41
bo‘lib, ular shimoliy yarim sharning mo‘tadil va tropik iqlimli mintaqalarida,
jumladan,
Yevropada, Shimoliy Afrikada, Kichik Osiyoning markazida hamda sharqiy janubida,
Amerikaning Shimoliy va Markaziy qismida tarqalgan. MDH da 20 turi uchraydi.
Quyida
ayrim muhim turlari ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Tur. Qoya emani-(Quercus petraea Liebl)
bo‘yi 40 (ba’zan 50) metrga yetadigan daraxt.
Eman daraxtining shoxlari yorilmagan kumushrangli, tanasi esa yorilgan qo‘ng‘ir-kulrang tusli
po‘stloq bilan qoplangan. Bargi patsimon bo‘lakli, umumiy ko‘rinishi cho‘ziq-teskari tuxumsi-
mon bo‘lib, poyada qisqa bandi bilan ketma-ket joylashgan. Gullari bir uyli, bir jinsli, otalik
gullari siyrak, ingichka kuchalaga to‘plangan. Gulqo‘rg‘oni 5-9 ta chiziqsimon-lansetsimon
bo‘lakka qirqilgan, otaligi 5-10 ta. Onalik gullari 1-3 tadan bo‘lib, ularning gulqo‘rg‘oni yaxshi
taraqqiy etmagan, 6 bo‘lakli,
onalik tuguni uch xonali, pastga joylashgan. Mevasi-
gulqo‘rg‘onining qoldig‘iga joylashgan, uzun bandli cho‘ziq yong‘oqcha.
Aprel-may oylarida
(40—60 yoshdan boshlaB.gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda pishadi.
Dostları ilə paylaş: