S. F. Abdirasilov



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

O‘zbekiston ganchkorlari.
Xalq ustasi Q. Jalilov
portreti.
1947-48-o‘quv yili uchin tuzilgan o‘quv rejada «Rasm» uchun 
haftasiga I sinfda 1 soat, II sinfda 1 soat, III-IV sinflarda 0,5 soat, V 
sinfda 1 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, natijada umumiy haftalik soatlar 4 
soatni tashkil etdi.
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


1950-60-yillar davomida tayyorlangan va nashr etilgan dasturiarda 
«Rasm» o‘quv predmetining vazifasi oldin tuzilgan dasturlardan farq 
qildi.
1953-yilda nashr etilgan dastur «Rasm solish» deb nomlanib, u 
o‘quvchilami tarbiyalashda katta rol o‘ynashi ta’kidlangan boMsa, 
1956-yilda nashr etilgan «Rasm» dasturida esa bu predmetning vazifasi 
o'quvchilami estetik jihatdan tarbiyalash vazifasiga xizmat qiladigan va 
o‘quvchilami har tomonlama kamol toptirishga yordam beradigan o‘quv 
predmetlaridan biri deb ko‘rsatildi.
1958-59-o‘quv yiliga kelib, o‘quv rejasida rasm chizishga 
ajratilgan soatlar oshdi va I-VI-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitila 
boshlandi.
Umuman olganda, 50-yillarda Respublika hukumati tomonidan 
maktablarda rasm predmetining o‘qitilishiga boMgan e’tibor kuchaydi. 
Bu avvalo maktablar uchun o‘qituvchi kadrlar tayyorlashda o‘z aksini 
topdi. Ma’lumki, maktabda badiiy ta’limni rivojiantirish ko‘p jihatdan 
pedagogik kadrlar tayyorlashga bog‘liq edi. 1950-yillarda bu masala 
bilan Samarqand va Toshkent badiiy bilim yurtlarini birlashtirish 
natijasida tashkil topgan P.P. Benkov nomidagi badiiy bilim yurti 
shug‘ullana boshladi. Bu badiiy bilim yurti maktablarda rasm o'quv 
predmetlaming o‘qitilishini sifat jihatidan yaxshilashga ma’lum miqdor­
da ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir maktablar bilan bir qatorda, maktabdan 
tashqari olib boriladigan seminar, konferensiya, yigMlishlarda ham o‘z 
ifodasini topdi. Shuningdek, badiiy bilim yurtini bitiruvchilar maktab­
larda tashkil etilgan ko‘rgazmalarda ham ishtirok etdilar.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə