S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
MA’ruza matni

.

 

Baydoqchi – harbiy bayroqni ko'tarib yuruvchi askar, 



Baydoq 

-bayroq so'zining 

qadimiy talaffuzi. 

Baydaqchi 

degan urug' ham bo'lgan. Muborak, Kasbi tumanlarida 

Baydoqchi degan qishloqlar bor. 

Baymoqli, boymoqli – qo'ng'irotlar tarkibidagi urug'lardan biri. Baymoq  – egri 

oyoq  yoki  oyoq  kafti,  maymoq.  Boysun,  Jarqo'rg'on,  Qumqo’rg'on  tumanlarida 

Baymoqli qishloqlari bor. 

Baliq  (balig')  -  qadimiy  turkiy  tilda  «shahar»  ma'nosini  beradi.  Turkiy  runik 

yozuvlarda,  «Devonu  lug'otit  turk»da qayd  qilingan.  Qadimiy  joy  nomlari  tarkibida 

ko'p  uchraydi;  Beshballq  (Sharqiy  Turkiston), 

Xonbaliq 

(Pekin  shahrining  qadimiy 

turkiy nomi). Qozoq, qirg'izlarda 

baliq 

urug'i qayd etilgan. 

Band  –  O'zbekiston  va  Tojikistonda  joy  nomlari  tarkibida  uchraydigan  atama. 

Bir  necha  ma'noda  keladi:  1) 



bandi  ob  – 

to'g'on  (Abdullaxon  bandi,  Xonbandi):  2) 



bandi reg – 

qum to'sig'i, ko'chma qum yo'lidagi har xil to'siqlar; 3) 



bandi mufsidon – 

fitnachilar, qo'zg'olonchilardan saqlanish uchun qurilgan g'ov, devor. 

Baraq – o'zbeklarning qatag'on, qo'ng'irot, turkman qabilalari tarkibidagi urug'. 

Qozoqlarning  jaloyir,  jetiruv,  alimuli  qabilalari,  turkmanlarning  go'klen,  yo'mut 

qabilalari,  qirg'izlarning  adigine,  sayaq  qabilalari  tarkibida  ham 

baraq 

urug'i  qayd 

qilingan.  Nurota,  Xatirchi  tumanlarida  Baraq,  Ishtixon  tumanida  Baraqqishloq 

qishloqlari bor. 

Barlos – o'zbek qabilalaridan biri. Barloslar Respublika hududida ko'chmanchi 

o'zbeklardan  (XV-XVI  asrlardan)  oldin  yashab  kelgan  qabilalardan  biridir.  Hozirgi 

paytda  barloslarning  avlodlari  Buxoro,  Jizzax,  Qashqadaryo,  Samarqand, 

Surxondaryo  viloyatlarida  yashaydi. 



Barlos 

so'zi  Xiva  xoni  Abulg'ozi  Bahodirxon 

fikricha «qo'mondon», Alisher Navoiy asarlariga yozilgan «Badoye ul-lug'at»ga ko'ra 

«bahodir» degan ma'noni bildiradi. 

Batash,  batosh  –  o'zbek  qabilalaridan  biri.  Ular  Qashqadaryo  viloyatining 

Qarshi,  G'uzor,  Surxondaryo  viloyatining  Sho'rchi,  Oltinsoy  tumanlarida, 

shuningdek,  Buxoro  viloyatining  ayrim  hududlarida  yashagan.  Yakkabog',  Qarshi, 

Sho'rchi, G'uzor tumanlarida Batasb (Batosh), Odokbatash, Bevabatash, Bo'ribatash, 

Sariqbatosli nomli qishloqlar, Qamashi tumanida Batashariq degan ariq bor. 

Bekat  –  temiryo'l  stansiyasi,  pochta  stansiyasi  (fransuzcha  piket  –  «harbiy 

post», «qorovul»). Fransuzcha piquet ruschaga 

beket 

shaklida o'tgan. Beketov degan 

familiya  shundan  kelib  chiqqan.  Chor  Rossiyasi  davrida  O'rta  Osiyoda  o'rmonlarni 

qo'riqlash  harbiylar  qo'lida  bo'lgan  va  o'rmon  qorovulining  uyi 



bekat 

deyilgan. 

Temiryo'l  stansiyasi  ham  rus  harbiylari  tomonidan  qo'riqlangani  uchun 

bekat 

deb 


atala  boshlagan.  Jizzax  viloyati  Forish  tumanida,  Samarqand  viloyati  Samarqand 

tumanida,  Farg'ona  viloyati  Oltiariq  tumanida  Bekat,  Samarqand  viloyati  Bulung'ur 

tumanida Chuqurbekat degan toponimlar bor. 

Biyobon  –  suvsiz  cho'l,  sahro.  Forscha-tojikcha 



be- 

(old  qo'shhficha)  biron 

narsaning  mavjud  emasligini  bildiradi, 

ob  –

  suv,  -on  toponim  hosil  qiluvchi 

qo'shimcha;  biyobon  (beobon)  «suvsiz  (joy)»  degani.  Bu  atamadan  tarkib  topgan 

toponimlar  O'zbekistonda,  Tojikistonda,  Eronda,  Hindistonda,  Afg'onistonda  va 

Kavkazda uchraydi. 



Bektemir  –  kenagas  qabilasining  kichik  bir  urug'i.  Tashkent  shahrining  bir 

qismi,  tuman  markazi,  Kitob  tumanidagi  bir  necha  qishloq  Bektemir  deb  ataladi. 

Turkmanlarning chovdur qabilasi tarkibida ham 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə