S. F. Abdirasilov


O‘zbekiston rassomlari: V.Qaydalov, A.Volkov



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

O‘zbekiston rassomlari: V.Qaydalov, A.Volkov,
0 ‘.Tansiqboyev va boshq.
34
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tasviriy san’atning o‘qitilishini takomillashtirishda 1955-yilda 
Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutida tashkil etilgan 
badiiy-grafika fakulteti katta rol o‘ynadi. Mazkur fakultetda kunduzgi, 
kechki va sirtqi bo‘limlar orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlana 
boshlandi. Fakultetda dastlabki yillarda kadrlami kasbiy tayyorgarligi 
bo‘yicha mashg‘ulotlami Respublikamizning yirik rassomlari olib 
bordilar. 
Masalan, 
0 ‘zbekiston 
xalq 
rassomi 
A.Abdullayev, 
0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan rassomlar Yu.Elizarov, M.Saidov, 
A.Yurovskiy, T.Oganesov, shuningdek, Leningrad badiiy akademiyasini 
va Moskva badiiy institutini endi bitirib' kelgan yosh, lekin iste’dodli 
rassomlar R. Choriyev, N.Kovinina va boshqalar shular jumlasidandir.
1964-70-yillarda kadrlai- tayyoriash boshqa yo‘nalishlarda amalga 
oshirildi. Bu davrda boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetlarida 
«Boshlang‘ich sinf va tasviriy san’at o‘qituvchisi» mutaxassisligi 
bo‘yicha kadrlar tayyorlandi. Bunday yo‘nalishlardagi mutaxassislar 
Toshkent, Urganch, Qarshi, Namangan pedagogika institutlarida 
tayyorlandi. Keyinchalik yana Toshkent va Buxoro pedagogika 
institutlarida badiiy-grafika fakultetlari ochildi.
1970-yilda 
tasviriy 
san’at 
va 
chizmachilik 
o‘qituvchisi 
mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent va Buxoro pedagogika institutlari 
bilan bir qatorda Andijon, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, Angor, Xiva, 
Xo‘jayli, Shahrixon pedagogika bilim yurtlarida ham kadrlar tayyorlana 
boshlandi
1980-yil boshlarida tasviriy san’at o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha 
yiliga tayyorlangan kadrlar soni 800 kishidan ortdi. Bu faqat 
0 ‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tasviriy san’at 
o‘qituvchilariga 
bo‘lgan 
ehtiyojlarini 
yaqin yillarda 
qondirish 
mumkinligini bildirar edi.
Tasviriy san’atning o‘qitilishini yaxshilashda A.Shohamidov, 
M. Nabiyevlarning 1964-yilda nashr etilgan «I-IV sinflarda rasm 
darslari» metodik qo‘llanmasi, O. Apuxtinning 1965-yilda nashr etilgan 
«San’at haqida suhbatlar» nomli qo‘llanmalari 
0
‘qituvchilar tomonidan 
iliq kutib olindi.
1965-yildan boshlab tasviriy san’at o‘qitish metodikasi bo‘yicha 
darslik yaratishga kirishildi. 1969-yilda 1 sinf uchun «Tasviriy san’at» 
(A.Jiltsova, R.Hasanov); 1974-yilda II sinf uchun, 1976-yilda III sinf 
uchun «Tasviriy san’at» (R.Hasanov, A.Jiltsova); 1977-yilda IV sinf 
uchun «Tasviriy san’at» (R.Hasanov, B.Oripov va boshqalar) nashr
35
www.ziyouz.com kutubxonasi


etildi. 1-3-sinflar uchun nashr etilgan darsliklar keyingi yillarda bir 
necha bor qayta chop etildi.
Tasviriy 
san’at 
o‘qituvchilarining 
yetishmasligi 
natijasida 
0 ‘zbekiston maorif vazirligi kollegiyasining 1974-yil 26-avgustda 
«Pedagogika o‘quv yurtlarida musiqa va ashula, tasviriy san’at va 
chizmachilik o‘qituvchilarini 
tayyorlash va bu predmetlaming 
Respublika umumta’lim maktablari va pedagogika o‘quv yurtlarida 
o‘qitilishini yanada yaxshilash haqida»gi qaror qabul qilindi.
Tasviriy san’atning o‘qitilishini yaxshilash borasida qabul qilingan 
0 ‘zbekiston maorif vazirligi kollegiyasining O‘zbekiston rassomlar 
uyushmasi boshqarmasi bilan hamkorlikdagi 1979-yil 27-iyunda 
«Maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilari, 
0
‘qituv­
chilar va pedagogika o‘quv yurtlarining o‘quvchi-yoshlari badiiy 
tarbiyasini yanada yaxshilash choralari haqida» qabul qilgan qarori 
salmoqli o‘ringa ega bo‘ldi.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə