S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
MA’ruza matni

Nov 

yoki 


nova 

yog'och-taxtadan  ishlangan  sun'iy 

ariq, jarlik yoki soylik ustidan o'tkazilgan tamov ma'nosini  anglatadi. 

Bu  misollar  ham  yer-suvlarga  nom  berishda  xalqdan  o'rganish  kerakligini 

ko'rsatadi. 

Angren  –  viloyat  tasarrufidagi  shahar.  Ohangaron  «temirchilar»  so'zining 

buzilgan  shakli.  Ko'plar  buni  ruscha  talaffuz  oqibati  deyishadi.  Aslida  quramalar 

shunday talaffuz qilganlar. Zomin tumanida xam Angren degan joy bor. 

Bo'ka — sh., Bo'ka tumani. Qadimgi turk tilida, hozirgi ba'zi bir turkiy xalqlar 

(qozoqlar,  qirg'izlar)  tilida 



bo'ka 

«pahlavon»  degan  ma'noni  anglatadi. 



Bo'ka 

degan 


unig' ham bo'lgan, masalan, qang’lilarning bo'ka-qangli urug'i qayd qilingan. 

Burchmulla – q., Bo'stonliq tumani. Tojik tilida Burji Mullo shaklida yoziladi. 

Bun – istehkom devorining muyulishidagi minora. Akademik A.R. Muxammadjonov 

fikricha, mo'la ham «minora» ma'nosini bildiradi. 

Zarkent  –  q.,  Parkent  tumani  (Yangiqo'rg'on  tumanida  ham  Zarkent  qishlog'i 

bor).  Arab  geograflaridan  Muqaddasiy  (X  asr)  o'z  asarida  Shosh  viloyatida  tilga 

olingan  Zaranieut  qishlog'ini  V.V.Bartold  hozirgi  Zarkent  boiishi  mumkin,  degan. 

Etimologiyasi  noma'lum.  Agar 



zar 

bo'lsa, «oltin», 



zer 

(zerin) bo'lsa, «quyi», «etak» 

degani. Zerinkat «pastdagi qishloq», «tog' etagidagi qishloq» ma'nosini anglatadi. 

Kaykovus  (Kalkomz)  –  Toshkent  shahridagi  ariq.  Shayboniylardan 

Suyunchxo'jaxon  hijriy  917-936,  milodiy  1511-1530  yillarda  Toshkentda  chorbog' 

barpo etib, uni Kaykoves chorbog'i deb atagan.  

Keles  (Kalas)  –  daryo,  Sirdaryoning  o'ng  irmog'i  (Qozog'iston  Respublikasi 

Chimkent  viloyati  va  O'zbekiston  Respublikasi  Toshkent  viloyati).  Arab 

geograflaridan  Istaxriy,  Ibn  havqal  asarlarida  Qalos  dashti,  «Abdullanoma»da  (XVI 

asr)  Kalas  savi  tilga  olingan.  V.V.Bartold  Qalos  dashti  hozirgi  Keles  (Kalas)  nomi 

bilan  atalgan  deydi.  Qalos  dashti  «hudud  ul-olam»da  ham  qayd  qilingan.  Demak, 

dastlab  Qalos,  keyin  Qalas,  so'ngra  Kalas,  qozoq  tili  ta'sirida  Keles  bo'lib  ketgan. 

Qozoq  toponimisti  Ye.Qo'ychiboev  fikricha, 

kele 

«til», 


-s 

esa  «suv»  so'zining 

qiskargan varianti: Keles – «til suv», «uzun suv» degani. 

Ko'ksaroy — q., Toshkent tumani. Saroy qabilasining bir tarmogi – 



ko'ksaroy.

 

Nanay  —  q.,  Bo'stonlik,  Yangiqo'rg'on  tumanlari.  Nanay  (Nanayni,  Nanayya, 



Nani) – o'rta Osiyo zardo'shtiylarida hosildorlik xudosi. 

Nov - q., Yangiyo'l tumani. Nov - yog'och tarnov, oxur, osma quvur,  ariq. 

Obiraxmat  -  q.,  Bo'stonliq  tumani.  Qishloq  yonida  shifobaxsh  buloq  bor. 

Obirahmat  «rahmat  suvi»  demakdir.  O'rta  Osiyo  xalqlarida,  jumladan  tojik  xalqida 

yangi  yil  -  navro'z  bayramidan  2-3  kun  oldin  yog'adigan  yomg'ir 

obi  rahmat,  obi 

naysan 

deyilgan.  Navbahor  yomg'iri  ziroat  uchun  obi  hayotdir.  Obi  rahmat  suvi 

kirgan chig'anoq gavharga aylanar emish. 

Ohangaron  –  sh.,  Ohangaron  tumani  markazi,  daryo,  vodiy.  Forscha-tojikcha 



ohangar 

«temirchi» degani, -on - ko'plik affiksi (Ohangaron «temirchilar»)



.

 

Ohangaron  -  daryo,  Sirdaryoning  o'ng  irmog'i.  Dastlab  Xoja  Ahrorning  vaqf 



hujatlarida  Soyi  Qhantgaron,  Daryo  Ohangaron  shakllarida  tilga  olingan.  Bobur 

Ohangaron  julgasi  (vodiysi)  deb  yozgan.  Mo'g'ullar  kelmasdan  oldingi  manbalarda 




Iloq daryosi deb atalgan. Bu vodiyda qadimdan temirchilik rivojlangani uchun daryo 

Ohangaron – «temirchilar» deb nom olgan. 

Parkent  –  sh.,  Parkent  tumani  markazi.  Mahalliy  talaffuzi  Parkat.  Arab 

geograflari  asarlarida  (IX—XI  asrlar)  Barskat  shaklida  tilga  olishgan.  Yoqut 

Hamaviyning «Mu'jam ul-buldon» lug'atida (XII—XIII asrlar) qayd qilingan Sarskat 

shahrini  V.V.  Bartold  hozirgi  Parkent  bo'lsa  kerak,  deydi. 



Bars 

(tog'  yo'lbarsi) 

nomidan  olingan  degan  fikr  ham  bor.  Parkent  tarixiy  manbalarda  Faraakas  holida 

ham uchraydi. 

Piskent  –  sh.,  Parkent  tumani  markazi.  Dastlab  arab  geograflari  Istaxriy,  Ibn 

Halqal,  Muqaddasiy  (X-XI  asrlar)  asarlarida  Biskat  shaklida  tilga  olingan,  mahalliy 

xalq hozir ham Piskat deydi. U 

bis 

(tojikcha) «yigirma» so'zidan kelib chiqqan degan 

fikr ham bor. 

Forish  -  q.,  Boyovut  tumani.  Fashizmga  qarshi  urush  yillaridan  keyin  Forish 

tumanidan ko'chib kelib o'rnashgan kishilar qishlog'i. 

Xotunkat – O'rta asrlarda Binkat (Toshkent)dan 2 farsax narida bo'lgan shahar. 

Arab  geograflari  (Istaxriy,  Ibn  Havqai,  Muqaddasiy)  asarlarida  tilga  olingan.  Xotun 

qadimiy turk tilida «oyim, xonim» ma'nosida bo'lgan (kat - qishloq, shahar). 

Chimyon  –  q.,  Bo'stonliq  tumani.  Shu  tumanda  Chimyon  togi,  Chmyon  soyi 

bor.  Bu  nom  asli  Farg'ona  vodiysidan  «kelgan»:  Farg'onada  Chimyon  shaharchasi, 

Qo'rg'ontepa tumanida Chimyon qishlog'i bor. O'sha tomondan kelgan kishilar yangi 

hududni  o'zlari  yashagan  joy  nomi  bilan  atashgan.  Farg'onadagi  Chimyonni 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə