S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

 
 



Nazorat savollari. 
1.
 
“Saydana” kitobining muallifi kim va unda nechta o‘simlik haqida ma’lumotlar 
yozilgan? 
2.
 
Dorivor o‘simliklar atlasini kim qachon yozdi?
3.
 
Nima maqsadda Butun ittifoq dorivor va xushbo‘y o‘simliklar ilmiy tekshirish instituti 
ochildi? 
4.
 
Shifobaxsh o‘simliklarga qiziqish ortishi natijasi nimalarda namoyon bo‘lmoqda? 
5.
 
Tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan dorivor preparatlarning nechtasi tabiiy birikmalar? 
6.
 
Yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda necha % dorivor o‘simliklar xomashyosi 
ishlatiladi? 
7.
 
Jigar va oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda necha % dorivor o‘simliklar 
xomashyosi ishlatiladi? 
8.
 
Balg‘am ko‘chirishini va qon to‘xtatishini davolashda necha % dorivor o‘simliklar 
xomashyosi ishlatiladi? 
9.
 
O‘zbekiston hududida qancha tabiiy yuksak o‘simliklar va qancha o‘simliklar dorivorlik 
xususiyatlariga ega? 
10.
 
O‘zbekistonda qaysi dorivor o‘simliklardan ko‘proq foydalanilgan?
2-mavzu. O‘simliklar florasi va floraning chegaralanish tamoyillari 
Yer 
shari 
o‘simliklar 
qoplami. 
Mintaqalar 
bo‘yicha 
o‘simlik 
dunyosining 
tarqalishi. Sovuq iqlim, subtropik va tropik iqlim o‘simliklari. Mo‘tadil iqlim 
o‘simliklari. Cho‘l zonasi o‘simliklari. O‘simlik dunyosining xalq xo‘jaligi va farmasevtika 
sanoatidagi ahamiyati. Hozirga kelib o‘simliklar qoplamini klassifikatsiya qilishning o‘nga 
yaqin metodlari mavjud. Ammo ularning hammasini ikkita katta guruhlarga birlashtirish 
mumkin:
1. Dominantlik metodi
2. Ekologo floristik metod. 
Sobiq Ittifoq respublika olimlari, asosan, birinchi metod bilan ishlaganlar va hozirgacha ham 
ko‘pchilik aynan shu metoddan foydalanadilar. Ammo chet el olimlari, ayniqsa, Yevropa 
olimlari bu metoddan umuman foydalanmaydilar. Ularning fikriga ko‘ra, ushbu metod juda 
ham sun’iy natijalarga olib keladi. Dominantlik metodining asosiy mohiyati shundaki
o‘rganilayotgan hududda geobotanik tavsif berilayotgan paytda edifikator va dominant turlarga 
asosiy e’tibor qaratiladi, ya’ni o‘simliklar qoplamida hukmronlik qilayotgan asosiy turlar 
aniqlanadi va ularning nomlariga asosan o‘simliklar jamoasi (assotsiatsiyA. ga nom beriladi. 
Bir 
qancha 
birga 
o‘sayotgan 
turlar 
ham 
ko‘rsatiladi. 
Hududning 
ekologik 
va 
geografik 
tavsifiga 
ham 
e’tibor beriladi. 
Assotsiatsiya aniqlangandan keyin dominantlari umumiy bo‘lgan assotsiatsiyalar formatsiyaga 
(yirikroq sintaksongA. biriktiriladi. Ikkinchi, ya’ni ekologo floristik metod bilan klassifikatsiya 
qilinganda ham eng asosiy sintakson assotsiatsiya bo‘lib qolaveradi. Ammo assotsiatsiyani 


10 
aniqlash juda murakkab tahliliy jarayonlar orqali amalga oshiriladi. Buning uchun tadqiqotchi 
juda kuchli florist bo‘lishi kerak. Ana shu hududdagi barcha turlar to‘liq aniqlanishi shart. Juda 
ko‘p jadvallarga solish va maxsus dasturlardan foydalanish natijasida assotsiatsiyaga nom 
beriladi. Bunda uning nomini aniqlash uchun dominant turlar emas, balki ana shu muhit uchun 
xarakterli bo‘lgan turlarning nomlaridan foydalaniladi. Ya’ni, ikkinchi metod orqali aniqlangan 
assotsiatsiya nomi tilga olinishi bilan, uning ekologik sharoiti ham ko‘z oldiga keladi. Ammo 
ikkinchi metodning murakkabligi va yuksak kvalifikatsiya talab qilinishi munosabati bilan 
ko‘pchilik haligacha dominantlik (fizionomik) metoddan foydalanib kelishmoqda.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə