S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
MA’ruza matni

arpa 

so'ziga, Qoryog'di urbonimining esa 



qor 

so'ziga hech bir aloqasi yo'q 

ekan.  Qoryog’di  arabcha  qarya  «qishloq»  so'zidan  kelib  chiqqan  ekan,  Yoki 

Qurvaqavot  asli 



Quruqravot, 

Yunusobod  esa  asli  Yunusravot  bo'lgan.  Hazrati 

Imomni hastimom, Shayx Zayniddin boboni Shiziddinbuva degani kabi. 

Toshkentda  arabcha,  hususan,  forscha,  tojikcha  so'zlardan  tarkib  topgan 

geografik  so'zlar  uchrab  turadi.  Masalan,  XVI  asrga  oid  vaqf  hujjatlarida  Bo'zsuv 

(shahar o'rtasida) tojikcha Jul shahar deb atalgan, keyinchalik Shaharariq deyiladigan 

bo'lgan. Bo'zsuvning shahar hududidagi bir qismi va Kalkovus kanalining quyi qismi 

arab  so'zi  bilan  Anhor,  deb  yuritilgan.  o'zbekcha-tojikcha  «adash»  nomlar  ham  bor: 

Taxtako’prik  –  Taxtapul,  Olmazor  –  Sehzor,  Temirchilik  –  Chilangar  yoki 

Oxunguzar (aslida — Ohanguzar), Qumloq -Registon. 

Geografik  nomlarni  (toponimlarni)  Yerning  tili  deyishadi.  Chindan  ham  oddiy 

xalq  tomonidan  qo'yilgan  eski  nomlarga  qarab  biror  hudud  tabiati,  iqtisodiyoti  va 

etnografiyasi to'g'risida ko'p narsani bilib olsa bo'ladi. Toshkentning eski mahalla va 

mavzelari nomlari ham o'tmish haqida talay ma'lumotlami so'zlab beradi. 

Shahardagi  yana  bir  guruli  toponimlar  turli  xalq-elatlardan  olingan:  O'zbek, 

Tojik,  Qashqar  mahalla  (Uyg'ur),  Qirg'izko'prik,  Qozoqbozor,  Eron,  Juhudbozor, 

Qalmoqqamalgan  va  boshqalar.  Boshqa  bir  guruh  mahallalar  o'zbek  urug'-

qabilalariniiig  nomlari  bilan  atalgan:  Yobu,  Yovariq,  Kaltatoy,  Qiyot,  Mo'g'ol, 

Turktepa, Chig'atoy, Oravakchi, Qangli, Qoramurt va hokazo. 

Endi  ayrim  nomlarning  kelib  chiqishiga  to'xtalib  o'taylik.  Arpapoya  – 

Beshog'och  dahasidagi  mahallalardan  biri.  Professor  H.Hasanov  mazkur  toponimni 

shunday  izohlaydi.  O'rda  chetidagi  xondoq 



aropa, 

shu  xondoqning  etagi  esa 



aropa 

poyi 

deyilgan.  Bu bora-bora arpapoya bo'lib ketgan. 

Beshog'och  –  Toshkentning  eski  urbonimlaridan  bo'lib,  daha  nomi  – 

og'och 

(yog'och,  yig'och)  yetti-sakkiz  kilometrga  teng  uzunlik  o'lchovi.  Asli  ma'nosi  – 

«daraxt» 

(xon shunday og'ochki, qon bilan ko'karur. 

Fitrat). 

Tarixchi  Muhammad  Solih  Beshog'och  qavm,  toifa  nomi  deydi.  Chindan  ham 

o'zbek qo'ng'irotlarining 



beshog'och 

urug'i ma'lum. Shahrisabz tumanida Beshog’och 

qishlog'i ham bor. 

Boltamozor  –  Sebzor  dahasi  mavzelaridan  biri.  Bolta  urug'i  vakillarining 

mozori.  O'zbeklar,  qozoqlar  va  qiiglzlar  tarkibida 

bolta,  boltali  uru

g'lari  qayd 

qilingan. 

Balg’orbozor  –  Sebzor  dahasi  mahallalaridan  biri.  Bulg'ori  teri  (ko'n) 

sotiladigan bozor. 



Bo'rjar  –  Beshog'och  dahasi  mavzelaridan  biri.  Bo'zsuv  kanalining  chap 

tarmog'i  ham  Bo'rijar  deb  ataladi.  Bo'ri  jar  –  «bo'ri  ko'p  jar»  deb  ham  izohlangan. 

Ilgarilari  qo'shin  yurishga  otlanishdan  oldin  to'plangan  manzil 

buljor 

deb  atalgan. 

Jarlik  qo'shlnning  to'planishi  uchun  qulay  bolganligidan  shunday  atalgan  bo'lsa  ajab 

emas.  Janubiy  Qozog’istonda  ham  Bo'rjar  degan  joy  bor.  Bo'rjar  «bo'z  jar»  degan 

taxmin ham bor. 

Do'mbirobod – ko'cha va mahalla nomi. Qariyalarning gaplariga qaraganda bu 

yerda  Mirsoat  do'mbira  degan  qassob  o'tgan.  Qorni  do'mbiradek  katta  bo'lganidan 

shunday laqab olgan. Keyinchalik shu yer Do'mbirobod bo'lib ketgan. 

Zaxariq  kanali.  Vaqf  hujjatlarida  Zog'  shaklida  tilga  olingan.  Ba'zan  Zolariq 

ham deyishadi. Kanal Firdavsiyning «Shohnoma»sida tasvirlangan Zol podshosining 

nomi  bilan  atalgan  degan  taxmin  bor.  Toshkentdagi  ba'zi  bir  toponimlarning  kelib 

chiqishini  klassik  fors  adabiyoti  qahramonlarinirtg  nomlari  bilan  bog’ishlanadi 

(Kalkovus – Kaykovus, Bo'zsuv – Barzu, Zax -Zol va hokazo). 

Labzak  –  Sebzor  dahasidagi  mahalla.  Dastlab  shaharning  12  ta  darvozasidan 

biri shunday deb atalgan. Labzak asli Labi Zax (Zax arig'ining bo'yi) demakdir. 

Sag'bon – Ko'kcha dahasidagi mahalla. U Sakbon  – «itboqar» so'zidan olingan 

deyilardi.  Keyingi  vaqtda  Sag'bon  arabcha 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə