S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Sistematikasi 
Bo‘lim. 
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae) 
- Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf). 
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones) - 
Магнолиевые или Двудольные
Ajdodcha (sinfcha)- 
Chinnigulkabilar (Caryophyllidae) -Гвоздичные 
Qabila. 
Chinnigulnamolar (Caryophyllales) - Гвоздичные
 
Oila. 
Gultojixo‘rozdoshlar (Amaranthaceae Juss.) - Амарантовые 
Turkum. 
Gultojixo‘roz (Celosia L.) - Целозия 
Tur. 
Eshak sho‘ra (Amaranthus retroflexus
)

 
oilaning begona o‘t sifatida keng tarqalgan 
vakillaridan biri hisoblanadi. Bu o‘simlikning tuplari mavsumda 500000-l000000 gacha urug‘ 
beradi. Poyasi tik, balandligi 20-160 sm, oddiy yoki tarvaqaylab ketgan. Barglari oddiy katta. 
Gullar mayda, ayrim jinsli o‘simlik hisoblanadi. Barglarida C vitamini, ko‘p miqdordagi 
kalsiy (quruq vazn bo‘yicha 5,3%) va sellyuloza, urug‘ida esa oqsillar, yog‘lar, kraxmal, 
shakar, taninlar mavjud. U dalalarda, sabzavot bog‘larida, o‘tloqlarda va dasht yonbag‘irlarida , 
tashlandiq yerlarda ko‘pincha temir yo‘l qirg‘oqlarida o‘sadi. 
Iyun - sentyabr oylarida gullaydi va meva beradi. Bitta o‘simlik 117,400 donagacha urug‘ni 
hosil qilishi mumkin. Pishgan urug‘larni shamol, odamlar, hayvonlar yordamida dala bo‘ylab 
tarqalishi mumkin.
Eshak sho‘ra -Amaranthus retroflexus


48 
 Dorivorlik xususiyati
: Bu o‘simlikning guli , ildizi va barglar ishlatiladi. O‘simlik moyidan 
sirtga qo‘llansa qoraqo‘tir, qichishish kabi kasalliklarni davolaydi. O‘simlikdan og‘ir hayz 
ko‘rish, gemoroidal qon ketish , oshqozon yarasi va turli xil yallig‘lanishlarga qarshi vosita 
sifatida qo‘llaniladi. Xalq tabobatida bargidan tayyorlangan damlamasi bosh og‘rig‘i va o‘sma 
kasalliklari uchun, qovurilgan shaklda iste’mol qilish esa dizenteriya xastaligi uchun ishlatiladi 
Sho‘radoshlar (Chenopodiaseae) oilasiga deyarli hamma qit’alarning sahro va cho‘llarida, 
qumlarda va sho‘rtob yerlarda o‘sadigan 100 dan ortiq turkumga mansub, 1500 turga oid 
daraxtlar, butalar, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar kiradi. Bularning ko‘pchiligi 
cho‘llarda o‘sadi. Bu o‘simliklar ko‘pincha etdor sersuv bo‘ladi. Barglari oddiy, yonbargsiz, 
ketma-ket yoki qarama-qarshi o‘rnashgan. Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo‘qolib 
ketgan bo‘lishi mumkin. Gullar mayda, yashil yoki rangsiz, to‘g‘ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, 
ba`zan ayrim jinsli, boshoqsimon yoki shingilsimon to`pgulda o‘rnashgan. Tugunchasi bir uyli 
va bir urug‘ kurtakli. Mevasi asosan yong‘oqcha.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə