Reja:
1. Zamonaviy matn muharrirrlari.
2. Matn muharrirlari funksiyalari.
3. Maxsus tahrirlovchilarning vazifalari
Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan
aniq amallar bajarilishini
ta`minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish,
fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma`lumotlarni qayta ishlash, audio
ma`lumotlarni
qayta ishlash, aloqa o`rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar
misol bo`la oladi.
Kompyuter tizimi bilan o’zaro muloqotda bo’lish, ko’nikmalarni hosil qilishda
va amaliy dasturiy ta'minot bilan
ishlashda, ishni odatda matn redaktorlaridan
boshlanadi
Matn kiritish dasturlar
.
Matn kirituvchi dasturlar qisqa hajmdagi matnlarni va ko`p
sahifali matnli
ma`lumotlarni kiritish uchun mo`ljallangan. Bu dasturlarning mavjudligi shu
yo`nalishda ishlaydigan mutaxassislar uchun qulay va ularning ish samaradorligini,
hamda uning sifatini oshiradi. Aniqrog`i bir marotaba kiritilgan ma`lumotni
kompyuterning xotirasida
uzoq muddatda saqlashi, o`zgartirish kiritishi, nusxa
olishi va istalgan nusxada chop etib olishi mumkin.
Matnli muharrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan va asosan
quyidagi vazifalarni bajaradi:
matnni faylga yozish; qo’shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar, qatorlar,
matn parchalarini almashtirish; orfografiyani tekshirish; matnni turli shriftlarda
bezash;
matnni tekislash; boblarni tayyorlash, matnlarni sahifalarga bo’lib
tashlash; so’z va jumlalarni izlash va almashtirish;
matnga sodda bezaklar
kiritish; matnni terib tayyorlash.
Komp’yuterda turli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini tayyorlash,
tahrir qilish va ularni sahifalashga xizmat qiluvchi vositalar bo’lib, imkoniyatlariga
ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- oddiy matnli ma’lumotlarni, turli formulalarni yozish,
tahrir qilish va
bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga LUX, Leksikon, PE2,
Chiwriter, WD, Multi-Edit kabi dasturlar misol bo’la oladi;
- yuqori sifatli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini (reklama
varaqalari, blankalar, vizit kartochkalari va h.k.) tayyorlash va ularni bosmaga
chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga WinWord, Word Perfect, Word
Star, XYWrite, AmiPro kabi dasturlar misol bo’la oladi;
- murakkab nashriyot mahsulotlarini sifatli tayyorlash va ularni sahifalash
imkonini beruvchi vositalar. Bularga Corel Wentura,
Page Maker, Ventura
Publisher, Quark Xpress kabi dasturlar misol bo’la oladi.
Dostları ilə paylaş: