S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə5/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
билиш жараёнлари (5)

Diqqatning ko’lami, xajmi uning taqsimlanish xususiyati bilan belgilanib, ayni bir vaqtning o’zida aniq-ravshan idrok etiladigan obyektlar soni bilan tavsiflanadi. Diqqatning obyektlari o’rtasida kanchalik yaqin bog’lanishlar mavjud bo’lsa, uning xajmi shunchalik keng bo’ladi va aksincha.
Diqqatning taqsimlanishi - ikki va undan ortiq faoliyat turlarining ayni bir vaqtning o’zida muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan bog’lik xususiyatidir. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida axamiyatga ega.
Diqqatning ko’chishi subyektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir obyektdan ikkinchi obyektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o’tishida namoyon bo’lib, bunda ko’chish to’liq yoki chala bo’lishi mumkin.
Diqqatning bo’linishi uning ko’chishidan farqli o’larok ixtiyorsiz tarzda bo’ladi. Diqqatning bo’linishi shaxsning asosiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ahamiyatsiz bo’lgan obyektga ko’chishida namoyon bo’ladi.
Diqqatni obyektga qarata olmaslik va yunaltira olmaslik bilan bog’liq salbiy xususiyatlar, ya’ni diqqatning buzilishi ham uchrab turadi. Ulardan biri parishonxotirlikdir.
Parishonxotirlik - diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat. Parishonxotirlik vaqtincha holat bo’lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror hislati bo’lishi ham mumkin. Parishonxotirlikning ikki turi mavjud bo’lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo’lsa, ikkinchisi diqqatni muayyan obyekt ustiga kuchli tuplantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir.

Sezgi jarayoni haqida tushuncha. Sezgi xususiyatlari va turlari.


Inson organizmiga ta’sir etadigan ayrim narsa va hodisalar obrazlarining miyada bevosita aks etish faoliyatiga sezgilar deyiladi. Biz sezgilar yordamida predmetlarning rangini, shaklini, katta yoki kichikligini aniqlaymiz.
Sezgilar sodda psixik jarayon bulishiga qaramay, barcha bilimlarimizning asosiy manbai hisoblanadi. Chunki narsa va hodisalar aks etishining ko’pchilik qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo’lmaganda biz tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni aks ettirishdan va ularni bilishdan maxrum bo’lar edik.
Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir. Sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqelikning xaqqoniy tasvirini aks ettirib, ular qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa, ular xuddi shundayligicha hech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Tevarak-atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, xidlar va xarorat, miqdor va ko’plab boshqa narsalar to’g’risida biz sezgi tufayli bilamiz. Kishi vujudi sezgi a’zolari yordamida sezgilar shaklida tashqi va ichki muhitning xolati haqida rang-barang axborot olib turadi. Sezgi xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

    1. shakl


Sifat - sezgining asosiy xususiyati bo’lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o’zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko’rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan farqlanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko’p turliligi materiya harakati shakllarining turli-tumanliligini aks ettirishidir.
Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo’lib, ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchining kuchi va retseptorning funktsional xolati bilan belgilanadi.
Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tavsiflanishidan iborat bo’lib, u ham sezgi a’zolarining funktsional xolati bilan, shuningdek, qo’zg’atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi bilan o’lchanadi. Qo’zg’atuvchi sezgi a’zosiga ta’sir qilishi bilan darhol sezgi hosil bo’lmaydi, balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi.
Sezgilar uchun qo’zg’atuvchining fazoviy lokalizatsiyasi qo’zg’atuvchining fazoda o’rin egallashi bilan tavsiflanadi. Distant, ya’ni masofa retseptori tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz qo’zg’atuvchining fazodagi o’rni haqida ma’lumot beradi. Kontakt sezgilar: taktil, og’riq, maza badanning qo’zg’atuvchi ta’sir qilayotgan joyi bilan bog’liqdir. Bunda og’riq sezgilarining lokalizatsiyasi, ya’ni badanda joylashgan o’rni, taktil sezgilarga qaraganda badanga anchagina tarqalgan bo’lib, ular unchalik aniqlik darajasiga ega emas. Sezgilar bilan bog’liq hodisalar mavjud va ular turli xolatda o’z ifodasini topadi.
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta, negaki, ular bizning olam haqidagi va o’zimiz to’g’rimizdagi bilimlarimiz manbai hisoblanadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar mavjud:

  • eksterioretseptiv;

  • proprioretseptiv;

  • interioretseptiv. Ular o’z navbatida quyidagi sezgi turlariga bo’linadi. Ko’rish sezgilari. Inson tomonidan rang va yorug’likni sezish ko’rish sezgilari tarkibiga kirib, uning organi - ko’z hisoblanib, u ko’z soqqasi va undan

chiqib keladigan ko’ruv nervlaridan tashkil topgan.
Insonning hayoti va faoliyatida kurish sezgilarining roli benihoya katta. Ko’rish hodisasini vujudga keltiruvchi fizik sabab har xil uzunlikda bo’lgan elektromagnit tulqinlaridir. Odamning ko’zi 390 millimikrondan 800 millimikrongacha uzun elektromagnit tulqinlari taassurotini seza oladi. Ko’z murakkab tuzilgan sezgi a’zosi bo’lib, u ko’z kosasida joylashgan va maxsus ko’z mushaklari yordami bilan har tomonga burila oladi. Ko’zimizga ko’rinadigan har bir narsaning o’ziga xos rangi bor. Faqat juda tiniq narsalarning rangi yo’q, shuning uchun ham ular ko’zga ko’rinmaydi.

Yüklə 259,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə