S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
MA’ruza matni

standartlashtirish 

deyiladi. 




Agar  bunday  vazifa  birgina  davlatning  manfaatini  ko'zlab  bir  til  (ko'p  millatli 

davlatda  bir  necha  til)  vositasida  amalga  oshiriladigan  bo'lsa,  bu  geografik 

nomlarning 

milliy  standartlashtirilishi 

deb  yuritiladi.  Bordi-yu  bu  ish  xalqaro 

aloqalar  tobora  avj  olajotgan  hozirgi  davrda  ayni  vaqtda  bir  necha  davlatning 

mushtarak  manfaatlarini  ko'zlab  amalga  oshirilsa,  o'z-o'zidan  geografik  nomlarning 



xalqaro  standartlashtirilishi 

vujudga  keladi.  Bunda  ham  xalqaro  standartlashtirish 

milliy standartlashtirishga asoslanadi. 

Hozirgi  vaqtda  geografik  nomlarni  milliy  standartlashtirish  rivojlangan  va 

rivojlanayotgan  mamlakatlaming  ko'pchiligida  amalga  oshirilmoqda.  Ko'pgina 

mamlafatlarda  davlat  kartografiya  xizmatlari  (chunonchi,  mahkamalararo  geografik 

nomlar  komissiyasi)  ishlab  turibdi.  Geografik  nomlarni  standartlashtirish 

muammolari  milliy  tashkilotlarninggina emas, balki  xalqaro ilmiy  va  hukumatlararo 

tashkilotlarning  ham  diqqat-e'tiborini  tobora  ko'proq  o’ziga  jalb  qilmoqda.  Xalqaro 

onomastika  fanlari  komiteti  (IGOS),  Xalqaro  fonetika  assotsiyatsiyasi  (IPA), 

Antarktikani o'rganish Ilmiy komiteti (SOAR), Xalqaro gidrografiya tashkiloti (IHO), 

Xalqaro  fuqarolar  aviatsiyasi  tashkiloti  (IGAO),  Xalqaro  aloqa  uyushmasi  (ITV), 

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) ana shular jumalasidandir. 

Keyingi yillarda geografik nomlarni standartlashtirish muammosiga Birlashgan 

Millatlar Tashkiloti (BMT) katta ahamiyat bermoqda. BMT tomonidan chaqirilgan va 

geografik  nomlarni  standartlashtirishga  bag'ishlangan  bir  necha  konferensiya, 

BMTning geografik nomlar bo'yicha Ekspertlar guruhlari faoliyati shuning dalilidir. 

Ma'lumki,  uzoq  vaqtlar  mustamlaka  bo’lib  kelgan  va  mustaqil  taraqqiyot 

yo’liga kirgan bir qancha mamlakatlarda geografik obyektlarning nomlari topografik 

kartalarda  metropoliyalardan  kelgan  mutaxassislar  va  topografiar  tomonidan 

aniqlangan shakllarda muhrlanib qolgan edi. Mustamlaka qaramligidan ozod bo'lgan 

mamlakat  xalqlarining  milliy  ongi,  madaniyatining  o'sishi  oqibatida  geografik 

nomlarning milliy talaffuz va yozilish shakllarini tiklash jarayoni boshlandi. Chunki 

toponimlammg  milliy  doirada  tan  olingan  shakllari  xalqaro  iste'mol  uchun  tavsiya 

etiladi. 

Respublikamizda  ham  bu  ishga  qo'l  urildi.  Mamlakatimizda  birinchi  o'laroq 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va 

davlat  kadastri  Bosh  boshqarmasining  Geoinformatika  va  kadastr  milliy  markazi 

Toponimika 

laboratoriyasi 

Respublikamiz 

geografik 

obyektlarining 

standartlashtirilgan, qat'iylashtirilgan nomlar lug'atini yaratish ustida ishlamoqda. 

Chunki  O'zbekistonning  geografik  nomlari  ilmiy  manbalarda  ham,  rasmiy 

hujjatlarda  ham,  biron  marta  ham  milliy  shakllarda  to'laroq  raqamlangan  emas. 

To'g'ri,  geogfafik  nomlar  borasida  bir  qancha  tarixiy,  lisoniy,  rasmiy  manbalar 

ma'lum.  Chunonchi,  Turkiston,  jumladan,  hozirgi  O'zbekiston  hududi  joy  nomlari 

ko'hna yodnomalarda ham qayd qilingan. Masalan, IX-X asrlarda yashab ijod etgan, 

shu  diyorda  ham  bo'lib  o'lkaning  bir  qancha  geografik  nomlari  haqida  ma’lumotlar 

bergan,  arab  geograflari  Ibn  Xurdodbeh  (820-913),  Ibn  Havqal  (tug'ilgan  yili 

noma'lum - 976 yilda vafot etgan), Istaxriy (850-934 yillar), Muqaddasiy (946-1000) 

va  boshqalarning  8  jildli  «Arab  geograflari  kutubxonasi»  nomi  bilan  mashxur 

asarlari,  eronlik  olim  Rashid  ad-dinning  (1247-1318)  «Solnomalar  majmui», 




noma'lum  muallifning  «Hudud  ul-olam»  (982-983  yillarda  bitilgan),  Narshaxiyning 

«Buxoro tarixi» va bir qancha tarixiy asarlar shular jumlasidan. 

XIX asr oxirida arab alifbosida bitilgan va talay geografik nomlarrfl o'z ichiga 

Zarafshon vodiysi shahar va qishloqlari ro'yxati alohida diqqatga sazovor. Biroq arab 

yozuvida raqamlangan yozma yodgorliklami fonetik jihatdan ishonchli manba deyish 

qiyin.  Chunki  eski  arab  yozuvida  ba'zibir  qisqa  unli  tovushlar  va  o'zbek  tili  uchun 

xarakterli bo'lgan ayrim undoshlar (masalan ch, p tovushlari) o'z aksini topmagan. 

Lotin  alifbosining  qabul  qilinishi  (1929-1930),  keyinroq  (1940)  rus  yozuviga 

o'tilishi  bilan  ahvol  butunlay  o'zgardi,  joy  nomlarining  yozuv  shakllari  ularning 

talaffuziga ancha mos kela boshladi. 

Barcha turdagi geografik nomlar rus tilidagi topografik xaritalarda deyarli to'liq 

o'z  aksini  topgan  edi.  Biroq  rus  topograflari  o'zbek  tilini  bilmaganlaridan  nomlarni 

ko'pincha  o'z  tiliga  moslashtirishga  harakat  qilganlar.  Oqibatda  talay  geografik 

nomlar  geografik  xaritalarda  buzib  qayd  qilingan.  Masalan,  Kirakash  ruscha 

Karakash deb yozilgan, bu o'zbekchaga qayta Qoraqosh shaklida qayd qilingan. Yoki 

olaylik, Qorasuv nomli soylar, ariqlar, buloqlar O'zbekistonda juda ko'p, Qorasuv bir 

o'rinda  ruschada  Karasu  o'rniga  Karasi  bo'lib  ketgan,  natijada  buni  baliq  nomidan 

olgan bo'lsa  kerak  degan  taxminda  Karas qilib o'zgartirishgan. Ba'zan  joy  nomlarini 

milliylashtirish  o'rniga  buzish  hollari  ham  uchraydi.  Farg'ona  shahri  yaqinidagi  bir 

qishloq nomi  Qo'qon  xonligi arxivlarida  arab  yozuvida  Kirgili,  Kirgil shaklida qayd 

qilingan.  Keyinchalik  shu  qishloq  o'rnida  paydo  bo'lgan  shaharcha  Qirgull  deb 

yotiladigan bo'ldi.  

Bu    misollar    shuni    ko'rsatadiki,      Respublikamiz    hududidagi  minglab 

geografik obyektlarning nomlarini standartlashtirish oson ish emas. 

Buning  uchun  mamlakatimiz  hududidagi  jamiki  geografik  nomlarni  to'plab 

muayyan til qonun-qoidalari asosida qat'iylashtirish kerak bo'ladi. 

Toponimika laboratoriyasida keyingi yillarda 1:1000000, 1:500000 va 1:200000 

masshtablardagi  topografik  xaritalarda  uchraydigan  barcha  geografik  nomlar  qog'oz 

kartochkalarda  va  kompyuter  xotirasida  hisobga  olindi.  Ana  shu  axborotlarda 

geografik  obyektning  o'rni,  turi,  nomining  davlat  tilida  kirill  va  lotin  yozuvlaridagi 

shakllari  aniqlandi.  Bu  esa  Respublikamizdagi  yirik  obyektlar  nomlarining 

qat'iylashtirilgan  shakllari  yuzasidan  davlat  hokimiyati  organlari  va  kartografik 

korxonalarning ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi. 

Yaqin  yillarda  1:100000  masshtabdagi  topografik  xarita  varaqalarining 

geografik  obyekt  nomlari,  so'ng  1:50000,  masshtabdagi  topografik  kartalarining 

geografik nomlari borasida ma'lumotlar jamlanadi. 

Shunday  qilib,  Geografik  nomlarning  avtomatlashtirilgan  davlat  katalogi 

vujudga  keladi.  Bunday  katalogni  yaratish  jarayonida  uning  axborot,  dasturiy  va 

texnikaviy ta'minotlarini ishlab chiqish talab etiladi. 

Axborot  ta'minoti  deganda  hujjatlarning  ko'rsatkichlari,  axborot  kodlari  va 

geografik  nomlarning  majmuyi,  shuningdek,  ularni  uyushtirish,  saqlash  va  nazorat 

qilish usullari tushuniladi. 

Texnikaviy  ta'minot  axborotlarni  kiritish,  saqlash  va  qayta  ishlashga 

mo'ljallangan  va  bir-biriga  ulangan  texnikaviy  vositalar,  jumladan,  eng  yangi 

kompyuterlar yig'indisi nazarda tutiladi. 



Geografik  nomlarning  yozilish  shakllarini  standartlashtirish,  ya'ni  xarita,  atlas, 

rasmiy  hujjatlar,  ilmiy  asarlar,  darsliklar,  matbuot  organlarida  bir  xilda  yozilishini 

ta'minlash  mamlakatimiz  tarixida  birinchi  bor  amalga  oshirilayotgan  o'ta  qiyin  va 

mas'uliyatli vazifa. 

Bu ishning qiyinligi shundaki, necha minglab joy nomlari shaklida uchraydigan 

yoki  ularning  tarkibida  keladigan  ijtimoiy-iqtisodiy,  geografik  atamalar,  o'simliklar 

va  hayvonlar,  urug'-aymoq  nomlari,  hatto  kishi  ismlari  ham  turli  joylarda  turlicha 

fonetik,  semantik  shakllarda  muhrlanib  qolgan.  Boz  ustiga  toponimlar  tarkibidagi 

qadimiy so'zlai hozirgi vaqtda butunlay tushunarsiz bo'lib qolgan. 

Xorijiy  mamlakatlar  bilan  iqtisodiy,  ilmiy,  madaniy,  turistik  aloqalar 

o'rnatayotgan  ekanmiz, yurtimizdagi  geografik  nomlarning  milliy  shakllarini, o'zbek 

tilida va yangi yozuvimizda yetkazish kerak bo'ladi. 

Umuman ham joy nomlarini standartlashtirishda o'zbek adabiy till me'yorlariga 

amal qilinadi, istisnolar esa hamma tillarda, hamma leksik qatlamlarda uchraydi. 

Toponimlarning  yozilish  shakllarini  aniqlashda  Toponimika  laboratoriyasida 

tayyorlangan  «O'zbekcha  geografik  nomlar  yozilishining  asosiy  qoidalari»ga  amal 

qilinishi lozim. 

3. Joy nomlarini to'g'ri talaffuz etish, hamma manbalarda xatostz bir xil  yozish 

madaniyatning muhim ko'rsatkichlaridan biridir. 

Darsliklar,  ilmiy  va  ommabop  kitoblarda,  kundalik  matbuot,  xarita  va 

atlaslarda, radio va televizion eshittirishlarda ming-minglab joy nomlari qayd etiladi. 

Shahar-shaharchalarda  bir  kunda  qancha-qancha  ko'cha-ko'ylar,  bekatlar,  idora 

nomlariga ko'zingiz tushadi. Masalan, birgina poytaxtimiz Toshkent shahrida 3000 ga 

yaqin ko'cha, mahalla, maydon bor. Respublikamizda bir necha yuz ming uchraydi. 

Bunday  son-sanoqsiz  geografik  nomlarning  o'zbek  va  boshqa  tillarda  qanday 

yozilishi hammani qiziqtiradi. Biroq toponimlarni to'g'ri yozish murakkab ish, buning 

uchun  joy  nomining  tarixidan  xabardor  bo'lish,  etnonimlar  -  urug'-qabila  nomlarini 

farqlash,  ba'zan  nomning  etimologiyasi  haqida  tasavvurga  ega  bo'lish,  o'zbekcha  va 

xorijiy transkripsiya qoidalarini o'rganib olish kerak bo'ladi. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə