S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Oila. Emandoshlar (Fagaceae Dumort.)  -



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Oila.
Emandoshlar (Fagaceae Dumort.) 
-
Буковые
Turkum
. Eman (Qilercus L.) 
-
Дуб
Bu qoraqayindoshlar oilasining asosiy turkumi bo’lib, 600 ga yaqin turi bor. Barcha turlari 
yirik daraxt bo’lib, shox-shabbasi yoyiq, ba’zan butalari ham uchraydi. Yosh daraxtining 
po‘stlog‘i silliq, to‘q kul rangda bo‘lib, so‘ng bo‘yiga yoriladi. Ayrim turlarining po‘stlog‘ida 
po‘kak qavatlar hosil bo‘ladi. Kurtaklari bandsiz, tangachalar bilan qoplangan bo‘lib, spiral 
shaklda joylashadi. Barglari ham oddiy, spiral shaklda joylashadi, ba’zi turlarida qish bo‘yi 
yashil holda saqlanadi, boshqalarida esa tez to‘kilib ketadi. Gullari ayrim jinsli, bir uyli daraxt. 
Barg to‘kadigan turlari barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi. Changchi gullari osilib turadigan 
kuchala hosil qiladi. Guli shamol vositasida changlanadi. Mevasi bir urug‘li yong‘oq bo‘lib, 
birinchi yoki ikkinchi yili yetiladi. Emanning yog‘ochi qattiq, og‘ir bo‘lib, ko‘p maqsadlarda 
ishlatiladi. Po‘stlog‘ida oshlovchi moddalar bo‘lib, ulardan teri oshlash sanoatida foydalaniladi. 
Yong‘og‘idan oziq-ovqat sanoatida sun’iy kofe tayyorlanadi. Eman turkumida 600 ga yaqin tur 
18
H. X. Xolmatov, O‘. A. Ahmedov, N. A. Musayeva 
“Farmakognoziya va botanika asoslari “
 
tibbiyot kollejlari 
uchun darslik. 
3- nashri “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi, TOSHKENT — 2017.


41 
bo‘lib, ular shimoliy yarim sharning mo‘tadil va tropik iqlimli mintaqalarida, jumladan
Yevropada, Shimoliy Afrikada, Kichik Osiyoning markazida hamda sharqiy janubida, 
Amerikaning Shimoliy va Markaziy qismida tarqalgan. MDH da 20 turi uchraydi. Quyida 
ayrim muhim turlari ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Tur. Qoya emani-(Quercus petraea Liebl)
bo‘yi 40 (ba’zan 50) metrga yetadigan daraxt. 
Eman daraxtining shoxlari yorilmagan kumushrangli, tanasi esa yorilgan qo‘ng‘ir-kulrang tusli 
po‘stloq bilan qoplangan. Bargi patsimon bo‘lakli, umumiy ko‘rinishi cho‘ziq-teskari tuxumsi-
mon bo‘lib, poyada qisqa bandi bilan ketma-ket joylashgan. Gullari bir uyli, bir jinsli, otalik 
gullari siyrak, ingichka kuchalaga to‘plangan. Gulqo‘rg‘oni 5-9 ta chiziqsimon-lansetsimon 
bo‘lakka qirqilgan, otaligi 5-10 ta. Onalik gullari 1-3 tadan bo‘lib, ularning gulqo‘rg‘oni yaxshi 
taraqqiy etmagan, 6 bo‘lakli, onalik tuguni uch xonali, pastga joylashgan. Mevasi-
gulqo‘rg‘onining qoldig‘iga joylashgan, uzun bandli cho‘ziq yong‘oqcha. Aprel-may oylarida 
(40—60 yoshdan boshlaB.gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda pishadi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə