S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
MA’ruza matni

7.

 

Sogdiyskie  dokumenti  s  gori  Mug,  yuridicheskie  dokumenti  i  pis'ma. 

Perevod i kommentarii Livshitsa. Vipusk II. –  M., 1962. 

8.

 

Qorayev S. Toponomika. – T., 2006. – 320 b. 

 

6-MAVZU.  QORAQALPOG'ISTON    RESPUBLIKASI    TOPONIMLARI 



(2 soat). 

Reja: 

1.

 

Qoraqaipog'iston toponomiyasining o’ziga xosligi. 

2.

 

Respublikaning toponomik lug’ati. 

1

.  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  maydoni  166,6  ming  kv.km.  Aholisi  1  mln 

530,2 ming kishi. Poytaxti – Nukus shahri. 

Qoraqalpog'iston  Respublikasi  O'zbekiston  Respublikasi  tarkibidagi  suveren 

davlat.  O'zbekistonning  shimoli-g'arbida,  Amudaryoning  quyi  qismida,  Orol 

dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika tarkibida 15 tuman (Amudaryo, 

Beruniy,  Bo'zatov,  Kegayli,  Mo'ynoq,  Nukus,  Taxtako'pir,  To’rtko'l,  Xo'jayli, 



Chimboy,  Shumanay,  Ellikqal’a,  Qonliko'l,  Qorao'zak,  Qo'ng'irot),  12  shahar,  16 

shaharcha bor. 

Qoraqalpog'iston  hududi  geografik  jihatdan  Qizilqumning  shimoli-g'arbiy 

qismi, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasidan iborat. Orol 

dengizining janubiy qismi ham Qoraqalpog'iston hududida. Ayrim tog'li joylari ham 

bor.  Ulardan  eng  kattasi  Sulton  Uvays  tog'  tizmasidir.  Amudaryo  deltasida  ko'pdan 

ko'p  daryo  tarmoqlari,  kichik-kichik  ko'llar,  botqoqliklar,  changalzorlar,  qamish-

zorlar  bor.  Deltaning  o'ng  sohil  qismida  asosiy  sug'oriladigan  yerlar,  sug'orish 

kanallari joylashgan. 

Yagona  daryosi  -  Amudaryo  (quyi  oqimi).  Daryoning  keng  deltasida 

to'qayzorlar ko'p. Sulton Uvays tog'lari etagida Badayto'qay qo'riqxonasi joylashgan. 

Toponimlar  xalq  tili  va  tarixi  mahsulidir.  Qoraqalpoq  xalqilting  etnogenezi 

Sirdaryo  va  Orol  bo'ylarining  delta  va  cho'l  hududlarida  yashagan  qabilalar  bilan 

bog'liq.  Qoraqalpoqlarning  aksari  qismi  XVII  ftsrdan  XVIII  asr  o'rtalarigacha 

Sirdaryoning  o'rta  va  quyi  oqimlarida  yashagan  va  XVIII  asrning  ikkinchi  yarmida 

Sirdaryo  deltasiga  ko'chib  o'tgan.  1811  yilda  qoraqalpoqlar  Xiva  xonligiga  tobe 

bo'lib,  Amudaryo  deltasiga  ko'chirilgan.  Shu  sabab  Qoraqalpog'istonning 

qoraqalpoqcha nomlarini ancha yosh toponimlar deyish mumkin. 

Respublikada 1200 chamasi oykonim – shahar, ovul, qishloqlar bor. 

Leksik jihatdan Qoraqalpog'iston toponimlarining 1/5 qismi etnotoponimlardan 

iborat. Qoraqalpog'istonning asosiy aholisi qoraqalpoqlar bo'lsa ham, o'zbeklar bilan 

qozoqlar  son  jihatidan  qoraqalpoqlardan  salgina  kamroq.  Turkmanlar  ham  bu  yerda 

ko'p sonli. 

Jaloyir, qo'ng'irot, kerayit, kenagas, qiyot, mang'it, qipchoq, qatog'on kabi urug, 

qabilalar bilan bir qatorda oykonimlar tarkibida qoraqalpoq urug' nomlaridan tashqari 

o'zbek,  qozoq  va  turkmanlarning  urug'-aymoq  nomlari  oykonimlar  shaklida 

Respublika  xaritasidan  katta  o'rin  olgan.  Bu  esa  shu  xalqlar  vakillarning  mamlakat 

hududida yonma-yon yashaganliklarini ko'rsatadi. 

Qoraqalpoq  urug’lari  nomlari  bilan  atalgan  etnooykonimlardan  misollar 

keltiramiz. 



aranshi  — 

keneges  qabilasidan  (Aranshi,  Kegayli  tumani), 



arshan  –

 

mang'it  qabilasidan  (Arshan,  Chimboy,  Kegayli  tumanlari), 



dotal  – 

keneges 


qabilasidan  (Do'bal, Bo'zatov tumani), 

yesibi – 

mang'it qabilasidan  (Yesibi, Kegayli 

tumani), 

jaman  – 

(Jaman,  Jamansha,  Jamaashaq,  Kegayli  tumani,  Jamansha, 

Chmboy,  Nukus  tumanlari), 

qo'yin 

-  qandekli,  qipshaq,  qtay  qabilalaridan  (Quyin, 

Chimboy tumani), 

moylibolta –

 qipchoq qabilasidan (Moylibolta, Kegayli, Chimboy, 

Qorao'zak  tumanlari), 

mamiqshi  – 

mang'it  qabilasidan  (Mamiqshi,  Kegayli,  Nukus 

tumanlari), 

manjuti  – 

qtay  qabilasidan  (Manjuli,  Kegayli,  Chimboy  tumanlari), 



muyten 

(Qonliko'l  tumani), 



no'kis  – 

keneges  qabilasidan  (No'kisovul,  Amudaryo, 

Chimboy  tumanlari,  No'kisqala,  Amudaryo  tumani), 

saltir  – 

qipshaq  qabilasidan 

(Saltir, Kegayli tumani, Saltirovul, Qonliko'l tumani), 

umbet (ay)  –

 qtay qabilasidan 

(Umbet, Qorao'zak tumani), 

sherushi –

 qtay qabilasidan (Sherushi, Kegayli, Chimboy 

tumanlari, Sherushiovul, Chimboy tumani). 

Qoraqalpog'iston etnotoponimlari orasida 



ayuchi, oqmang'it, yesh-teke, irg'aqli, 

qishliq, sag'ir, tuyoqli 

kabi kichik o'zbek urug'alri nomlari ham uchraydi. 




Qozoq  urug'laridan 

aday 

-  (Adayovvli  -  Shumanay,  Qonliko'l  tomanlari, 

Adayko'l - Nukus tumani), 

aytimbet - 

(Aytimbetoval - Qorao'zak tumani), 



qorabotir 

(Qorabotir  -  Taxtako'pir  tumani), 



quart,  mamit 

(Mamito'va  -  Qo'ng'irot  tumani), 



titggen  - 

(O'tegen  -  Kegayli  tumani,  O'tegenovul  –  Qorao'zak  tumani), 



sarman 

(Chimboy tumani), 



to'nmo'yin 

- (To'nmo'yin -Kegayli, Chimboy tumanlari), turkman 

urug'laridan esa 

ayritam – 

(Ayritam – Qo'ng'irot tumani), 



ata 

- (Atakol -Taxtako'pir 

tumani,  To'rtko'l  tumani), 

garga  - 

(Garga  -  Chimboy  tumani), 



do'nguzli  -

(Do'nguzovul - Xo'jayli tumani) kabi etnonimlami aytib o'tish mumkin. 

Markaziy  Osiyodagi  turkiy  xalqlarning  qon-qardoshligini  shundan  bilsa  ham 

bo'ladiki,  o'zbek,  qozoq,  qirg'izlarning  tarkibida  uchraydigan  bir  qancha  urug'-

qabilalar ular uchun mushtarakdir. Masalan, 

achamayli 

urug'i o'zbeklarning kenagas, 

saroy,  yuz,  qo'ng'irot  qabilalari  tarkibida, 

ashamayli 

shaklida  esa  qozoqlarda, 

jumladan, kirey qabilasi, qoraqalpoqlarning qo'ngrat qabilasi tarkibida qayd qilingan. 

Jaloyir  (jalayir)  qabilasi  esa  ko'chmanchi  o'zbeklar  tarkibida,  yuz  qabilasi,  so'ngra 

quramalar  tarkibida,  qozoqlar  tarkibida  va  qirg'izlarning  so'lto'  qabilasi  tarkibida 

uchraydi. 

O'zbek,  qozoq,  qoraqalpoq,  qirg'izlar  tarkibida'  uchraydigan 

qang'li 

qabilasi 

nomi  Qoraqalpog'iston  xaritasida  Qangli  (Kegayli,  Chimboy,  Qo'ng'irot  tumanlari), 

Qangliovul, Qanglijapovul shakllarida (Chimboy tumani) oykonimlar hosil qilgan. 

O'zbek,  qoraqalpoq,  turkmanlaming 

kenagas 

(kenegez,  keneges)  qabilasi 

Kegayli  va  Xo'jayli  tumanlarida  Keneges  oykonimi  shaklida, 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə