S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74
MA’ruza matni

Samarqand 

shahri  yunon  tarixchilari  asarlarida 



Marakanda 

ko'rinishida 

yozilgan.  Biroq  undan  keyingi  barcha  manbalarda  bu  shahar  nomi  S  harfi  bilan 

boshlangan.  Chunonchi,  sug'd  hujjatlarida  bu  tarixiy  shahar  nomi  Smarakans  deb 

bitilgan. 

Tilni  tushunmaydigan  kishi  so'zni  noto'g'ri  eshitadi  degan  fikr  bor.  Bizning 

fikrimizcha,  yunonlar  ham  mahalliy  so'zlarni,  jumladan, nomlarni g'alati  eshitishgan 

va shahar nomini quloqlariga chalinganday, S harfisiz yozishgan. 

Ma'lumki,  O'rta  Osiyoda  ming  yildan  ortiq  davr  davomida  barcha  yozma 

yodgorliklar  arab  yozuvida,  ko'p  hollarda  arab  tilida  yozilgan.  Arab  yozuvi  turkiy 

tillarning imlosi ehtiyojlariga to'la javob bermas edi. 

Ana shuning uchun ham arab mualliflari, shahar-qishloqlar, daryolar va boshqa 

geografik  obyektlami  yozishda  jiddiy  xatoliklarga  yo'l  qo'yganlar.  Masalan,  «Arab 

geograflari  kutubxonasi»  seriyasiga  oid  (IX-XI  asrlar)  mashhur  tarixiy  geografik 

asarlarda  Movaraunnahr,  jumladan,  O'zbekistondagi  bir  necha  yuz  geografik  nom 

tilga olingan. Boshqa manbalardan farqli o'laroq, bu seriyadagi «Kitob ul-masolik va 

ul-mamolik»  (Yo'llar  va  mamlakatlar  haqida  kitob)  nomli  asarlar  to'plamida 

(mualiflar  Ibn  Xurdodbeh,  Ibn  Havqal,  Istaxriy,  Muqaddasiy  asarlari)  shahar-




qishloqlar, daryo va tog'lar, shahar darvozalari, bozorlar, tarixiy-me'moriy va boshqa 

yodgorliklarning  nomlarini  unli  tovushlarda  berishda  zeru  zabardan  ham 

foydalanilgan  va  mahalliy  talaffuzni  to'g'riroq  ifodalashga  harakat  qilingan.  Shunga 

qaramasdan,  joy  nomlarining  yozilishi  milliy  talaffuzni  to'la  aks  ettira  olgan  emas. 

Nomlarning haqiqiy talaffuzini aniqlash shuning uchun ham qiyinki, arab mualliflari 

bu  nomlarni  arabcha  talaffuz  qonunlariga  bo'ysundirishga  harakat  qilganlar,  holbuki 

arabcha talaffuzda cho'zinchoq unlidan so'ng ikki undoshning va qisqa unlidan keyin 

ham uchta undoshning kelishi mumkin emas. Shuning uchun ham Sam'oniy 



Sangbad 

o'rniga 


Sangabad,  Surxkat 

o'rniga 


Surxakat,  Sutxon 

o'rniga 


Sutaxon 

deb  yozishgan, 

Ko'pgina  nomlar  tarkibida  takror-takror  uchraydigan  oxirgi  qo'shimchalarning 

talaffuzini aniqlash ayniqsa muhim. Chunki bular turdosh otlar. Sug'dcha joy nomlari 

tarkibida  keladigan   

varq 

(to'g'on)  so'zi  arab  geograflari  asarlarida 



varaq 

deb, 


fag'n 

«ibodatxona» so'zi esa 



fag'an 

shaklida yozilgan. 

Shundan  ko'rinadiki,  arab  mualliflari,  hatto  arab  yozuvida  yozgan  mahalliy 

mualliflar  ham  geografik  nomlarni  yozishda  mahalliy  sharoitni,  milliy  talaffuzni 

yetarlicha  inobatga  olishmagan.  Bunda  turkiy  tillarga  xos  bo'lmagan  tovushlarni 

ifodalaydigan  harflarning  ishlatishi  ham  rol  o'ynagan.  Arab  tilida  va  arab  yozuvida 

bitilgan  tarixiy  yodgorliklar  geografik  nomlar  transkripsiyasi  nuqtayi  nazaridan 

sinchiklab  o'rganilmas  ekan,  tarixiy  transkripsiya  masalasi  yuzasidan  uzil-kesil  flkr 

bildirish amri maxol. 

Arab  yozuvining  katta  kamchiliklaridan  biri  shu  ediki,  so'zlarni,  jumladan, 

atoqli  otlarni  yozishda  bir  qancha  hollarda  unli  tovushlar  o'z  aksini  topmas  edi. 

Masalan, 



Samarqand 

harfma-harf  o'qiganda, 



Smrqnd,  Buxoro  –  Bxoro,  Farg'ona  – 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə