44
o‘tin sifatida foydalaniladi. U ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi, chunki chiroyli daraxt.
O‘rmon ihota qatorlarida ham ekiladi. O‘zbekistonda ikkita qayin turi tarqalgan.
Tur.
Oq qayin, sōgalli qayin (Betula verrucosa Ehrh
).
Qayin turkumiga kiruvchi 10-20 m
balandlikdagi daraxt. Barglari oddiy deyarli rombik shaklda. Meva yong‘oqdir.
Aprel oyida
gullaydi, oktabrda meva beradi. U Toshkent viloyatidagi tog‘ vodiylarida va tog‘
yonbag‘irlarida o‘sadi.
Oq qayin, sōgalli qayin –Betula verrucosa
Ehrhю
Dorivorlik xususiyati
: Dorivor maqsadlarda kurtagi, bargi, smolasi (quruq distillash orqali
yog‘ochdan olinadi), qayin ko‘miri va sharbatidan ishlatiladi. Qayinning o‘simlik preparatlari
(infuziya, damlamasi) xalq tabobatida
diuretik sifatida ishlatiladi, shuningdek oshqozon va
ichaklardagi og‘rig‘ida, shamollashda, angina kasalliklari uchun ishlatiladi. Shu maqsadda,
asosan, daraxtdan olinadigan qayin sharbatidan keng foydalaniladi. Qayin barglaridan o‘simlik
preparatlarining farmakologik ta’siri ular tarkibidagi efir moyi, qatronlar,
flavonoidlar bilan
belgilanadi. Ular xoleretik, diuretik, yallig‘lanishga qarshi va antiseptik ta’sirga ega. Qayin
sharbati siydik toshlarini eksperimental sharoitda yo‘q qiladi. Bundan tashqari,
organizmning
kasalliklarga chidamliligini yaxshilaydigan xususiyat eksperimental ravishda o‘rnatildi. Ilmiy
tibbiyotda qayin kurtaklaridan barglarning damlamalari buyrak kasalliklari uchun diuretik, jigar
va o‘t pufagi kasalliklari uchun xoleretik vosita sifatida tavsiya etiladi.
Qandag‘och (Alnus) turkumi
. Turkumning vakillari daraxt yoki buta o‘simliklaridir. Barglari
oddiy tuzilgan, navbat bilan joylashadi. Kurtaklari 2-3 ta tangacha bilan o‘ralgan bo‘lib,
bandchali. Ular barg chiqarishdan oldin gullaydi. Guli ayrim jinsli, bir uyli, yig‘ilib to‘pgul
45
hosil qiladi. Changchi gullari silindrsimon
kuchala hosil qiladi, ular kuzda novdaning yuqori
qismida rivojlanadi. Urug‘chi gullari boshoq hosil qilib, kuzda novdaning tubida rivojlanadi.
Shamol vositasida changlanadi. Urug‘chi gulining boshog‘i kuzda, yetilish oldidan qubbacha
shakliga kiradi va shu holatda yetilgan mevalari bilan bahorgacha saqlanadi. Mart-aprel oyi
boshlarida qubbachalar yorilib mevasi to‘kilib ketadi va ular shamol vositasida tarqaladi. Daryo
bo‘ylarida o‘sadigan turlarning mevasi suv toshqini vaqtida suvga tushib tarqalishi mumkin.
Mevasi mayda, bo‘yi 2-3 mm li, bir urug‘li yassi yong‘oqcha,
qanotcha va uchki tomonida
qurib qolgan ustunchaning qoldig‘i bor. Yong‘og‘i to‘kilib ketsa-da, qubbachalari daraxtda
ko‘p vaqt saqlanib turadi, to‘kilgan urug‘lari qulay sharoitda unib chiqadi. Daraxt tez o‘sadi,
birinchi yil o‘q ildiz, so‘ngra yon ildizlar chiqaradi. Ildizda tuganaklar hosil bo‘lib, ularda
atmosfera azotini to‘plovchi bakteriyalar rivojlanadi. Bu tuganaklar dukkakli o‘simliklar
ildizidagiga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi. Ulardagi mikroorganizmlar
yerni strukturasini
yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Daraxtlari to‘nkasidan ko‘karadi, ildizidan bachkilaydi.
Yog‘ochi oq rangli, arralab qo‘yilgan yog‘ochi bir qancha vaqtdan so‘ng qizil-qo‘ng‘ir rangga
kiradi. Uning yog‘ochidan faner, mebel va turli idish-asboblar ishlab chiqariladi. Po‘stlog‘idan
esa bo‘yoq va oshlovchi moddalar olinadi. Bu turkumning 30 ta turi bor, ular shimoliy yarim
sharda tarqalgan. MDH da yovvoyi holda 12 turi uchraydi. Qora qandag‘och (Alnus glutinosa
Gaertn.) bo‘yi 30 m ga yetadigan daraxt, tanasining po‘stlog‘i to‘q-qo‘ng‘ir rangda, katta
yoshida po‘stlog‘i yoriladi. Shox-shabbasi tuxumsimon.
Yosh novdasi yelimli, silliq, ba’zan
qirrali va tukli. Kurtagining bo‘yi 8 mm, yelimli, bandchali. Barglari yumaloq yoki teskari
tuxumsimon, uchki tomoni to‘mtoq yoki kesik, cheti yirik tishchali. Novda barglari yaltirab
turadi, mallarang so‘gallari bor. Qora qandag‘och aprel oyining boshlarida barg yozish bilan bir
vaqtda gullaydi, mevasi kuzda-oktabr oyida yetiladi. Qubbalari 3-5 tadan zich bo‘lib, uzun
bandchalarda joylashadi. Yong‘oqchasi mayda, qo‘ng‘ir-qizil rangda bo‘ladi. Urug‘ tayyorlash
uchun uning qubbalari ochilib ketmasdan - oktabr-noyabr oylaridan mart oyigacha yig‘ib olish
zarur. Urug‘i tez unib chiqadi. U to‘nkasidan ko‘karadi va ildizidan bachkilaydi, 130 yilgacha
yashaydi.
MDH ning shimoliy hududlarida, G‘arbiy Sibirda, janubiy dasht mintaqasida daryo
qirg‘oqlarida o‘sadi. Qrim va Kavkazda uchraydi, Kichik Osiyoda va Shimoliy Afrikada ham
o‘sadi. Qora qandag‘och nam va serunum tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. U daryo sohillarida
o‘rmonzorlar hosil qiladi. Suv toshqiniga chidamli, soyasevar daraxt. Yog‘ochi duradgorlikda
katta ahamiyatga ega. Po‘stlog‘ida oshlovchi va bo‘yoq moddalar bor.
Dostları ilə paylaş: