jo'ba
(jo'va) «bozor, rasta» degan so'z. Buxoroda
Jo'bai baqqolon
«baqqollar bozori» bo'lgan. Eronda Jo'bai jadid – «yangi bozor» degan toponim bor.
Yalang'och – Shayxontohur dahasi mavzelaridan biri. Yalang'och laqabli avliyo
nomidan kelib chiqqan.
O'rda – O'rta Osiyo xonliklarida xonning qarorgohi. Toshkentning Navoiy
ko'chasi boshidagi O'rda degan joyda XIX asr boshlarida Qo'qon xoni noiblari o'rda
qurdirgan.
Qoramurt – Shayxontohur dahasi mavzelaridan birining nomi.
Qoramurt
o'zbek
urug'laridan biri, ma'nosi «qora mo'ylovli» demak.
Toshkent shahridagi tabiiy va madaniy, sun'iy obyektlar nihoy-atda xilma-xil.
Shahar ichki obyektlarining nomlari
urbonimlar
deyiladi. Bunday obyektlar shahar
tarkib topgan davrdan boshlab paydo bo'lgan.
Ana shu obyektlaming aksari qismi yo'qolib ketgan bo'lsa ham xalq xotirasida,
qo'lyozmalar va boshqa yozma yodgorliklarda ulaming nomlari saqlanib qolgan.
Ularning har biri shahar tarixining zarralaridir.
Shahar toponimlarining eng ko'p sonlisi ko'cha-ko'ylar nomlaridan iborat.
Toshkent ko'chalarining soni va nomlari har doim o'zgarib turgan. Poytaxt ko'chalari
nomi va sonini Toshkent shahar Obodonlashtirish Bosh boshqarmasi tomonidan 1978
yilda nashr etilgan ma'lumotnoma bilan oradan chorak asr o'tgandan keyingi ro'yxat
materiallarini solishtirsak, katta tafovutni ko'rish mumkin.
1978 yilgi nomlarning ko'pchiligi kommunistik mafkura, ruslashtirish siyosati
ruhi bilan sug'orilgan edi. Ma'lumotnomada jami bo'lib 3253 ko'cha soni keltirilgan.
Lekin mustaqil nomlar soni 1500 dan oshmaydi. Buning sababi shundaki, katta
ko'cha ham, tor ko'cha ham, berk ko'cha ham bir nom bilan atalgan; masalan, bitta
ko'cha, 2 ta tor ko'cha, 2 ta berk ko'cha Ashrafiy, nomi bilan atalgan.
Guliston
nomi ko'chalar bo'yicha eng ko'p takrorlangan. Bosh Guliston
ko'chasining yonida 1-Guliston, 2-Guliston, 3-Guliston... 10-Guliston ko'chalari,
shuningdek, 4 ta Guliston tor ko'chalari va bitta Guliston berk ko'chasi mavjud
bo'lgan.
1500 nomning uchdan bir qismi antropotoponimlar – kishilarning ism-
familiyalari, iaqablari, taxalluslari bilan atalgan toponimlar edi. Shu 500 nomdan
aksari qismi – 280 ga yaqini rus familiyalari edi, ular orasida partiya va davlat
arbobiari, fan va madaniyat arboblari, qahrarnonlar, chor generallari asosiy o'rin tutar
edi. Jumladan, Aleksandrov, Babushkin, Blyuxer, Budyonniy, Vereshchagin,
Vrevskiy, Vishinskiy, general Petrov, Grishin, Dobrolyubov, Jdanov, Jukovskiy,
Ilich, Kadishev, Kalinin, Kirov, Kotovskiy, Kuropatkin, Krenkel, Krupskaya,
Kuybishev, Kutuzov, Lazo, Lenin, Malinovskiy, Shumilov va hokazo.
Toshkentda kishi nomlari bilan atalgan 500 ko'chada o'zbekcha antroponimlar
soni 130 dan oshmagan. O'zbek tarixi, madaniyati va adabiyotida ulkan rol o'ynagan
shaxslardan anchagina qismining nomlari poytaxt ko'chalarida o'z aksini topgan.
Lekin o'sha vaqtdagi hukmron mafkura va siyosat nuqtayi nazaridan o'nlab buyuk
namoyandalarning nomlari Toshkent ko'chalaridan o'rin olmagan.
O'zbekiston poytaxti ko'chalaridan 250 tasi ruscha so'zlar bilan atalgan edi:
Abrikosoviy, Agroshkola, Bogarnaya, Vishnevaya, Vostochnaya, Golubaya,
Gornaya,
Groznaya,
Dalnaya,
Duboviy,
Jarkiy,
Zapadnaya,
Zimnyaya,
Industrialnaya, Kalinovoy, Kishechniy kabi.
Bu kabi toponimik nomuvofiqlikka mustaqillik yillarida chek qo'yildi.
Ilmiy poydevori chuqur bo'lmagan har qanday ustqurma bir kun barbod bo'ladi.
Sovet davlati parchalanib ketgandan keyin joy nomlari milliy qadriyat
qatlamlaridan bin sifatida qaralib, mustaqil toponimik siyosat yurgizila boshlandi,
xalq, tarixi, madaniyati, tiliga aloqador bolmagan shahar va qishloqlar, ko'chalar va
boshqa geografik obyektlaratag nomlari o'zgartirila boshlandi, tarixiy nomlar tiklandi,
qayta norafandi.
1989 yilda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi geografik obyektlarni
nomlash va qayta nomlash siyosatida ham burilish nuqtasi boldi, toponimlarni
milliylashtirish harakati boshlandi. 1990 yilda «Moskva» mehmonxonasining shu
joyning tarixiy nomi bilan «Chorsu», Kalinin deb atalib kelingan ko'chaning azaliy
nomi Eski Jo'va deb nomlanish bu borada qo'yilgan dastlabki qadam bo'ldi.
Toshkent shahar hokimligi qoshida Toponimiya komissiyasining tuzilishi, unga
taniqli olimlar – toponimshunoslar, tarixchilar, tilshunoslar, shuningdek, yozuvchi-
shoirlar va boshqa jonkuyar mutaxassislarning jalb qilinishi (1992) komissiya
ishining jonlanishiga imkon berdi.
1989 yildan 2003 yil oktabr oyigacha Toshkentdagi mustaqil nomlarga ega
bo'lgan ko'chalardan 1000 ga yaqin ko'cha qayta nomlandi.
Nomi o'zgartirilgan ko'chalarnmg qariyb uchdan bir qismiga Ahmad Yassaviy,
Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Mahmud Torobiy, Jaloliddin Manguberdi,
Amir Temur, Bobur, Husayn Boyqaro, Teimur Malik kabi buyuk shaxslarning
nomlari berilib poytaxt toponimiyasida abadiylashtirildi. Shu bilan birga Maxtor
Avezov, Betxoven, Maxatma Garni, Neru, Lev Tolstoy, Chiexov kabi klassiklarining
nomlari Toshkent ko'chalarini bezab turibdi
Fikrimizcha, ko'chalarga mashhur kishilarning nomlarini qo'yish tomoyiliga
katta o'rin berilmaslik kerak. Toshkent ko'chalarida Afrosiyob, Belariq, Beshqo'rg'on,
Boyqo'rg'on, Bo’zbozor
s
Jarariq, Taxtapal, tepamasjid, Tikariq, Tuyatortar,
Xirmontepa, Childituron, Chuqursoy, Shohidontepa, Sho'rtepa, Yakkachinor,
Yalang'och, Qo'shqo'rg'on kabi 150 dan ortiq tarixiy nomlarning tiklanishi shahar
Toponimiya komissiyasining nom qo'yish sohasidagi katta amaliy yutug'idir.
4.
Toshkent viloyati respublikaning shimoli-sharqida. Shimoldan va shimoli-
g'arbdan Qozog'iston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirg'iziston respublikasi,
sharqdan Namangan viloyati, janubdan Tojikiston respublikasi, janubi-g'arbdan
Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Tarkibida 15 tuman (Bekobod, Bo'ka,
Bo'stonliq, Zangiota, Oqqo'rg'on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Chinoz,
Yuqori Chirchiq, Yangiyo'l, O'rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 15 shahar, 20
shaharcha bor. Uzoq tarixiy taraqqiyot davomida vohaning tekislik va tog'li yerlarida
yashagan o'troq aholi ko'chmanchi va yarim o'troq chorvador qabilalar bilan yonma-
yon va aralash yashagan. Tub aholisi asosan o'zbeklar bo'lib, shuningdek, qozoqlar,
quramalar, tojiklar va qirg'izlar ham ko'pchilikni tashkil etadi.
Toshkent viloyati hududi qadimgi madaniyat o'chog'i bo'lgani bois qadimgi
tarixiy nomlar ko'p uchraydi.
Toshkent deganda qadimdan katta shahargina emas, balki shu nomdagi tarixiy-
madaniy mintaqa ham tushunilgan. Shu bilan birga shahar hamda uning tevarak-atrofi
tarix davomida turlicha nomlar bilan atalgan. Toshkent vohasining eng qadimiy nomi
Choch (Chochiston) ilk bor 262 yilda Eron podshosi Shopur I ning «Zardushtiy
Ka'basi» toshida qayd qilingan. Ayni vaqtda Toshkent vohasini o'rab turgan tog'lar
ham
Choch
deb atalgan (Choch arab manbalarda Shosh shaklini olgan). Shahar va
mintaqaning Toshkand deb atala boshlaganiga 10 asrdan oshdi.
Choch milodning dastlabki asrlarida Qang' (Qanguy) davlati tarkibiga kirgan,
bir necha asr davomida esa haytallar (eftalitlar) davlati tarkibi bo'lgan. VI asr
oxirlarida Turk xoqonligi haytallami tor-mor qilib, Movarounnahr qatorida Chochni
ham o'z tasarrufiga oladi.
Xilma-xil xalqlar yashagan uzoq o'tmishli o'lkaning toponimlari lisoniy va
xronologik jihatdan turlicha bo'lishi tabiiy. O'lkada eroniy, so'g'diy nomlar eng
qadimiy sanaladi.
Hozirgi Toshkent shahri va viloyati toponimlarining aksari qismi turkiy
(o'zbekcha) nomlardir.
Mintaqadagi turkiy toponimlarning bir qismi bundan 10 asr oldingi yozma
manbalarda tilga olingan: Toshkand, Obliq (Abrlig'), Iloq (Ay-loq), Itlox, Jadg'ol
(Chatqol), Sobliq (Soyliq), Jabg'ukat (Jabg'ukas), Xotunkat (Xotunkas) va boshqalar
shular jumlasidandir.
Toshkent viloyati toponimiyasining xarakterli xususiyati shundaki, bu
mintaqada etnotoponimlar anchagina uchraydi. Bu mintaqada yashagan etnik
guruhlarning aksariyati vaqt o'tishi bilan turg'unlashib, etnik nomlarini unutganlar,
lekin ularning nomlari joy nomlari etnotoponimlar shaklida bizgacha saqlanib qolgan.
Toshkent viloyati hududida
Dostları ilə paylaş: |