S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Malina - 
Rubus idaeus L
Mumkin emas! 
Malina allergiyani qo‘zg‘atishi mumkin. Shuningdek, podagra, buyrak 
kasalliklari, gastrit va oshqozon yarasiga chalingan bemorlar ehtiyot bo‘lganlari ma’qul. 
Nazorat savollari 
1.
Na’matak turkumiga kiruvchi turlar haqida ma’lumot bering. 
2.
O‘zbekistonda qaysi na’matak kengroq tarqalgan ? 
3.
Behini xalq tabobatida qaysi kasalliklarni davolashda ishlatiladi ? 
4.
Oddiy bodomning tabobatda qaysi qismidan foydalaniladi ? 
5.
Chetan turkumiga kiruvchi o‘simlklarni sanab o‘ting. 
6.
Maymunjon turkumiga kiruvchi turlarning dorivorlik xususiyati haqida ma’lumot bering. 


82 
13-mavzu. Dukkakdoshlar (Fabaceae) va Toshbaqatoldoshlar (Rutaceae) oilasi 
Burchoqdoshlar
(dukkakdoshlar), (Fabaceae). ikki urugʻ pallali oʻsimliklarning bir oilasi. Yer 
yuzining 
hamma 
mintaqalarida 
keng 
tarqalgan. Baʼzan B.ni 3 kenja 
oila 
 mimozadoshlar (Mimosaceae),
sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) 
va kapalakguldoshlar (Papilionaseaye 
yoki 
Fabaceae)ga 
ajratiladi. 
Burchoqdoshlarning barglari koʻpincha ketma-ket joylashgan, odatda, yon bargli va 
murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon toʻpgullarda 
oʻrnashgan, odatda zigomorf, ayrimlarida aktinomorf. Mevasi - dukkak. Burchoqdoshlarning 
12000 turni birlashtirgan 500 turkumi (Oʻzbekistonda 528 turni uz ichiga olgan 57 ta turkumi) 
bor. B.dan oqsilga boy boʻlgan mosh, noʻxat, loviya, soya, yer yongʻoq oziq-ovqat uchun, 
toʻyimli oʻtloq oʻsimliklaridan beda, sebarga, esparset yemxashak uchun koʻplab ekiladi. 
Burchoqdoshlar orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli 
va 
qimmatbaho 
yogʻoch 
olinadigan 
daraxtlar 
bor. 
Yeryongʻoq,Sano, qashqarbeda,  shirinmiya, shildirbosh,  oqquray, afsonak kabilardan 
olinadigan  alkaloidlar, glyukozidlar,  smolalar,  vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli 
kasalliklarni 
davolashda 
ishlatiladi. 
Choʻllarda 
uchraydigan 
qizboltir, oqmiya, achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. burchoqdoshlar ning baʼzi zaharli 
turlari (derris, lonxokarpus) insektitsid sifatida ishlatiladi. Ko‘p burchoqdoshlar
(akatsiya, gledichiya, tuxumakva b.) manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga 
mansub koʻp oʻsimliklarning ildizida atmosfera azotini oʻzlashtiradigan azotobakter yashaydi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə