Plantago major L. Zubturum bargi yana o‘pka va m e’da raki kasalligini davolash uchun hamda nafas yo‘llari
kasalliklarida balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Yaralar, chipqon va kesilgan
yerlarni davolash uchun yangi uzib olingan bargi ezib bog‘lanadi. Zubturum urug‘idan
tayyorlangan qaynatmasi yoki shakarga aralashtirib qovurilgan urug‘i bilan yo‘tal, isitma, va
boshqa kasalliklar davolanadi. Zubturumning yangi yig‘ilgan bargini ezib teng miqdorda shakar
aralashtiriladi va issiq joyda uch hafta saqlanadi. So‘ng shu aralashmadan ajralib chiqqan
shiradan kuniga 3-4 choy qoshiqda o‘pka va me’da raki kasalligini davolash uchun bemorga
ichiriladi.
Qoqio’tdoshlar olasi 1250-1300 t turkumga mansub 25000 ta turni birlashtirdi. Ular yer shari
bo’ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra oilada bir va ko’p yillik o’tlar ustunlik qiladi.
O’zbekistonda 121 ta turkumga oid 566 ta turi o’sadi.
27
Sistematikasi. Bo‘lim. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
Ajdod (sinf). Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)
(Magnoliopsida yoki Dicotyledones)
- Магнолиевые или
Двудольные
Ajdodcha (sinfcha)- Qoqio'tkabilar (Asteridae) - Астровые — Сложноцветные
Qabila. Qoqio'tnamolar (Asterales) -Астровые = Сложноцветные
27
Botanika,morfologiya, anatomiya, sitemstika,geobotanika O’. Pratov, L. Shamsuvaliyeva
, E. Sulaymonov.,
X.Axunov., K.Ibodov., V. Maxmudov , “ Ta’lim nashriyoti” Toshkent- 2010, 234-bet