S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Turkum.  Maymunjon, Parmachak (Rubus L.) - Малина, ежевика Tur. Malina (Малина обыкновенная) -



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Turkum. 
Maymunjon, Parmachak (Rubus L.) - Малина, ежевика
Tur. Malina (Малина обыкновенная) - 
Rubus idaeus L. 
Malina o‘simligi Ra’noguldoshlar 

Rosaceae 
oilasiga mansub bo‘lgan ko‘p yillik lianasimon buta. Malina yovvoyi holda 
O‘zbekistonda uchramaydi, uning navlari introduksiya qilingan. Birinchi yilgi poyalari yashil 
rangli, yog‘ochlanmagan, mayda tikanli bo‘lib, gul chiqarmaydi va meva qilmaydi. Bu poyasi 
qishga borib yog‘ochlanadi, tikanlari to‘kiladi. Keyingi yili gul chiqaradi va mevasi pishgandan 
so‘ng qurib qoladi. Poyasi ikki yillik. Barglari toq patli, 5-7 ta (poyasining yuqori 
qismidagilari) uch plastinkali murakkab, barg bo‘lakchalari tuxumsimon, pastki tomoni tukli, 
mitekis, arrasimon qirrali bo‘lib, uzun bandi yordamida poyasiga kctma-ket o‘rnashgan. 
Mayda, ko‘rimsiz, yashil oq rangli gullari qalqonsimon rovakka to‘plangan. Mevasi - qizil 
rangli, sharsimon yoki konussimon, danakli, murakkab to‘pmeva. Malina may oyida gullaydi, 
mevasi iyunda pishadi. Malina Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sibir o‘rmonlarida, o‘rmon 


81 
chetlarida, jarlarda, tog‘larda, ariq bo‘ylarida, o‘rmon ostida, bulalar orasida va boshqa nam 
yerlarda o‘sadi. Malina dorivor va rezavor mevali buta sifatida ko‘p miqdorda o‘stiriladi.
Dorivorlik xususiyati
. Mevasi tibbiyotda ishlatiladi. Uni to‘liq pishgan vaqtida qo‘lda 
ehtiyotlikbilan terib olinadi, quyoshda so‘litib, so‘ngra quruq va issiq joyda yoki quritgichlarda 
quritiladi yoki murabbo qilib qo‘yish mumkin. Mevasi ko‘pincha quritmasdan ham ishlatiladi. 
Ho‘l mevasidan sharbat va meva shirasi tayyorlanadi. Meva tarkibida organik (2,2% gacha 
olma, limon, salitsil, vino va boshqa kislotalar), 10% gacha qand, kaliy tuzlari, 45 mg% gacha 
C, B va PP vitaminlari, karotin, pektin, oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar bor. Dori 
preparatlari meva damlamasi, sharbati va mevasi terlatuvchi choylar-yig‘malar tarkibida turli 
shamollash kasalliklarida terlatuvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Yangi terilgan va quritilgan 
meva damlamasi xalq tabobatida ishtaha ochuvchi, ovqat hazmini yaxshilovchi, terlatuvchi, 
o‘pka va nafas yo‘llari shamollaganda balg‘am ko‘chiruvchi, isitma ko‘tarilganda haroratni 
pasaytiruvchi hamda me’da, ichak kasal1iklariga dori sifatida qo‘llaniladi. Malina bargidan 
tayyorlangan damlama va qaynatma ich ketishni davolash, yo‘tal va anginada tomoqni chayish 
uchun ishlatiladi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə