S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
MA’ruza matni

jangal, 

Eronda 


jengel 

(o'rmon)  deyiladi. 

«Boburnoma»da 

ham.  jangal 

so'zi  «o'rmon»  ma'nosida  keladi.  Masalan,  o'rmonda 

yashaydigan  to'tiqushni  Bobur  «jangaliy  to'ti»  deb  atagan. 

Jangal,  ckangal,  jengel 

atamasi  O'zbekistonda,  Tojikistonda,  Eronda,  Hindistonda  joy  nomlari  tarkibida 

uchraydi. Ruscha 

jungli 

so'zi ham shu so'idan olingan



.

 



Jilg'a, yilg'a – jildirab oqadigan soy. Deyarli barcha turkiy tillarda 

jilg'a, yilg'a, 

ilg'a,  yelg'a,  jalg'a 

kabi fonetik  shakllarda  «soy»,  «sayoz  jarlik»  singari  ma'nolarda 

ishlatiladi va ko'plab joy nomlari tarkibida uchraydi.  

Jo'ybor,  jobber  –  ariq-kanallar,  soy-jilg'alar  serob  joy;  soy-jilg'alardan  hosil 

bo'lgan  daryo,  ariq,  daryo  sohili.  Buxorodan  g’arbroqdagi  sersuv  joy  Jo'ybor  deb 

atalgan.  U  erda  «Jo'ybor  shayxlari,  ya'ni  «Jo'ybor  xo'jalari»  deb  atalgan  badavlat 

sulola  yashagan.  Zarafshon  vodiysida  Jo'ybor  degan  aholi  punkti  ko'p  edi.  Buxoro, 

Nasaf (Qarshi), Toshkent shaharlarida Jo'ybor nomli guzar va ko’chalar bo'lgan.  

Zax  –  sernam,  zaxkash  (yer,  tuproq),  tojik  tilida  zah  –  «sernam»,  Eronda 

(zahob)  «buloq»  ma'nosini  anglatadi.  Bu  atamaning 



zak,  zey 

(Xorazm), 



siza 

variantlari ham bor. q., Zaxkash, Zag'orkash, Zovur. 

Irmoq  –  katta  daryo  yoki  soyga  kelib  qo'shiladigan  kichik  soy,  jilg'a.  Usmonli 

turk tilida 



irmaq 

(daryo) deyiladi. Bu so'zning «oqar suv», «jilg'a», «qo'ltiq», chuvash 

tilida «jar» ma'nolari bor. Atama 

yirmoq 

«kuch bilan orasini ochmoq», «ikki yoqqa 

ajratmoq» fe'li negizi (yir-, yo'r)ga -moq qo'shimchasi bog'lanib yasalgan degan fikr 

bor.  Bu  atama  Turkiyada  bir  qancha  gidronimlar  hosil  qilgan:  Irmaq,  Yeshilirmaq, 

Qizilirmaq. 

Kapa  –  chayla  hamda  urug'  nomi  (masalan,  kapasaroy). 



Kapa 

komponentli 

toponimlar Farg'ona vodiysida ko'p uchraydi. Xatirchi, Payariq, Jalaquduq, Beshariq 

tumanlarida  Kapa,  Yangiqo'rg'on,  Urgut,  Beshariq,  Uchqo'rg'on,  Asaka  tumanlarida 

Beshakapa qishloqlari bor. 

Kat 

so'zi asli sug'diycha. 



Kat 

yoki 


kata 

qadimiy eroncha atamashunoslikda urug' 

vakillari bir bo'lagi yashagan va devor bilan ajratib olingan katta hovlini bildirar edi. 

O'rta  Osiyoda  keng  tarqalgan  va  «qishloq»  ma'nosini  anglatgan 



kat 

(kad)  atamasi, 

shubhasiz, ibtidoiy 

kad, kat 

yoki 


kata 

so'zidan kelib chiqqan. 



Kadxudo 

«kat hokimi» 

atamasi esa bizning zamonamizgacha saqlanib qolgan va ma'lum bir jamoa doirasida 

boshchilik qiluvchi kishini, hatto oila boshlig'ini anglatadi. 

Kent – «shahar», «aholi punkti». 

Kend 

(kent) atamasi asli 



kat 

(qarang) so'zining 

dialektal  shaklidir.  V.V.  Bartold 

kend 

so'zi  eroniy  aholidan  turkiy  xalqlarga  o'tgan 

deydi. Ana shuning uchun ham Mahmud  Qoshg'ariy bu so'zni turkiy so'z deb biladi: 

«Kend  –  o'g'uzlar  va  ularga  yaqin  turuvchilar  tilida  «qishloq»  shaklida»  deya 

izohlaydi. 

Kesak – turkiy xalqlarda keng tarqalgan etnonim. Qirg'izlarda 



kesek, jo'o'kesek, 

qozoqlarda 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə