bektemir
degan urug' bopR,
Buloq – «chashma», «jilg'a», «ariq» ma'nolarida Sibirdan Mo'g'uliston orqali
Qozog'iston, Qirg'izston, O'zbekistongacha, g'arbda Kavkazgacha, shimolda
Tatariston va Boshqirdiston Avtonom Respublikalarigacha, sharqda
XXR Shinjan
avtonom
rayonigacha, janubda Eron va Afg'onistongacha toponimlar tarkibida tatror-
takror uchraydigan geografik atama.
Bo'ri – etnonim (totem – qabila-urug'ning muqaddas jonivori), Zarafshon
vodiysidagi qipchoqlaring
bo'ri
degan urug'i bo'lgan.
Bo'ri
so'zidan tarkib topgan
toponimlarning etnotoponim yoki zootoponim ekanini aniqlash oson emas.
Yaqf – joy nomlari tarkibida uchraydigan yoki mustaqil ravishda toponim hosil
qiladigan ijtimoiy atama.
Vaqf
so'zi arabcha bo'lib «vasiyat qilingan, inoyat qilingan,
bag'ishlangan» ma'nosini anglatadi. O'rta asrlarda va undan keyin ham katta-katta
yerlar, do'konlar, hunarmandchilik rastalari, tegirmonlar, hammomlar, objuvozlar va
boshqa mulklar masjid-madrasalarga, musofirxona-shifoxonlarga (xona-qohlarga)
vasiyat qilib berilgan, ya'ni vaqf qilingan, ulardan olingan daromadlar shu
muassasalarning ehtiyojlariga sarflangan. Respublikamiz toponimiyasini o'rganishda
vaqf hujjatlarining ahamiyati katta. Bunday hujjatlarda vaqf qilingan yerlarning
chegaralari aniq ko'rsatilgan va qo'shni qishloqlar va ariq-kanallar sanab o'tilgan.
Vodiy – «tog'lar orasidan oqadigan soylik», «obod voha» ma'nolaridagi
geografik atama. Bu atama asli arabcha (vad, vodiy) bolib, Shimoliy Afrikada «vaqt-
bavaqt suv bo'ladigan yoki suvsiz qaqrab yotgan o'zan», «uzunasiga cho'zilgan
soylik», ―mavsumiy oqqan suv‖, ba'zan «daryo» ma'nolarini anglatadi.
Gum – chuqurlik, jarlik. Gumbuloq (Dehqonobod tumani), Gumsoy (G'allaorol,
Zomin tumanlari) toponimlari tarkibidagi
gum
so'zi «chuqurlik», «tevarak-atrofga
nisbatan pastroq» ma'nosini bildlradi.
Gumbaz, Gunbaz, Gunbad (Eronda Gumbez, Gumbed) – qubbali bino, sag'ana,
ibodatxona, sardoba (toza suv saqlanadigan sardobakr ustiga gumbaz qurilgani uchun
gumbaz
deb ham atalgan). Zarafshon vodiysida yashaydigan qoraqalpoqlarning bir
urug’i
gumbaz
deb ataigan. Gumbaz degan toponimlar O'rta Osiyoda, Eron va
Afg'onistonda ko'p uchraydi.
Darband – tog' yoli, dara, tangi, ozarbayjon va tojik tillarida yana «qal'a»,
«dovon»
(dar –
eshik, kirish,
band –
«to'g'an», ―bo'g'oy‖). Kavkazda (Derbent
Dog'istonda, Derbend Armanistonda va Ozarbayjonda), O'rta va Yaqin Sharq
mamlakatlarida (Derbent – Turkiya va Iroqda), O'rta Osiyoda (Darband –
Surxondaryo viloyati Boysun tumani) bir qancha toponimlar hosil qilgan.
Darxon – o'rta asrlarda majburiyatlardan, oliq-soliqlardan ozod kishiga berilgan
unvon. Geografik nomlar tarkibida ko'p uchraydi. Masalan, Samarqand viloyati
Ishtixon tumanida Boshdarxon, Jo'rabaydarxon, Ozoddarxon, Naymandarxon,
Po'latdarxon, Qirqdarxon, Dehqonobod, O'rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq,
Navoiy, Andijon, Yakkabog', Koson tumanilarida Darxon degan qishloqlar bo'lgan.
Toshkentda Bo'zsuvning bir tarmog'i Darxonariq deyiladi. Mo'g'ulshunos T.D.
Nominxanov «Darxon» so'zini mo'g'ulcha («majburiyatlardan ozod temirchi») deb
izohlaydi. Toshkent shahri atroflarida
darxan
degan qozoq urug'i ham bo'lgan,
qirg'izlarda
Dostları ilə paylaş: |