardware— texnik va Software—dasturiy ta’minoti hisoblanadi. Hardware 
tashqi qo’shimcha xotiradan (disk, magnit lentasi) iborat bo’lsa, dastur qismi esa 
MB bilan foydalanunchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. 
MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob’ektniig ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi, 
tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi. 
Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar: 
• foydalanuvchi-dastur tuzuvchi, 
• tizimli dastur tuzuvchi, 
• ma’lumotlar bazasi administratori. 
Bunda dasturchi tuzgan foydalanunchi MBBT uchun yozgan dasturiga 
javob beradi, tizimli dastur tuzuvchi esa butun tizimning ishlashi uchun javobgar 
hisoblanadi. U holda MB administratori tizimning saqlanish holatiga va 
ishonchliligiga javob beradi. 
MBBT quyidagicha tavsiflanadi: 
• Ispolnimost’—Bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozirjavoblik bilan 
muloqotga kirishish 
• Minimal’naya povtoryaemost’-Minimal takrorlanishlik MBdagi ma’lumot 
iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi. 
• YAxlitlik-axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi 
bog’liqlikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao. 
• Bezopasnost’-xavfsizlik MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli‚ 
himoya qilingan bo’lishi lozim. 
Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va 
foydalanish o’qishga egalik qilishi mumkin. 
Migratsiya-ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib 
turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. SHuning uchun 


ma’lumotlarni tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish 
kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida har bir MB modeli quyidagi 
xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi; 
1. Ma’lumotlar tuzilmalarining turi. 
2. Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar. 
Z. Butunlikning cheklanganligi. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə