|
![](/i/favi32.png) S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasiQabila.
Yong‘oqnamolar (Juglandales) - Ореховые1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)Qabila.
Yong‘oqnamolar (Juglandales) - Ореховые
Oila.
Yong‘oqdoshlar (Juglandaceae A.Rich, ex Kunth) -Ореховые
Turkum.
Yong‘oq (Juglans L.) -Орех
Bu turkumning vakillari katta daraxt bo’lib, tanasi yo‘g‘on, shox-shabbasi yoyiq. Yon novdalari
qirrali. Barglari yirik, toq patsimon bo’lib, spiral shaklida joylashadi. Qo’ltiq kurtaklari 2-3
tadan qalin joylashadi. Barglari to‘kilgach, o‘rnida yuraksimon iz qoladi. Bir uyli, ayrim jinsli
o‘simlik. Barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi, shamol vositasida changlanadi. Kuzda vujudga
kelgan kuchalaning guldorpoyasi gullash vaqtida nihoyatda uzayadi va kuchala pastga osilib
qoladi. Urug‘chi guli siyrak shingilcha hosil qiladi va novdaning uchki qismida joylashadi.
Urug‘chi va changchi gullari turli muddatda ochiladi. Bu hodisa odatda, dixogamiya deb
ataladi. Gulqo‘rg‘onning tugunchasi va yon barglari o‘zaro qo‘shilib o‘sishi natijasida tashqi
yashil rangli et - po‘stloq hosil bo‘ladi. Mevasi kuzda yetiladi, ayrim turlarida yetilganida
po‘stlog‘i yorilib, yong‘og‘i po‘stlog‘idan ajraladi. Yong‘og‘i ikki pallali, yog‘ochlangan
qobiqli, bir urug’i bo’lib, tarkibida moy va oqsil moddalar ko‘p.
Tur.
Manjuriya yong‘og‘i (Juglans manshurica Maxim.) bo‘yi 25 m, diametri 90 sm li daraxt,
po‘stlog‘i to‘q- kulrangda, bo‘yiga yorilgan, toq bargli, bo‘yi 1 m bo‘lib, barglarining cheti
tishchali va tukli. Barglari yirik-mayda, yong‘oqqa nisbatan birmuncha kech barg yozadi.
Urug‘chi gullari 3-10 tadan bo‘lib qalin joylashadi va shingilcha hosil qiladi. Mevasi oval
shaklda, o‘tkir uchli, qobig‘i qalin. Mevasi yetilganda quriydi va har tomonga sochiladi, oval
yoki yumaloq-oval shaklda, qora qo‘ng‘ir rangda o‘tkir uchli, bo‘yiga ketgan 6-8 chiziqli va
cho‘tir, qobig‘i juda qattiq. Mag‘zi tarkibida 50% gacha moy bor, sifat jihatdan grek
yong‘og‘idan qolishmaydi. Manjuriya yong‘og‘i Uzoq Sharqda, Koreyada, Shimoliy Xitoyda
o‘rmonzorlarda, daryo qirg‘oqlarida tarqalgan. U tog‘lik yerlarda dengiz sathidan 500-600 m
gacha ko‘tariladi. Sovuqqa chidamli. Grek yong‘og‘iga nisbatan soyasevar, unumdor hamda
nam tuproqli yerlar uning o‘sishi uchun qulay sharoit hisoblanadi, qurg‘oqchilikka chidamsiz.
O‘z vatanida yog‘och va meva olish uchun, MDH da esa xushmanzara daraxt sifatida ekiladi.
Yog‘ochidan faner va mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi. Manjuriya yong‘og‘i tog‘
qiyaliklarini yuvilib ketishdan saqlash maqsadida ekish uchun tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|