Chashmadamiyon —
«suvi (buloqlari) ko'p» yoki
Chilkon —
«konlari ko'p (joy)» deb
izohlashgan. Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asarida
chimgan –
«chimzor» ekanini aytib o'tish mumkin.
Chinoz – sh., Chinoz tumani markazi. Arab geograflari Istaxriy, Ibn havqal,
Muqaddasiy asarlarida tilga olingan Jinanjkat (Chinochkat) shahrini V.V. Bartold
hozirgi Chinoz deb biladi. Manbalarda Chinos varianti ham uchraydi.
Chinos
degan
urug' bo'lgan (mo'g'ulchada
chin —
«bo'ri», -.s ko'plik affiksi).
Chirchiq – Sirdaryoning o'ng irmog'i. Chirchiq gidronimi dastlab Temur
tarixida tilga olingan. Bobur bu daryoni Chir siyi degan. Mug' tog'idan topilgan sug'd
hujjatlarida (VIII asr) Shosh shahridan janubdagi hududlar haqidagi axborotlarda
Chiirchiq degan nom tilga olingan. Chlrchlqni
Sir – chiq,
ya'ni «Kichik Sir (daryo)»
deb atash to'g'ridir.
Chotqol – Chirchiqning bosh irmoqlaridan biri. Arab geograflari asarlarida,
«Hudud ul-olam»da Jadg'al shaklida qayd qilingan. Etnograf M.S. Andreyev Darvoz
tojiklari qayinni
chotg'ol
deyishlarini aytgan. Shayx Sulaymonning chig'atoycha –
usmoniy turkcha lug’atida
chotqol
«notekis yer, dara», hozirgi qirg'iz tilida chatqal –
«ikki tog' orasidagi dara, soylik» demak. Bu so'z o'z navbatida ikki tarkibiy qismdan
iborat. Ya'ni
chat –
ikki daryo bir-biriga qo'shilgan joydagi oraliq,
qal
(qol) «soyliq,
jilg'a» ma'nosidagi
qo'l
so'zining fonetik varianti bo'lishi kerak.
Qanqa – Oqqo'rg'on tumanidagi qishloq. Miloddan avvalgi II asrdan milodning
IV asrigacha Sirdaryo bo'yida, jumladan, Toshkent vohasida mavjud bo'lgan Qanqa
(Qanguy) daylati nomining izi. Yana Qanqatepa degan tepalik ham bor.
Qibray – shaharcha, Qibray tumani markazi. Qozoqlarning dulat qabilasining
bir urug'i
qibiray
deb atalgan. Bu urug' vakillari afsonaviy Qibiray botirdan tarqagan
ekan. Sadir Sadirbekovning 1994 yilda «O'zbekiston» nashriyotida qozoq tiiida
bosilgan «Qozoq shajarasi» kitobida shu haqda gap boradi.
Qorabaliq – q., Ohangaron tumani. Qorabaliq – chuchuk suvli Jaryo-ko'llarda
yashaydigan baliq (ruschasi marinka).
Qoraxitoy – q., Ohangaron tumani. O'zbeklar, qirg'izlar tarkibidagi urug'lardan
biri
qoraxitoy.
Ilk o'rta asrlarda
qorakidan
xalqi keyinchalik qoraxitoy (xitoy) deb
atala boshlagan.
Qo'yliq – Toshkent shahri mavzelaridan biri. H. Hasanov Qo'yliqni «quyilik»,
«pastlik» deb izohlagan. Yana shuni aytish mumkinki, o'zbeklarda ham, qozoqlarda
ham
qo'yli
degan urug' bo'lgan. Qo'yli keyinchalik Qo'yliq bo’lib ketgan bo'lishi ham
mumkin. Bundan tashqari, mo'g'ul sarkardalaridan birining ismi Qo'yliq bo'lgan ekan.
Mo'g'ul sarkardalarining nomlari O'rta Osiyo toponimiyasida uchrab turadi
(Chig'atoy, Ko'kcha, Bo'ka va b.).
G'azalkent – sh., Bo'stonliq tumani markazi. Ayrim olimlar arab geograflari
asarlarida qayd qilingan Gazak shahri hozirgi G'azalkent bo'lsa kerak, degan fikr
bildirishadi. Professor H. Hasanov G'azalkent toponimi
g'izol
«ohu» so'zidan tarkib
topgan degan.
Dostları ilə paylaş: |