S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Yumshoq tikanli ayiqtovon - Ranunculus muricatus



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Yumshoq tikanli ayiqtovon - Ranunculus muricatus 
L.
Dorivorlik xususiyati:
Poya va bargi o‘smalar va so‘gallarni davolashda qo‘llaniladi. 
Tur. O‘tkir mevali ayiqtovon - Ranunculus oxyspermus MB.
Ko‘p yillik o‘simlik. Poyasi 
ko‘p gulli, 20-35 sm, tepasida shoxlangan, quyuq oq tuklari pastga egilgan. Ildiz oldi barglari 
bandli, plastinkasi tuxumsimon, asosi ponasimon yoki yumaloq, o‘rtasigacha yoki undan 
chuqurroq uchta keng rombsimon yoki uzunchoq rombsimon bo‘lakka bo‘lingan. Bo‘laklari 
parraksimon qirqilgan yoki yumaloq tishchali. Poya barglari ancha ingichka, parraksimon va 
tishchali uchta bo‘lakka bo‘lingan, poya tepasidagilari esa tekis qirrali uchta bo‘lakka 
bo‘lingan. Guli 2-3 sm enlilikda. Kosachabarglari sarg‘ish-yashil, pastga egilgan, tukli, 6-8 
mm uzunlikda. Tojbarglari cho‘ziq ellipssimon yoki cho‘ziq teskari tuxumsimon, 9-15 mm 
uzunlikda. Meva kallagi zich, uzunchoq yoki silindrsimon. Mevasi gulo‘rniga zich o‘sib ketgan, 
3-3,5 mm uzunlikda, tuxumsimon, yon tomonlarida kichik bo‘rtmachali va ko‘pincha, siyrak 
tukli, tepasida to‘g‘ri, o‘tkirlashgan tumshuqchasi bor. Aprel-may oylarida gullab, mevasi 
yetiladi. Ariq bo‘ylari, yo‘l yoqalari, ekinzorlar atrofida, bog‘larda, daryo havzalarida, 
tekisliklar va tog‘ oldi zonalarida o‘sadi. Dengiz sathidan 400-500 m gacha balandlikka 
ko‘tariladi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. 
Umumiy tarqalishi: O‘rta Osiyo, Rossiya, Ukraina, Moldova, Kavkaz, Markaziy Evropa, 
Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Eronda. 
Kimyoviy tarkibi: γ-laktonlar: protoanemonin. Yer ustki organlarida γ- laktonlar: 0,24 % 
protoanemonin mavjud. 
Dorivorlik xususiyati:
Barglarida ham karotin, C vitamini, alkaloidlar, saponinlar kabi 
moddalar topilgan. Mevalar tarkibida yog‘li moy mavjud. Xalq tabobatida tez-tez kichik 
dozalarda qo‘llaniladi, ko‘pincha gulidan turli xil teri kasalliklarida ishlatilgan. O‘simlik
qaynatmasi terining sil kasalligi, bosh og‘rig‘i va nevralogik og‘riqlar, podagra va revmatizm 
kasalliklari uchun ham qo‘llaniladi. O‘simlik gulini ko‘proq miqdorda iste’mol qilsangiz
odam bir zumda zaharlanib, deyarli omon qololmaydi. 


31 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə