S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə3/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
билиш жараёнлари (5)

Ixtiyorsiz diqqat diqqatning quyi formasi bo’lib, odatda qo’zg’atuvchilarning analizatorlardan birortasiga ta’sir etishi natijasida sodir bo’ladi. U mo’ljal olish refleksi qonuniyatiga ko’ra paydo bo’ladi va odamlar hamda hayvonlar uchun umumiydir. Ixtiyorsiz diqqat ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi hamda bu qo’zg’atuvchilarning odamni ilgarigi tajribasi yoki psixik holatiga muvofiq kelishi tufayli paydo bo’lishi mumkin. Ta’lim va tarbiya jarayonida shakllanuvchi, faqat odamga xos bo’lgan ixtiyoriy diqqat ancha murakkabdir. Uning xarakterli xususiyati shundaki, u obyektga niyat va qo’yilgan maqsad ta’sirida yo’llanadi. Kishida paydo bo’ladigan talab, ehtiyojlar, organizmdagi o’zgarishlar, masalan chanqash, og’piq, ko’ngil g’ashligi kabi holatlar ham diqqatimizni jalb etishi mumkin. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka (mo’ljal) yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi. Chunonchi, tevarak- atrofimizdagi narsalarning salgina o’zgarishi bizda darhol mo’ljal refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, «nima gap» degan ma’noda atrofimizga razm sola boshlaymiz. Shuningdek, turli his-tuyg’ular, xususan qiziqish ixtiyorsiz diqqatga sabab bo’ladi. Qiziqarli roman, kinofilm, qiziqarli suhbat diqqatimizni o’ziga beixtiyor tortadi. Shuning uchun diqqatning bu xili emotsional diqqat ham deyiladi.
Ixtiyoriy diqqat qat’iy maqsad asosida yo’naltirilgan diqqatdir. Diqqatning bu turi o’zini majbur qilib, zo’r berib ongni bir faoliyat ustida to’plab turishlikni bildiradi. Ixtiyoriy diqqatning psixologik xususiyati uni ko’p va kam irodaviy zo’r berish, jiddiylik (tanglik) bilan birga bo’lishidadir, bunda ixtiyoriy diqqatning uzoq saqlanishi toliqishiga, ko’pincha jismoniy zo’r berishdagidan ko’ra ko’proq toliqishga sabab bo’ladi. Shuning uchun o’qitish davrida ixtiyoriy diqqatning kuchli to’planganligi ortiqcha davomli bo’lmasligi lozim.
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko’pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz emas, chunki diqqatning muayyan obyektga yo’naltirilishi iroda
kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo’ri bilan yo’naltirilgan obyektda to’planib turadi.
1-shakl






Yüklə 259,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə