S. F. Abdirasilov



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Qadimiy Yunon.
Poliklet. Inson
tanasining
mutanosibligi.
go‘zallik, ko‘proq xushbichim, tartib, ritm va 
simmetriya, bo‘laklar 
0
‘rtasidagi mutanosiblik, 
to‘g‘ri matematik munosabatlarda ifodalanadi.
Keyinchalik Yunonistonda rasm ishlash- 
ning bir necha o‘ziga xos maktablari paydo 
bo‘lgan. Ular orasida tasviriy san’at va uni o‘qitish taraqqiyotida Sikion 
maktabi katta rol o‘ynagan. Bu maktabda o‘qitish ishlari ilmiy asosda 
tashkil etilgan bo‘lib, bolalar ko‘proq tabiatga, uning qonuniyatlarini 
bilishga qaratilgan.
Bu maktabni bitirganlar orasida Pamfildek mashhur rassomlar ham 
bo‘lgan. Pamfil rasm chizishning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatini 
ko‘rsatib bergan. Bu haqda uning zamondoshi Pliniy shunday deb 
yozgan edi: «Uning sa’y-harakati bilan aw al Sikionda, so‘ngra 
Yunonistonda hamma bolalarga rasm chizishni o‘rgatish lozimligi 
belgilab qo‘yilgan. Boshlang‘ich ta’lim rasm chizishdan boshlanishi 
qayd qilingan edi».
Uyg‘onish davri. Uyg‘onish davrida Italiya tasviriy san’ati va uni 
o‘qitish metodi katta rol o‘ynagan. Bu davrda rasm chizish umumiy 
ta’lim beradigan o‘quv predmetlari qatoriga kiritildi. Mashhur
19
www.ziyouz.com kutubxonasi


rassomlardan Chennino Chennini, Leon Batista Alberti, Leonardo da 
Vinchilar bu borada e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirganlar. 
Ularning asarlarida fan va san’at o‘rtasidagi aloqalar, proporsiya, 
perspektiva, anatomiya masalalari asosiy o‘rinni egalladi. Ularning 
fikrlariga ko‘ra naturaga qarab rasm ishlash o‘qitishning asosini tashkil 
etishi lozim hisoblangan.
Ayniqsa, Leonardo da Vinchi tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi 
rivoj lanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. U o‘zining «Книга о живописи» 
nomli ishida rassomlikni jiddiy ilmiy fan sohasi deb qaraydi. U ko‘p 
yillar davomida anatomiya, rang, kishi a’zolari o‘rtasidagi mutanosiblik 
qonuniyatlarini ishlab chiqqan.
Tasviriy 
san’atni 
o‘qitishni 
takomillashtirishda 
Uyg‘onish 
davrining nemis rassomlaridan A.Dyurerning xizmatlari katta bo‘ldi. U 
birinchi bo'lib rasm ishlashni yengillashtirish uchun geometrik metodni 
o‘ylab topdi. Uning fikricha, har qanday buyum, narsalar asosida 
geometrik jism shakli yotadi. Shuning uchun u yoki bu narsalarni 
tasvirlashda avval geometrik jism shaklini chizib olinishi lozim, keyin 
ular umumlashtirilib, haqiqiy tasvir hosil qilinadi. Keyinchalik uning bu 
metodi 
Dyupyui, 
Ashbe, 
Chistyakov 
kabilarning 
pedagogik 
faoliyatlarida keng qo‘llanila boshlangan. Hozirgi kunlarda ham bu 
metod o‘z kuchini yo‘qotganicha yo‘q.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə