47
9-mavzu. Gultojixo‘rozdoshlar (Amaranthaceae), Sho‘radoshlar (Chenopodiaseae) va
Torondoshlar (Polygonaceae) oilasi
Gultojixo‘rozdoshlar oilasi – Amaranthaceae
. Bu oila vakillari bir yillik o‘t, ba’zan
chalabuta va daraxt o‘simliklardir. Oilaning hozirgi vaqtda 65
ta turkum, 900 ta turi ma`lum
bo‘lib, ular tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Ularning poyasi tik yoki yoyilib yer
bag`irlab o‘sadi.
Barglari tekis, bandli, navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan,
yonbargchasiz. Gullari bir jinsli yoki ikki jinsli, boshoqsimon to‘pgul hosil qiladi. Gulqo‘rg‘oni
oddiy, 3-5 bargchali, oqimtir yashil yoki sarg`ish - ba’zan to‘q
qizil rangli, changchisi
gulqo‘rg‘on bargchalarining soniga teng (3-5).
Tugunchasi ustki, 2-3 tumshuqli,
bir uyali, bir
yoki ko‘p urug‘kurtakli. Mevasi yong‘oq yoki ko‘sakcha. Urug‘lari sharsimon, yasmiqsimon va
yaltiroqdir.
Dostları ilə paylaş: