S. F. Abdirasilov


F.Berdiyev. Akademik M.Nabiyev



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

F.Berdiyev. Akademik M.Nabiyev
portreti.
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


mazmuni, moddiy-texnikaviy asoslarda o‘z ifodasini topdi. Tasviriy 
san’at darsliklarini yaratish bilan bir qatorda o‘qituvchilar uchun o‘qüv- 
metodik adabiyotlar ham tayyorlandi. Natijada R.Hasanov va 
X.Egamovlaming birinchi sinf o‘qituvchilari uchun «Tasviriy san’at va 
badiiy mehnat darslari» (Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1997), R.Hasanovning 
5-sinf 
0
‘qituvchilari uchun «Tasviriy san’at darslari» (Toshkent: 
0 ‘qituvchi, 1997.) nomli qoMlanmalari chop etildi.
1996-1998-yillar davomida 1-4-sinflar uchun «Tasviriy san’at va 
badiiy mehnat» darsliklari yaratildi, biroq ulardan 1998-yilda faqat 
birinchi sinf darsligi chop etildi, xolos. Mazkur darslik 0 ‘zbekiston 
maktablari uchun rus, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, qoraqalpoq tillarida 
ham nashr etildi. Boshqa sinflari esa 1999-yiIda yangi o‘quv rejalari va 
ta’limning davlat standartlari ishlab chiqiiishi munosabati bilan nashr 
etilmay qoldi. Ta’limning davlat standartida bu o‘quv predmetiga har bir 
sinfda haftasiga bir soatdan vaqt ajratilgan edi.
1997-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi 
yangi tahrirdagi qonuni va «Kadriar tayyoriash milliy dasturi» 
hujjatlarining e’lon qilinishi katta tarixiy voqea bo‘ldi. Unda ta’lim 
sohasini 1997-2006 va undan keyingi yillar uchun ish rejasi va 
taraqqiyoti belgilab berilgan edi.
«Kadrlar tayyoriash milliy dasturi»da estetik turkumdagi fanlami 
o‘qitilishiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, xususan, uning «Uzluksiz 
ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari» qismida uzluksiz 
ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplaridan biri ta’limning ijtimoiy- 
lashuvi deb qaraldi. Unda ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni 
hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni 
shakllantirish lozimligi qayd etiladi’.
Ushbu hujjat asosida barcha fanlar qatori «Tasviriy san’at» o‘quv 
predmetidan ta’limning davlat standarti ham tayyorlandi. Mazkur 
standartda o‘quvchilami 1-7-sinflarda tasviriy san’atdan o'zlashtirishlari 
lozim bo'lgan bilim va malakalar belgilab berilgan edi. Unda tasviriy 
san’at o‘quv predmetining maqsad va vazifalari, faoliyat turlariga doir 
ko‘rsatmalar ham bayon etilgan bo‘lib, tasviriy san’at mashg‘ulotlari- 
ning turiari sifatida boriiqni idrok etish (1-4-sinflar), badiiy qurish- 
yasash (1-4-sinflar), naturaga qarab tasvirlash (1-7-sinflar), san’atshu­
noslik asoslari (1-7-sinflar), kompozitsiya (1-7-sinflar) bo'limlari qayd 
qilindi.
‘ Kadrlar tayyoriash milliy dasturi. //Barkamol aviod 

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə