26
Bu turkumga 20 ga yaqin turlar kiradi, ular asosan shimoliy yarimsharning mo‘tadil
mintaqasida 50° shimoliy kenglik va tropiklar orasida tarqalgan. Zirk turlari asosan tog‘li
hududlarda o‘sadi. MDH davlatlarida zirkning 12 ta turi tarqalgan bo‘lib, ularning 8
ta turi
Markaziy Osiyo, 5 ta turi Kavkaz florasidan o‘rin olgan. O‘zbekistonda 4 zirk turi tabiiy holda
tarqalgan. Zirklarda qirrasimon novdalar va oddiy tukli barglari mavjuddir. Novdalarida bir,
uch hattoki beshtalik tikanlar bilan qoplangan.
Gullari ikki jinsli, sariq rangda to‘plam holida
yig‘ilgan. Barcha zirklar berberin alkaloidiga ega.
Tur. Oddiy zirk (Berberis vulgaris L.)
Balandligi 3 metrgacha o ‘sadigan buta, novda,
po‘stlog‘i oq qo‘ng‘ir rangda, shoxlari ingichka. Aprel oyida barg
chiqarish bilan bir vaqtda
gullaydi. Mevasi 10-12 mm uzunlikda va 6 mm gacha diametrga ega. Mevalari 2-3 urug`i
ba’zan urug‘siz. Urug`lari 5 mm gacha uzunlikda och-jigarrangda. Mevasi tiniq qizil rangda,
barglari to‘q
yashil rangda, juda xushmanzara buta. Soyaga va qurg‘oqchilikka chidamli,
ildizidan bachkilaydi. Yog‘ochi tiniq sariq bo‘lib, quriganda qorayadi, chiroyli, shuning uchun
mebel sanoatida ishlatiladi.
Mevasidan turli ichimlik, murabbo va konfet mahsulotlari
tayyorlanadi. Tanasi va ildizining po‘stlog‘i teri va jun gazlamalami bo‘yashda ishlatiladi.
Barglari va mevasi tarkibida 6% ga yaqin olma kislotasi va S vitamini bor.
Uning barglarida
zang zamburug‘i rivojlanib, g‘alla o‘simliklariga tarqaladi va ulami zararlaydi. Shuning uchun
ekin dalalariga yaqin joyga zirk ekmaslik kerak. Bu o‘simlik MDH ning Yevropa qismi o‘rtasi
va janubidagi viloyatlarda, Qrim va Kavkazda tog‘li hududlarda keng tarqalgan. Zirkning
barcha turlari qadimdan xalq tabobatida ishlatilgan.
Dostları ilə paylaş: