S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Tikanli kovul - Capparis spinosa L



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Tikanli kovul - Capparis spinosa L. 
Yangi shilingan po‘stlog‘i og‘rigan tishga bosilganda ijobiy natija beradi. Ba’zan ochiq yiringli 
yaralarga qo‘yilganda antiseptik ta’sir qiladi. Bundan tashqari o‘simlikdan stenokardiyada, 
tireotoksikoz, gemorroyda, qandli diabet kasalligini davolashda ham foydalaniladi.
Nazorat savollari. 
1.
Dalachoydoshlar oilasi vakillari qayerlarda tarqalgan?
2.
Dalachoydoshlar oilasi vakillarining ahamiyati 


69 
3.
Qovoqdoshlar oilasi vakillarining tur tarkibi qanday? 
4.
Itqovun qayerda o‘sadi va uning tibbiyotda tutgan o‘rni ? 
5.
Ekma bodring qaysi turkumga mansub va hayotiy shakliga ko‘ra qanday o‘simlik ? 
6.
Oddiy tarvuzdan xalq tabobatida qaysi xastaliklarda foydalaniladi ? 
7.
Kovuldoshlar oilasi vakillarining tibbiyotda qo‘lanilishi?
 11-mavzu. Karamdoshlar (Brassicaceae),Gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasi 
Karamdoshlar oilasi – Brassicaceae. 
Bu tartibga 4 ta oila kiradi. Ularga kovuldoshlar
(Capparidaceae) va karamdoshlar (Brassicaceae)oilalari ham kiradi.
 
Karamdoshlar (Brassicaceae)
oiLasi 380 ta turkum va 3000 ga yaqin turni birlashtirib, 
gulli o‘simliklarning eng qadimiy shu bilan polimorf oilalaridan biri hisoblanadi. Oila 
vakillari asosan 1, 2 va ko‘p yillik o.‘t o‘simliklar ba’zi vakillari chala buta va buta shaklida 
shimoliy yarim sharning mo‘tadil va sovuq iqlimli hududlarida o‘suvchi o‘simliklar orasida 
muhim o‘rinni egallaydi. Barglari oddiy, butun yoki qirqilgan, poyada navbatlashib
o‘mashgan, yon bargchasiz. Gullari oddiy yoki murakkab shingil, ro‘vakto‘pgulIarda 
joylashgan. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli, qo‘sh gulqo‘rg‘onli kosachabarglari va
gultojibarglari 4 tadan, erkin qarama-qarshi bo‘lib, butasimon joylashgan. Chanchisi 6 ta,
bulardan 4tasi uzun, ikkitasi qisqa, ikki doirada joylashgan urug‘chisi bitta, ikkita 
mevabarchalarning qo‘shilib o ‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, ikki uyali, 
tumshuqchasi ko‘pincha sharsimon. Mevasi odatda pastdan yuqoriga qarab ikkita pallaga
bo‘linadigan ko‘p urug‘li qo‘zoq, qo‘zoqcha yoki bir urug’i chatnamaydigan yong‘oqcha. 
Ba’zan qo‘zoq chatnamaydigan bo‘g‘imli bo‘lib, faqat bo‘g‘imidan parchalanadi. Urug‘i
endospermsiz. Bu oilaga mansub o‘simliklarning ko‘pchiligi sabzavot o‘simliklari
hisoblanib, oziq- ovqat sifatida ko‘p ishlatiladi. Boshqa turlari esa dorivor, bo‘yoq 
beruvchi, yem-xashak va manzarali o‘simliklar hisoblanadi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə