S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


O‘tkir mevali ayiqtovon - Ranunculus oxyspermus MB



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

O‘tkir mevali ayiqtovon - Ranunculus oxyspermus MB.
Turkum. 
Parpi (Aconitum L.) - Аконит
 Tur. Oq parpi (Aconitum talassium Popov)
-
bu ko‘p yillik o‘t o‘simlik, Tyan-Shan va 
Pomir-Oloy tizmasidagi son jihatdan qisqarib borayotgan va areali bo‘lingan endem o‘simlik 
turi hisoblanadi. Bo‘yi 1,5 metrga yetadigan, ko’p yillik, tuganak, ildizpoyali o‘t. Poyalari 
oddiy tik o‘suvchi hisoblanadi. Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz, poyasining pastki 
qismidagilari bandli, yaprogi asosigacha yirik tishli bo‘laklarga ajralgan. Gullari shingil hosil 
qiladi, gullarining rangi oqitmir tusda. Iyun-iyulda gullab, iyul-avgust oylarida mevasi pishib 
yetiladi. Urug‘ bilan ko‘payadi. O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona, Jizzax, Qashqadaryo 
viloyatlari: Piskom, Chotqol, Qurama, Farg‘ona viloyatlari Turkiston, Zarafshon, Hisor tog‘-
tizmalarida nam yerlarda buloqlarning atroflarida o‘sadi. Ba’zan buloq bo‘ylarida kichik 
parpizorlar hosil qiladi. 
Oq parpi - Aconitum talassium Popov
 
 Turkum
.
 
Uchma (Ceratocephala Moench) 
-
Рогоглавник turkumi erta bahorgi, efemer 
o‘simlik. Barglari uchtalik qirqilgan va ildiz oldiga o‘mashgan. O‘simlikning bo‘yi 1 dan 10 sm 
gacha, poyasi bargsiz. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, hasharot yordamida changlanadi. Gulkosa 
va gultoji barglari 5 tadan, erkin o‘sgan, changchilari 5 tadan 15 tagacha, urug‘chisi cheksiz. 
Gullagan davrida hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi. O‘zbekistonda C. Ceratocephalus 
orthoceras va C. falcatus turlari uchraydi. 


32 
Tur. Ceratocephalus orthoceras
. Bu o‘simlik hayotiy shakliga ko‘ra bir yillik hisoblanadi.
balandligi 10-15 sm gacha, poyasi kalta. Gullar sariq, kichik. Mart - aprelda gullaydi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə