S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Sistematikasi 
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae) 
-
Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones) - 
Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)- 
Dalachoykabilar (Dillemidae)- Дшлениевые
 
Qabila.
Gazandanamolar (Urticales) 
-
Крапивные
 
Oila. 
Tutdoshlar (Moraceae Link) 
-
Тутовые 
Turkum. 
Tut (Morus L.) - Тут, Шелковица turkumi vakillari daraxt va buta o‘simlikIardir. 
Barglari oddiy. Bu turkumda geterofiliya hodisasini ko‘ramiz, ya’ni bitta daraxtda har xil 
shaklga ega bo‘lgan barglar uchraydi. Barglar butun, o‘yilgan qirqilgan yoki chuqur qirqilgan 
bo’lishi mumkin. Gullari ayrim jinsli, zich sochoq to‘pgulga yoki sirg‘asimon to‘pgulga 
joylashgan, bir yoki ikki uyli o‘simIiklar. Mevalari rezavor, to‘p meva bo‘lib, uglevodlarga va 
vitaminlarga boy, ovqat uchun ishlatiladi. Barglari ipak qurti uchun yagona oziq hisoblanadi. 
O‘zbekistonda shotut 
(M.nigra) 
va oq tut 
(M. alba)
ko‘proq ekib o‘stiriladi. Maklyura 
(MaclurA. 
tikanli daraxt. Barglari oddiy, ketma-ket joylashgan. Yosh novdalari va mevalari sut 
shirasiga boy
.
Turkumga oid 12 ta turi mavjud. Respublikamizda 2 ta turi keng tarqalgan.
17
Tur
. Oq tut (Morus alba ) Bo‘yi 15-20 m ga yetadigan daraxt. Barglari to‘q yashil, gullari 
ko‘rimsiz, to‘pmevasi sershira, urug‘i mayda yong‘oqcha. Oq tutni 400 dan ortiq navlari bor
ulardan ko‘pchiligi bargi va mevasi uchun ekiladi. Oq tut tabiiy holda Xitoyda o‘sadi. U yashil 
bo‘yoq beruvchi, dorivor, oziq-ovqat va manzarali o‘simlik sifatida ko‘pchlikka ma’lum.
Xalqimiz orasida uni “marvarid tut” deb ham aytishadi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə