S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Dorivorlik xususiyati:
Xalq tabobatida kovulning yer ustki qismi, mevasi va ildizi ishlatiladi. 
Yer ustki qismi o‘simlik gullagan vaqtda yig‘iladi va soya yerda quritiladi. Gulini o‘simlik 
to‘liq gullaganda, mevasini - yetilganda teriladi. Guli soyada, mevasi esa ochiq havoda 
quyoshda quritiladi. Kovul ildizi erta bahorda yoki kcch kuzda kovlab olinadi, suvda yuvib, 
tuproqdan tozalanadi va quyoshda quritiladi.Kovulning yer ustki qismi tarkibida 0,32% rutin, 
kversetin, 150 mg% gacha S vitamin, staxidrin, tioglikozid, saponinlar, bo‘yoq moddalar, 
mevasida-36% gacha qandlar, 25-25,6mg% S vitamini, 1,46% flavonoidlar, tioglikozid; 
urug‘ida 25-36% yog‘; ildizida - 1,2% alkaloidlar (staxidrin); 0,44% flavonoidlar, 4,5% qand, 
kumarinlar va boshqa biologik faol moddalar bor . Abu Ali ibn Sino kovul o‘simligini nafas 
qisishi, me’da-ichak kasalliklarini davolash uchun hamda og‘riq qoldiruvchi, yaralarni 
tuzatuvchi va gijja haydovchi vosita sifatida qo‘llagan. Xalq tabobatida ildizidan tayyorlangan 
qaynatma shamollaganda, falaj, sariq, bod, taloq kasalliklarini davolashda, yer ustki qismi 
damlamasi mc’da-ichak kasalliklari, yaralar va astmani davolashda, siydik haydovchi vosita 
sifatida qo‘llaniladi. Gulining shirasi bilan yaralar davolanadi, meva qaynatmasi milkni 
mustahkamlash, tish og‘rig‘ini qoldirish, bavosil va boshqa kasalliklami davolash uchun 
ishlatiladi. Ildizining nastoykasi va qaynatmasi qon ivishini tezlatish tasiriga ega. 
Tur. 
Tikonakli kovul -Capparis spinosa L

kovuldoshlar oilasiga mansub yarim buta. Poya va 
shoxchalari yotiq, bargi tuxumsimon, guli yirik, oq yoki och pushti. Mevasi qizil etli, koʻp 
urugʻli. 
Mevasi-ko‘p urug‘li, dukkak shaklli ko‘sakcha. Aprel-iyun oylarida gullaydi va mevasi 
pishadi
. Qrim, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Shim. Afrika va Oʻrta dengizning toshloq yerlarida koʻp 
tarqalgan. Janubiy Yevropada ekiladi. K.ning gʻunchasi, mevasi sirkalab yoki toʻzlab ovkatga 
solinadi. Mevasida 18% oqsil moddalar, 36% cha moy bor. Cho‘l va adirlarda, yo‘l bo‘ylarida, 
devorlar ustida, ekinlar orasida o‘sadigan kovul ko‘p urug‘li rezavor bo‘lib, mevalari etdor, 
uzunligi 2 smga boradi. Iyul-avgust oylarida urug‘lari pishadi. Bu dorivor o‘simlikning 
mevalari tarkibida saponinlar, alkaloidlar, 32,9 foiz uglevodlar, 150 mg askorbin kislota, 3,75 
foiz moy, ildiz po‘stlog‘ida staxidrin alkaloidi mavjud.Kovul yoki kavar o‘simligi tabiiy holda 
O‘rtayer dengizi, Yevropa janubida, Kavkazda, O‘rta Osiyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda, 
Pokiston va Hindistonda tarqalgan. Bu o‘simlik Fransiya, Ispaniya, Italiya , Gretsiya va 
Shimoliy Amerikada madaniylashtirilgan bo‘lib, landshaftlarning bezagi hisoblanadi. 
O‘simlikning nomi Erondagi Dashti-Kavir cho‘li bilan bog‘liq holda atalgan. Chunki kovul bu 
hududlarda eng ko‘p uchraydigan o‘simlik sifatida ajralib turadi.
Oʻzbekistonning barcha 
viloyatlarida uchraydi, asosan kovul yoʻl boʻylarida, togʻoldi adirlarida, aholi yashash 
punktlarida, temir yoʻl boʻylarida oʻsadi. Oʻsimlikning madaniy plantatsiyalarini tashkil etish 
uchun iyul-noyabr oylarida oʻsimlikningpishib yetilgan mevalari terib olinib, urugʻlari ajratilib 
olinadi. 
Kovul dorivor o‘simlik bo‘lishi bilan bir qatorda oziq-ovqatda ham ishlatiladi. Kovulning 
g‘unchali novdalari, g‘unchalari, rivojlanayotgan mevalari sirka kislotasida marinovat qilinadi 


68 
hamda oziq-ovqatda «kaperslar» nomi bilan mashhur dori-darmon ko‘rinishida foydalaniladi. 
Hindular kovulni kobra, kabra yoki kabarra nomlari bilan atashadi hamda o‘simlik organlari 
qo‘shib tayyorlangan oziq-ovqatlarni yoqtirib iste’mol qilishadi. Tabobatda pishgan mevasi, 
barglari, novda va ildiz po‘stlog‘i ishlatiladi. May-avgust oylarida ochilmagan g‘unchalari, 
barglari terib olinadi. Shu bilan birga yosh, yog‘ochlasha boshlagan novdalari va ildizining 
po‘stlog‘i shilib olinadi, maydalanadi hamda quyoshda yoki 50-60ºS haroratda quritiladi. 
Po‘stlog‘idan tayyorlangan damlama ishtaha ochuvchi ta’sirga ega. Xalq tabobatida yiringli 
yaralarni davolash uchun ishlatiladi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə