S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Dorivorlik xususiyati
: Tibbiy maqsadlar uchun mevalar va urug‘lardan foydalaniladi. Ibn Sino 
urug‘ bodringining xususiyatlari haqida chanqoqni qondiruvchi , oshqozon uchun foydalidir, 
siydikni haydaydi deya ta’rif bergan. Xalq tabobatida bodring diuretik, parhezbop vosita 
sifatida ishlatiladi. Shuningdek, ishtahani yaxshilaydigan vosita.Bodring yangi, tuzlangan 
holda iste’mol qilinsa ishtahani kuchaytiradi, oshqozondan shira ajralishini tezlashtiradi va shu 
bilan oqsil, yog va minerallarning singishini yaxshilaydi. Bodring, ayniqsa, ich qotishi uchun 
ham qo‘llaniladi. Bodring sharbati kosmetologiya va parfyumeriyada yuz terisini oqartiruvchi, 
tetiklashtiruvchi va toniklovchi ta’sirga ega krem, loson tayyorlash uchun keng qo‘llaniladi. 
Turkum. 
Tarvuz (Citrullus Schrad.)-Арбуз.. Bu turkum vakillari bir yillik va ko‘p yillik
o‘simliklar bo‘lib, poyalari o‘rmalab o‘sadi. Tarvuz Afrika va Osiyoning sahro va chala 
sahro hududlaridan kelib chiqqan. Bularning 7 ta turi ma’lum boiib, shundan 2 tasi 
madaniylashtirilgan. 
Tur. Oddiy tarvuz (Citrullus vulgaris SchraD.
. Tarvuzning barcha iste’mol qilinadigan
navlari shu turga kiradi. MDH hududida Quyi Volga bo‘yi. Ukraina, Moldaviya, Qrim,
Kavkaz va Markaziy Osiyoda ekiladi. Markaziy Osiyoda juda ko‘p madaniy navlari
yaratilgan. Ko‘p uchraydiganlari Oq tarvuz, Ola tarvuz, Chinni tarvuz, Qora tarvuz, 
Qo‘ziboy, Xaitqora, Mokki va boshqalar. Bular ko‘p joylarda ekib o‘stiriladi. Mahalliy xalq 
bulami mevasining shakliga, rangiga, urug‘iga, etining xususiyati va mazasiga qarab bir-
biridan oson farqlaydi. 


66 
Oddiy tarvuz
-
Citrullus vulgaris Schrad.
bu qovoq oilasiga mansub bir yillik o‘simlik, 
poyasi uzun, tarvaqaylab ketgan, uzunligi 4 m gacha yetadigan o‘simlik. Gullar yakka, barg 
qo‘ltig‘ida joylashgan, ayrim jinsli. Meva - shakli, rangi va o‘lchamlari har xil, ko‘p urug‘li, 
suvli rezavorlar.Iyun-iyul oylarida gullar; avgust-sentabr oylarida meva beradi.Tarvuzning 
vatani Janubiy va Markaziy Af-ning cho‘l mintaqalari.U O‘zbekistonning barcha hududlarida 
keng tarqalgan.. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə