|
![](/i/favi32.png) S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)Turkum.
Tog'rayhon (Origanum I.) -Душица
Tur. Oddiy tog’rayxon - Origanum vulgare L. Ko’p yillik, bo’yi 30-60, ba’zan 90 sm ga
yetadigan xushbo’y o’t o’simlik. Poyasi bir nechta, tik o’suvchi, yuqori qismi sershoxli, tukli va
to’rt qirrali bo’ladi. Bargi oddiy, cho’ziq tuxumsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali bo’lib, bandi
bilan poyada qarama-qarshi o’rnashgan. Gullari mayda, barg qo’ltig’ida 2-3 tadan joylashib,
qalqonsimon to’pgul hosil qiladi. Qalqonsimon to’pgullar poya uchida ro’vaksimon to’pgulni
vujudga keltiradi. Mevasi – kosachabarg bilan birlashgan to’rtta yong’oqcha. Iyun oyidan
boshlab sentyabrgacha gullaydi. Mahsulotdan tayyorlangan preparatlar ichak atoniyasi
kasalligida hamda ishtaha ochuvchi va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilovchi dori sifatida
ishlatiladi. Efir moyi esa tish og’rig’ini qoldirishda ishlatiladi.
Zubturumdoshlar
(Plantaginaceae) oilasi ikki urugʻpallali yoki magnoliyasimonlar sinfiga
mansub koʻp
yillik va bir
yillik
oʻsimliklar oilasi.
260 turni oʻz
ichiga
olgan
3 turkumdan iborat. Oiladagi eng katta turkum zubturum (
Plantago
) moʻʼtadil iqlimli
mintaqalarda oʻsadi. Bir necha turdan tashkil topgan litorella (
LitorellA.
turkumi
faqat Yevropa, Azor
orollari va Janubiy
Amerikada uchraydi.
Bitta
turdan
iborat bouguyeria (BougueriA.
turkumi
esa
Jan.
Amerika
uchun
endemik
hisoblanadi. Oʻzbekistonda Z.ning 6 turi usadi. Ularning gullari mayda, rangsiz, guldor poya
uchi-dagi boshoqsimon toʻpgulga joylashgan. Gul boʻlaklari toʻrtta (kosabargi toʻrtta, tojbargi
toʻrtta, changchisi toʻrtta, urugʻchisi ikkitA., tojbarglari rangsiz yupqa pardachadan iborat.
mevasi qopqoqchali koʻsakcha, chorva mollari uchun oziqlik qiymati kam, baʼzi turlari dorivor
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|