4
.
2
.
M a ’lu m o tla r b azasin i tiklash
95
Nusxalashning yana bir usuli “ko‘zguli nusxalash” mavjud.
Ushbu usulga binoan diskda yangi fayl paydo boiishi bilanoq, u
nusxada ham (vaqtning real rejitnida) paydo boiadi. Ba’zi muta-
xassislar ushbu usulni ikki tomonlama sinxronlash deb atashadi.
Rezervli nusxalashga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- axborot saqlanishining ishonchliligi. Saqlash tizimining
buzilishlarga bardosh uskunalarni qoilash, axborotni takrorlash va
nusxalardan biri yo‘q qilingan holda yo‘qolgan nusxani ahnashtirish
orqali erishiladi;
- ekpluatatsiyada soddaligi. Avtomatlashtirish (iloji boricha
foydalanuvchi va ma’mur ishtirokini minimallashtirish) orqali
erishiladi;
- tezda tatbiq etish (dastumi osongina o'matish va sozlash,
foydalanuvchilami tezlik bilan o‘rgatish).
Rezerv nusxani saqlovchi qurilmaga uzatish usuli bo‘yicha
maiumotlami rezervli nusxalashning quyidagi xillarini ko‘rsatish
mumkin: lokal hisoblash tarmog‘i orqali, rezerv nusxalash
serverining ishtirokisiz maiumotlami saqlash tarmogi orqali, “bir
lahzali nushalar” mexanizmidan foydalanib maiumotlami saqlash
tarmogi orqali. TCP/IP asosida kompyuter tizimi orqali rezervli
nusxalashning afzalligi - amalga oshirilishining va rezervli
nusxalash infrastrukturasiga o‘zgartirish kiritishning soddaligi.
Bunda rezervli nusxalashning tarrooq agentining dastur ta’minotini
server-mijozga o‘rnatish va tarmoq bo‘yicha rezervli nusxalash
serveri bilan o‘zaro aloqasini sozlash kifoya. Rezervli nusxalash
quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi: rezervli nusxalash
serveri kompyuter tarmogi orqali server-mijozdagi rezervli nusxa
lash agentiga komanda jo ‘natadi. Ushbu agent rezervli nusxalash
serveriga maiumotlarlanii tayyorlash va jo‘natish bo‘yicha amal-
lami bajaradi. Rezervli nusxalash serveri maiumotlami qabul qiladi
va saqlash qurilmasiga yozadi. Tarmoq infrastrukturasida qandaydir
o‘zgarish sodir boiganida, tarmoq agenti tezda qayta sozlanishi va
rezervli nusxalash tizimi ishini davom ettirishi mumkin. Undan
tashqari, ushbu texnologiyaning amalga oshirilishi arzon va server-
mijozlaming maiumotlami saqlovchi tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ulanishini talab etmaydi, ya’ni SANga (Storage Area Network -
Maiumotlami saqlash tarmogi) ulanmagan serverlardagi yoki
96
ma’lumotlar saqlanuvchi tarmoqqa virtual ulangan serverlardagi
ma’lumotlarni himoyalash uchun ishlatilishi mumkin.
Ushbu usulning kamchiligi - kompyuter tizimining rezervli
nusxalash trafigi bilan yuklanishi, server - mijozga yuk, kompyuter
tizimi va rezervli nusxalash serveri interfeyslarining o‘tkazish
qobiliyatiga bog'liqligi, rezervli nusxalashni berilgan “vaqt orali-
g‘ida” bajarish zarurligi, masshtablash bo‘yicha imkoniyatlarining
cheklanganligi. Albatta, rezervli nusxalash trafigini uzatish uchun
ajratilgan kompyuter tizimini tashkil etish, rezervli nusxalash ser-
verining tarmoq interfeyslarini yagona “yo‘g‘on” tarmoq interfeys-
larga birlashtirish mumkin. Ammo bu choralar ma’lumotlar himoya-
si infrastrukturasining murakkablashishiga va uning masshtabla-
nishining yomonlashishiga olib keladi. Shunday bo‘lsa-da, ushbu
texnologiya operatsion tizimning tizimli ma’lumotlari va ilovalar
kabi kamdan-kam o‘zgaruvchi ma’lumotlami rezervli nusxalashga
butunlay mos.
Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar fayllarining ikki xili
yaratilishi mumkin.
Birlamchi m a’lumotlar fayli (Primary data file).
Ushbu fayl-
ning yaratilishi shart bo‘lib, unda ma’lumotlar bazasi katalogining
yuklama axboroti va ma’lumotlar bazasining boshqa fayllariga ko‘r-
satkichlar saqlanadi. Ma’lumotlaming birlamchi faylida obyektlar
va foydalanuvchilar ma’lumotlari joylashishi mumkin. Birlamchi
fayl nomi uchun
m df
kengaytirish tavsiya etiladi.
Ikkilamchi m a’lumotlar fayli (Secondary data file).
Ushbu
faylning yaratilishi shart boimay, unda obyektlar va foydalanuv
chilar ma’lumotlari saqlanadi. Unumdorlikni oshirish uchun ikki
lamchi fayllami turli disklarda saqlash tavsiya etiladi. Ma’lumotlar
bazasida 32766 dan ko‘p boMmagan ikkilamchi fayllar joylashtiril-
ishi mumkin. Ikkilamchi fayl nomi uchun
ndf
kengaytirish tavsiya
etiladi.
Tiklash modeli (recovery model) - ma’lumotlar bazasi konfigu-
ratsiyasining parametri bo‘lib, tranzaksiyalami ro‘yxatga olishni,
tranzaksiya jumalining rezervli nusxasini yaratishni va ma’lumotlar
bazasini tiklash parametrlarini boshqaradi. Tiklash modelini tanlash,
ma’lumotlar bazasini tiklashga va tiklash modelining tranzaksiyani
97
ro‘yxatga olishi yoki olmasligiga bogMiq holda unumdorlikka jiddiy
ta’sir ko'rsatadi.
To‘liq tiklash modeli deganda, ma’Iumotlar bazasi yadrosining
tranzaksiyalar jumalida barcha amallami ro‘yxatga olishi va hech
qachon jumalni qisqartirmasligi tushuniladi. Ushbu model ma’Iu
motlar bazasini uning yanglishishi onigacha bo‘lgan holatini tik-
lashga imkon beradi.
Tiklashning oddiy modeli aksariyat tranzaksiyalar xususidagi
ma’lumotlaming eng oz miqdorini ro‘yxatga oladi va har bir nazorat
nuqtasidan so‘ng tranzaksiyalar jumalini qisqartiradi. Tiklashning
ushbu modeli rezervli nusxalashni va tranzaksiyalar jumalini tik-
lashni madadlamaydi. Uning ustiga ma’lumotlaming alohida sahi-
falarini tiklashga imkon bermaydi.
To‘liq bo'lmagan bayonnoma tuzishli modelda ma’Iumotlar
bazasi yadrosi SELECT INTO va BULKINSERT kabi ommaviy
amallaming eng oz miqdorining ro'yxatini olib boradi. Agar jumal-
ning rezerv nusxasi tarkibida qandaydir ommaviy amallar bo‘lsa,
ma’Iumotlar bazasini tranzaksiyalar jumalining rezervli nusxasining
oxiriga mos holatigacha (vaqtning ma’lum onigacha emas) tiklash
mumkin. Tiklashning ushbu modeli faqat katta ommaviy amallar
uchun ishlatiladi.
Rezervli nusxalashning asosiy turlari.
Rezervli nusxalashning
ikkita asosiy turi mavjud:
- zid bo‘lmagan (sovuq) rezervli nusxalash. Bunda nusxalar
foydalanuvchi uchun ma’Iumotlar bazasi berk (close) bo‘lganida
yaratiladi. Avtonom rejimda yaratilgan ma’Iumotlar bazasining re
zervli nusxasi tarkibida ma’lumotlaming barcha fayllari, takror-
lanish jumallari va boshqaruvchi fayllar bo‘ladi. Ma’Iumotlar bazasi
to‘xtatilganidan so‘ng barcha fayllar disklaming birida nusxalanadi.
Nusxalash tugaganidan so‘ng ma’Iumotlar bazasini qayta yuklash
amalga oshiriladi;
- operativ rejimdagi rezervli (qaynoq) nusxalash. Masalan,
ma’Iumotlar bazasi doimo operativ rejimda bo‘ladi va foydala-
nuvchilar foydalana oladi.
Tranzaksiyalar jumalining rezervli nusxasini faqat to‘liq
tiklash modeli yoki to‘liq bo‘lmagan bayonnoma tuzishli model
o‘matilgan ma’Iumotlar bazasi uchun yaratish mumkin. Shuning-
98
dek, tranzaksiyalar jumalini nusxalash faqat rezervli nusxalashdan
so‘ng amalga oshirilishi mumkin. Tranzaksiyalar jumali tarkibida
ma’lumotlarning faqat qismigina bo'ladi, shuning uchun ma’lumot-
lar bazasini tiklash uchun uning to‘liq nusxasi ham talab etiladi.
Rezervlashning ikki xilidan ishonchlikning eng katta yutug‘iga
almashtirishli rezervlashda erishiladi. Ammo rezervlashning ushbu
xilini amalga oshirish tizim holatini nazoratlovchi avtomatni va
ishlab turgan tizim yanglishganida uzib-ulovchi (kommutator)
qurilmani talab etadi.
Ma’lumotlar bazasi har biri o‘z ichiga ma’lumotlaming qo1-
shimcha fayllar to‘plamini va tranzaksiya jurnallarini oluvchi fayl
guruhlari to‘plamiga “tarqatilishi” mumkin (4.1-rasm).
0 0 0 0 L
b
Dostları ilə paylaş: |