S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Rixter cherkezi -Солянка Рихтера. 
Turkum. 
Ismaloq (Spinacia L.) - Шпинат 
Tur. Turkiston ismalog‘i (Шпинат туркестанский) 
-
Spinacia turkestanica Jljin. 
Ismaloq 
sho‘radoshlar - 
Chenopodiaseae 
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 10-60 sm bo‘ladigan ikki uyli
bir yillik o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘sadi, barglari patsimon qirqilgan, uchidagi bo‘lakchasi yirik 
uchburchak-yoysimon, qolganlari mayda, cho‘ziqsimon yoki chiziqsimon, poyasining o‘rta 
qismidagilari qisqa bandli uchburchak yoysimon, eng yuqoridagilari, ba’zan lansetsimon bo‘lib, 
uzun bandi (ildizoldi to‘p barglari va poyaning pastki qismidagi barglari) bilan yoki bandsiz 
poyada ketma-ket o‘rnashgan. Mayda, ko‘rimsiz, bir jinsli gullari poya uchida boshoqdan 
tashkil topgan ro‘vaksimon to‘pgulga (otalik gullari) yoki barg qo‘ltig‘iga (onalik gullari) 
joylashgan. Ismaloqning mevasi-qattiq, tikanli to‘p meva. Ismaloq aprel-iyun oylarida gullaydi 
va mevasi yetiladi. Markaziy Osiyoda begona o‘t sifatida sug‘oriladigan yerlarda, tog‘oldi 
yaylovlarida, bug‘doyzorlarda va ekinzorlarda ko‘plab o‘sadi. 
Dorivorlik xususiyati:
Xalq tabobatida ismaloqning yer ustki qismi ishlatiladi. Uni o‘simlik 
gullagan vaqtida yig‘iladi va soya yerda quritiladi yoki quritmay qo‘llaniladi. Ismaloqning yer 
ustki qismi tarkibida karotin, 16 mg%, S, B1, B2, vitaminlari, qandlar, organik kislotalar, oqsil 
va boshqa biologik faol moddalar bor. Tabobatda ismaloqning yer ustki qismi darmon beruvchi 
vosita sifatida qo`llaniladi hamda kamqonlikda, raxit va boshqa avitaminoz kasalliklarida 
vitaminlarga boy parhez ovqat sifatida iste’mol qilishga tavsiya etiladi.


50 
Turkiston ismalog‘i - Шпинат туркестанский 
Torondoshlar (Polygonaceae) oilasi
-ikki urugʻpallalilar sinfiga kiradi. Hayotiy shakliga ko‘ra
oʻt, buta va yarimbuta oʻsimliklardir.  Barglari poyada ketma-ket oʻrnashgan, tekis 
qirrali. Gullari asosan, ikki baʼzan bir jinsli, mayda, toʻpguli shingilsimon yoki boshoqsimon 
to‘pgulda joylashgan.. Gulqoʻrgʻoni 3-6 boʻlakchali bir yoki ikki qavat. Changchisi 3-9 ta, 
urugʻchisi 2-4 ustunchali. Mevasi-uch qirrali yongʻoqcha. 30-35 turkumi, 1000 turi 
maʼlum. Oʻrta Osiyoda 7 turkumi bor. Hammasining tarkibida tannin moddasi mavjud 
(mas, toron, otquloq va rovoch). 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə