39
Dorivorlik xususiyati
: Anjirning bargi va mevalarni quritib
ishqor sifatida yoki sut
shirasidan teri kasalliklarini (kal, so‘gal, temiratki), chayon va ari chaqqan joylarni davolashda
ham ishlatiladi. O‘zbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan
Sistematikasi
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae)
- Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones) -
Магнолиевые или Двудольные
Ajdodcha (sinfcha)-
Dalachoykabilar (Dillemidae) - Дшлениевые
Qabila.
Gazandanamolar (Urticales) - Крапивные
Oila.
Gazandadoshlar (Urticaceae Juss.) - Крапивные
Turkum.
Gazanda (Urtica L.) - Крапива
Tur. Gazanda- Urtica dioica L
. (chayono‘t, chaqong‘ich) ko‘pincha ikki uyli o‘simlik
hisoblanadi. Ko‘p yillik, ko‘pincha
ikki uyli, bo‘yi 60
-
100, ba’zan 150 sm ga yetadi.
Ildizpoyasi yer ostida sudralib o‘sadi. Poyasi tik o‘suvchi, shoxlanmagan, ba’zan qarama-qarshi
shoxlangan.
Bargi oddiy, tuxumsimon, o‘tkir uchli,Gullari mayda, yashil, barg qo‘ltig‘idan
chiqqan boshoqqa to‘plangan.
Guli bir jinsli, gulqo‘rg‘oni oddiy, to‘rt bo‘lakka qirqilgan.
Mevasi
-
tuxumsimon
yoki ellipssimon, sariq-kulrang tusli yong‘oqcha. Yo‘l
yoqalarida, ariq
bo‘ylarida, nam va salqin o‘rmonlarda, Asosan,
Rossiyaning Yevropa qismida, Moldova,
Ukraina, Belorus, Kavkazda, Sibirda, Uzoq Sharqda, O‘rta Osiyoda va Qozog‘istonda uchraydi.
Dostları ilə paylaş: