joy nomlari Farg'ona vodiysidan ko'chib kelgan aholi tomonidan qo'yilgan degan
malumot bor. Zarkat (Zarkent), Parkat (Parkent), Nanay, Burchmulla kabi nomlar
shular jumlasidan. Farg'ona tumanida Chimyon shaharchasi, Qo'rg'ontepa tumanida
Chimyon qishlog'i bor. Farg'onadagi Chimyonni tojikcha talaffuz asosida ruslar
Chimion, Bo'stonliqdagi Chimyonni esa o'zbekcha talaffuz asosida Chimgan yozib
kelishadi.
Chim-chem unsuri o'zbekchada ko'p marta takrorlanadi. Chem (chim) sug'd
tilida «g'ov», «to'siq», «ihota», «qo'rg'on» degani. H.Hasanov «Devonu lug'otit
turk»dagi «o'tloq» ma'nosidagi
chimgan
so'ziga nisbat berib, Chimyon toponimini
«serchim joy» deb izohlagan. Tyanshan tog'larining viloyat hududidagi qismida
Bodeka-tim, Pidsr, Shalsrez, Chodak, Shavvoz, Yaxak, Hovla kabi o'zbeklar uchun
tushuniksiz forscha-tojikcha oronimlar ham uchraydi.
1:200 000 masshtabli xaritada viloyat hududida 80 dan ortiq oronimik obyektlar
– tog', tizma, dovon nomlari qayd qilingan. Shulardan 1/4 qismi dovonlar, qolganlari
tog'lar va tizma tog'lardir. Oronimlarning ko'pchiligi turkiy nomlardan iborat. Shunisi
qiziqki, oronimlar orasida asosiy hisoblangan
tog'-tov
atamasi bir necha martagina
uchraydi: Bobotog', Qoratog, Bukirtov, Toshtov, Charxtov (charx qumi yasaladigan
tosh). Tog'da yashaydigan aholi ko'proq tosh so'zini ishlatadi: Odamtosli (shaklan
odam gavdasiga o'xshaydigan qoya), Tektosh, Gyuatesh (yaltiroq qoya), Toshtepa,
Uchtosh (uchta cho'qqi), Qayirtosh, Qoratosh (Qora qoya), Tosh-tov (qoyali tog')
kabi. Yana
qapchig'ay
- «tor dara» (Oqqapchig'ay),
qurum-qurum -
«tog'
yonbag'irlaridagi toshlar uyumi» (Qo'rumjo'l) kabi oronimik atamalarni aytib o'tish
mumkin.
Yuqorida tilga olingan indikatorlardan tashqari oronimik leksikada o'simlik
nomlari ham anchagina uchraydi: Archali, Terakli, Yakkapista
s
O'rikbel,
Qoratutlioshi, Qoraqushxona, Qo'ng'irbuqa va hokazo.
Toshkent viloyati respublikada suv resurslariga eng boy viloyatdir.
Sirdarayoning o'rta oqimi, uning yirik irmoqlari - Chirchiq (irmoqlari Chotqol,
Piskom, Ugom, Ko'ksuv), Ohangaron viloyat hududidan oqib o'tadi. Bu dayolarning
har biriga yana qancha soy-jilg'alar qo'shiladi.
Umuman olganda viloyat hududida juda ko'plab katta-kichik daryo, soylar,
jilg'alar bor. Buloq, chashmalar, quduqlar ham anchagina. Tabiiy geografik obyektlar
katta-kichik bo'lsa ham, toponimlarning katta-kichigi bo'lmaydi. Makrotoponim ham,
mikrotoponim ham muayyan bir ma'noni anglatadigan so'zlar.
Viloyatning eng katta daryosi Chirchiq nomining «Kichik Sir» deb izohlangani
ma'lum (lug'atga qarang). Parkent tumanida
Haromzodasoy
degan soy bor. Ma'lumki,
harom-zoda yoki
haromi
nikohsiz ota-onalardan tug'ilgan bolani bildiradi va bu so'z
«yaramas», «iflos», «ablah» ma'nolarini ham anglatadi. Tez-tez toshib tevarak-
atroflami vayron qilib turgani sababli, xalq bunday soyni nafrat bilan haromzoda deb
atagan bo'lishi mumkin. Respublikamizda Tentaksoy degan bir necha suv obyekti
bor. Parkent tumanidagi bir soy ham shunday ataladi. Bunday soylar, oshib-toshib
yo'1-ko'priklarni buzib, ekinzorlarni bosib ketishgan. Xuddi shunday Yuguriksoy
(Parkent tumani) «shoshib-pishib tez oqadigan», Sargardonsoy (Bo'stonliq tumani)
o'zanini tez-tez o'zgartirib turadigan soy ma'nosini anglatadi. Navoiy tumanida
Sargardonqum degan qumlik bor, bu yerda qum tepalari – barxaftlar tez-tez o'z
o'rnini o'zgartirib turadi,
Tovoqsoy (Bo'stonliq tumani). Bu nomning kelib chiqishiga shaklan ulkan
tovoqni eslatadigan chuqurlikdagi buloqdan chiqadigan suv sabab Baxmal tumanida
Tovoqbuloq degan buloq bor.